«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Moliyaviy hisobotni e’lon qilish



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə90/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   296
Moliyaviy hisob

Moliyaviy hisobotni e’lon qilish.

Buxgalteriya balansi (1-shakl).
Buxgalteriya balansi korxonaning moddiy va moliyaviy resurslarini haqiqiy holatini aks ettiradi. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar buxgalteriya balansida alohida-alohida koʻrsatiladi. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy elementlari boʻlib hisoblanadi:
1. Moddiy aktivlar;
2. Nomoddiy aktivlar;
3. Moliyaviy aktivlar;
4. Zaxiralar;
5. Debitorlik qarzi;
6. Pul mablagʻi va pul ekvivalentlari;
7. Kreditorlik qarzi;
8. Ajratmalar;
9. Foiz toʻlashni talab qiluvchi majburiyatlar;
10. Oʻz sarmoyasi va zaxiralari1.
Xoʻjalik sub’yektlari yillik balanslarga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirish xati taqdim etadilar. Tushuntirish xatida, masalan, aktsiyadorlik jamiyatlarida, aktsiyadorlik mablagʻining har bir toifasi boʻyicha e’lon qilingan aktsiyalar soni; chiqarilgan, haqi toʻlangan, chiqarilgan, lekin haqi toʻlanmagan aktsiyalar soni; aktsiyalarning nominal qiymati; yilning boshida va oxirida haqi toʻlanmagan aktsiyalar sonining kamayishi; aktsiyadorlik mablagʻining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar; jamiyatning oʻziga, korxonaga qarashli shoʻba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aktsiyalar toʻgʻrisida ma’lumot; optsion va savdo kontrak boʻyicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aktsiyalar; oʻz sarmoyasidagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni; majburiyatlarda dividendlarni toʻlash uchun ajratilgan pul miqdorining mavjudligi, aktsiyadorlar yoki ta’sischilar, ishtirokchilar yigʻilishida rasmiy ravishda ma’qullanmagan toʻlovlar miqdorining mavjudligi kabi masalalarga izoh beriladi.


Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-shakl).
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot korxonaning hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini koʻrsatadi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradi. Quyidagilar Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot elementlari boʻlib hisoblanadi:
1. Mahsulot sotishdan tushgan mablagʻ;
2. Operatsion faoliyatining natijalari;
3. Moliyaviy faoliyat natijalari;
4. Favqulodda foydalar va zararlar;
5. Hisobot davrdagi sof foyda yoki zarar.
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotga yoziladigan izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda quyidagilar koʻrsatiladi:
1. Korxonaning alohida faoliyat turlari boʻyicha hisobot davridagi daromad va xarajatlari tahlili;
2. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni amortizatsiya xarajatlari;
3. Xodimlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar;
4. Xom ashyo va xalq iste’moli mollaridan foydalanish xarajatlari;
5. Boshqa qoʻshimcha axborotlar.



Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə