«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Mulkiy alohidalik tamoyiliga



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə87/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   296
Moliyaviy hisob

Mulkiy alohidalik tamoyiliga binoan korxona buxgalteriya hisobida korxonaga (korxona, tashkilot va x.k.) tegishli boʻlgan mol-mulknigina aks ettiradi. Bunday yondashuv turli xoʻjalik sub’yektlarining mol-mulki, ularning mulkiy va moliyaviy holatini belgilashi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Mazkur qoidaga asosan buxgalteriya hisobi korxonaning mulklari bilan bogʻliq boʻlgan xoʻjalik operatsiyalarini yozishdan boshlanadi. Mulkka egalik huquqini mustahkamlash maqsadida korxonaga uchta huquqiy vakolat beriladi: birinchi, egalik qilish huquqi-buyumdan haqiqatda foydalanish imkoniyati; ikkinchi, foydalanish huquqi-daromad olish maqsadida mol-mulkdan foydalanish imkoniyati; uchinchi, tasarruf etish huquqi-oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk taqdirini beligilash va oʻz xoxishiga qarab harakat qilish imkoniyati.
Moliyaviy hisobda faqat pulda ifodalanidigan axborotlar hisobga olinadi. Bunday axborotlarning afzalligi shundaki, pul umum qabul qilingan oʻlchov birligi hisoblanib, uning vositasida korxonada sodir boʻladigan hodisalar bitta umumiy maxrajga keltiriladi. Natijada ular qoʻshish yoki ayrish mumkin boʻlgan raqamlar koʻrinishida aks ettiriladi. Masalan, korxona 2000000 naqd pulga, 150 ming kvadrat metrga teng bino maydoniga, 10 ta yuk va 4 yengil avtomashinasiga, 10 tonna mineral oʻgʻitga va shu kabi boshqa xoʻjalik mablagʻlariga ega. Korxona ixtiyoridagi hamma mulkni miqdorini topish uchun bu narsalarni hammasini qoʻshib chiqish mumkin emas. Bunda, korxona mulklarini pulda ifodalash yordam beradi: 2000000 soʻm naqd pul, yuk tashish mashinalarining qiymati 100000000 soʻm, yengil avtomashinalarning qiymati 40000000 soʻm va mineral oʻgʻitning qiymati 3000000 soʻm-boʻlarni qoʻshib chiqish mumkin.
Ratsionallik tamoyili tashkilotning xoʻjalik faoliyati shartlari va hajmdan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobini ratsional va tejamkorlik bilan yuritish zarurligini anglatadi.
Alohidalangan korxona tamoyili xoʻjalik yurituvch sub’yektlar va ular bilan aloqador boʻlgan shaxslarning (shu korxona rahbarining, buxgalterining yoki boshqa egasining) schyotlari alohidalangan tartibda yuritiladi. Misol, korxona egasi, uning kassasidan 1000 soʻm pul yoki ombordan 10000 soʻm qiymatga ega boʻlgan qandaydir tovarni oʻzining shaxsiy ehtiyoji uchun oldi. Alohidalangan korxona tamoyiliga binoan korxonaning hisob registrlarida mablagʻlarning kamayishini koʻrsatish kerak. Agar, xoʻjalik sub’yekt tarkibiga bir nechta sub’yektlar kirsa, unda schyotlarni bir toʻplami korxona uchun, boshqasi esa xoʻjalik sub’yekt tarkibiga kiruvchi sub’yektlar uchun ochiladi. Korxonaning hisob registrlarida ularning oʻzaro mulkiy munosabatlari alohida-alohida koʻrsatilishi kerak.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə