«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Moliyaviy hisobotni taqdim etish



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə89/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   296
Moliyaviy hisob

Moliyaviy hisobotni taqdim etish.

Vazirliklar, idoralar va boshqa ayrim sub’yektlar uchun hisobotlarni taqdim etish davrini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilaydi. Hisobotni qabul qiluvchi mahkama bilan bir shaharda joylashgan korxonalar uchun moliyaviy hisobotni tegishli idoraga topshirgan sana, boshqa shaharlarda joylashgan korxonalar uchun esa pochta idorasining shtempelida koʻrsatilgan sana, topshirish kuni boʻlib hisoblanadi. Hisobotni taqdim etish vaqti dam olish kuniga toʻgri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga oʻtkaziladi.


Hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda toʻldiriladi: korxona rekvizitida-tasdiqlangan hujjat asosida, korxonaning roʻyxatdan oʻtgan toʻliq nomi, uning kodi (OKPO) esa korxona va tashkilotlar umumdavlat tasniflagichiga asosan koʻrsatiladi; tarmoq (faoliyat turi) rekvizitida-tarmoq nomi va uning kodi (OKONX) umumdavlat xoʻjalik tarmoqlar guruhlashishiga asosan koʻrsatiladi; davlat mulkchiligining boshqaruvchi tashkiloti rekvizitida-davlat yoki munisipal korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot koʻrsatiladi; nazorat summasi rekviziti hisobotni qabul qilib oluvchi korxona tomonidan toʻldiriladi va balans umumiy summasi koʻrsatiladi.
Moliyaviy hisobotlar quyidagi joylarga taqdim etiladi: ta’sis hujjatlariga muvofiq mulk egalariga, davlat mulkini boshqarishga vakolat beradigan idoralarga, ishtirokchilarga, ta’sischilarga; sub’yekt roʻyxatdan oʻtgan shahar, tuman davlat soliq xizmati idoralariga; davlat statistika organlariga; qonunga muvofiq-boshqa organlarga.
Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunga binoan yillik va choraklik buxgalteriya hisobotlarini, mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar, huquqiy shaxs hisoblangan korxonalar (chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalaridan tashqari) kelgusi chorak hisobot oyining 25 kunidan, yillik hisobotni esa keyingi hisobot yilining 15-fevralidan kechiktirmay tegishli tashkilotlarga topshirishlari lozim. Chet el investitsiyalari bilan ishlaydigan korxonalar esa yillik hisobotni kelgusi hisobot yili 15-martidan kechiktirmay topshirishlari lozim.
Korxona balansida, aktivlarni va passivlarning summalari qayta roʻyxatga olish va solishtirish dalolatnomalari asosida koʻrsatilishi lozim. Shuning uchun, Yillik hisobotlarni tuzishdan oldin buxgalteriya hisobining 19-sonli «Inventarizatsiyani tashkil etish» nomli milliy standartida keltirilgan tartib va muddatlarda yilining 1-oktyabriga qadar inventarizatsiya oʻtkaziladi. Unda mavjud tovar-moddiy qiymatliklar, debitorlik va kreditorlik qarzlari va boshqa hisob-kitoblar birma-bir sanab, tekshirib va solishtirib chiqiladi. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan joriy hisob koʻrsatkichlaridagi xatolar 10-kun mobaynida tegishli buxgalteriya yozuvlari orqali toʻgʻrilanishi lozim. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad 5910-«Kamomadlar va boyliklarning buzilishi natijasidagi yoʻqotishlar» schyotiga olib boriladi. Kamomad tekshirilib tabiiy kamayish me’yorida boʻlsa, korxona xarajatlariga, ya’ni 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti, agar moddiy javobgar shaxs aybi bilan boʻlsa, 4730-«Moddiy zararlarni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi» schyotga olib boriladi va undirib olinadi.
Agar kamomad va zarar jinoyat natijasida vujudga kelgan boʻlsa, unda korxona rahbari 5 kun muddat ichida ishni tegishli sud-tergov organlariga yuborib, fuqarolik da’vosi e’lon qilinishi kerak. Agar kamomad tabiiy kamayish me’yoridan ortiqcha yoki moddiy boyliklarning buzilishi natijasida yuz bergan boʻlsa va aybdorlari aniqlanmasa korxona mehnat jamoasining umumiy yigʻilishini qaroriga asosan foyda hisobidan qoplanadi.
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha tovar moddiy boyliklar aniqlansa korxona foydasiga kirim qilinadi:
Debet 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 2800-«Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 0100-«Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 2900-«Tovarlarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablagʻlari»
Kredit 9390-« Boshqa operatsion daromadlar» schyot.
Balansda hisob-kitoblar tekshirish dalolatnomalari, oʻzaro hisob-kitoblarni qoldigʻini solishtirish xati yoki solishtirish dalolatnomalari ma’lumotlari asosida aks etirilladi. Da’vo muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzlari va qarzdorlarning toʻlov qobiliyatsizliklari tufayli oʻz vaqtida undirib olinmagan debitorlik qarzlari korxona rahbari yoki yuqori tashkilotning buyrugʻiga binoan hisobdan chiqariladi va korxona foydasi hisobidan qoplanadi.
Da’vogarlik muddati oʻtib ketgan kreditorlik qarzlari summasi muddat oʻtib ketgan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmasdan korxona daromadiga oʻtkaziladi.
Balansning moliya, soliq va bank idoralari bilan hisob-kitob moddalarida aks ettiriladigan summalar, ular bilan kelishilgan boʻlishi lozim. Moliyaviy hisobotlarda hisobot davri ma’lumotlari bilan oldingi yilning tegishli davri ma’lumotlarini va hisob siyosatidagi oʻzgarishlarni solishtirish imkoniyati ta’minlangan boʻlishi kerak. Moliyaviy hisobotlarida tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Hisobotlar tasdiqlangandan keyin topilgan xatoliklar tuzatilganda, ma’lumotlarini tuzatgan va balansga imzo chekkan shaxslar, tuzatilgan muddatni koʻrsatib, «..tuzatildi, tuzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlaymiz» yoki boshqa tegishli soʻzlarni yozib imzo va muhr bilan tasdiqlaydilar. Topilgan xatoliklar oʻtgan va joriy yil hisobotlarida tuzatiladi.
Yillik buxgalteriya hisobotini topshirgandan keyin daromadlarni yashirish yoki foydani asossiz kamaytirib koʻrsatish hollari aniqlansa, xatolik qaysi schyotga tegishli boʻlsa, oʻtgan yil foydasi yoki zarari sifatida aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishda korxonaning faoliyat xususiyatlari hisobga olinadi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilishlarini ta’minlash uchun zarur boʻlgan axborotlar bilan ta’minlash maqsadida yillik moliyaviy hisobotlarga qoʻshimcha ravishda ma’muriyat tomonidan maxsus yoki erkin shaklda izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar taqdim etiladi.
Bu tushuntirish xatida korxona faoliyatini oʻsishiga yoki pasayishiga ta’sir etgan omillar, yillik hisobot ma’lumotlarini tahlili natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlar, korxona foydasini taqsimlanishi, buxgalteriya hisobini auditorlik tekshiruv xulosasi keltiriladi. Bundan tashqari, yil boshiga tuzilgan boshlangʻich balans va hisobot yili uchun qabul qilingan hisob siyosatiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa, uning sabablari koʻrsatiladi. Shuningdek, moliyaviy hisobotlarga ilovalar, izohlar va tuzatishlarda korxonaning moliyaviy faoliyat natijalariga ta’sir qiluvchi, korxonani faoliyatiga ta’sir etuvchi moliyalash manbalari xatarlari, tashqi muhitdagi oʻzgarishlarni sub’yekt faoliyatiga ta’siri va shu oʻzgarishlar munosabati bilan koʻrilgan chora-tadbirlar va boshqa muhim axborotlar kabi omillar ham ochib beriladi.


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə