Молиявий таҳлил


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt mulkini o’tgan yil, ilg’or va o’rta darajadagi korxona ma’lumotlariga nisbatan taqqoslash



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə11/25
tarix20.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#128938
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
MT 1-mavzu. Iqtisodiy tahlil fanining nazariy asoslari

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt mulkini o’tgan yil, ilg’or va o’rta darajadagi korxona ma’lumotlariga nisbatan taqqoslash
(mln. so’m hisobida)

Ko’rsatkich

O’tgan yil

Hisobot yil

Ilg’or korxona ma’lumoti

O’rtacha darajadagi korxona ma’lumoti

Farqi (+,-)

o’tgan yildan

ilg’or korxona ma’lumotidan

o’rtacha darajadagi korxona ma’lumotidan

1

2

3

4

5

6=3-2

7=3-4

8=3-5

Mol-mulk qiymati

144,2

147,8

157,9

127,3

+3,6

-10,1

+20,5

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektning mol-mulki hisobot yilida 147,8 mln. so’mni tashkil etib, bu ko’rsatkich o’tgan yilga nisbatan 3,6 (147,8-144,2) mln. so’mga ko’p bo’lgan. Hisobot yilidagi ko’rsatkichning o’zgarishi ilg’or va o’rtacha korxonaga nisbatan mos ravishda -10,1 (147,8-157,9) hamda +20,5 (147,8-127,3) mln. so’mga o’zgargan.

Guruhlash usuli.

  • Guruhlash deganda o‘rganilayotgan to‘plamni taalluqli belgilari bo‘yicha sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhchalarga ajratish tushiniladi. Agar statistikada guruhlash hodisalarni umumlashtirish va tiplarga ajratish maqsadida foydalanilsa, tahlilda o‘rtachalarni mohiyatini tushintirishga, bu o‘rtachadagi alohida birliklarni rolini ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan ko‘rsatkichlar orasida o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashga yordam beradi.
  • Hal qiladigan masalalari (vazifalari) nuqtayi nazardan guruhlashlar tipologik, strukturali va analitik turlarga bo‘linadi.
  • Tipologik guruhlash – to‘plamni sifat jihatdan bir xil bo‘lgan guruhlarga ajratishni;
  • Strukturali guruhlash – ko‘rsatkichni ichki tuzilishini, uning alohida qismlarini o‘zaro nisbatlarini o‘rganish maqsadida guruhlarga ajratishni;
  • Analitik guruhlash – ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish maqsadida amalga oshiriladigan guruhlashlarni anglatadi.
  • Tuzilishining murakkabligi jihatdan oddiy guruhlashlar va kombinatsiyali guruhlashlar tarkiblanadi.
  • Bitta belgi bo‘yicha amalga oshirilgan guruhlashlar oddiy guruhlash deb aytiladi. Agar bitta belgi bo‘yicha bitta guruhlashni, shu guruhga kiruvchi boshqa bir belgi bo‘yicha yana boshqa guruhlashni amalga oshirilsa, bunday guruhlash kombinatsiyali guruhlash deb aytiladi.
  • Guruhlarni tuzishda to‘plamni guruhlarga bo‘lish, guruhlar sonini belgilash va guruh intervalini aniqlash masalasiga jiddiy yondashish zarur.

Tuzilish bo’yicha va omilli guruhlashtirish(analitik guruhlashtirish)da esa - guruhlar oralig’i imkon qadar bir-biriga mos bo’lishi kerak. Shuningdek, guruhlar kichik sondan, yuqoriga borish tartibida tuzilishi, tahlil natijalarining aniqligini ta’minlash maqsadida guruhlar orasidagi intervallar yaqinroq olinishi, dastlabki guruhning quyi chegarasi va oxirgi guruhning yuqori chegarasi ochiq, qolgan oraliq guruhlar chegarasi yopiq, ya’ni boshlang’ich va oxirgi guruh chegaralari aniq bo’lishi, barcha o’rganiladigan ob’ektlar soni tuzilgan guruhlarga imkon qadar teng taqsimlanishiga rioya qilinishi zarur.
Bu jarayon iqtisodiy tahlilda quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Guruhlashtirish belgisi aniqlanishi kerak;
2. Guruhlashtirish intervali aniqlanishi zarur;
Bu erda, xint. – interval oralig’i;
a – belgining eng katta va kichik miqdorlari;
n – ajratiladigan guruhlar soni.
Aniqlangan interval asosida guruhlar chegarasi belgilanadi.
Birinchi guruh, + = c; Ikkinchi guruh, s + = r; Uchinchi guruh, r + = q; ...

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə