«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə83/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   296
Moliyaviy hisob

Hisoblab yozish tamoyili buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi hisobot davriga kiritish kerakligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozimligini bildiradi. Hisoblab yozish tamoyiliga koʻra aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar va boshqa xoʻjalik muomalalari yuzasidan haridorga yuklab joʻnatilgan mahsulot, bajarilgan ish, koʻrsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablagʻlari, korxona hisob-kitobga qachon kelib tushishidan qat’iy nazar, hisobot davriga taaluqli ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Ikkiyoqlama qayd etish usuli bilan hisob yuritish tamoyili, korxona buxgalteriya muomalalarini ikkiyoqlama yozish tizimi asosida yoritishi kerakliligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozish tizimida sodir boʻlgan xoʻjalik muomalasiga tegishli boʻlgan summani bir vaqtning oʻzida bitta schyotning debet tomoniga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kredit tomoniga qayd qilishdan iborat boʻladi.
Uzluksizlik (davom etayotgan faoliyat) tamoyili, buxgalteriya hisobida korxonani amal qilayotgan (harakatdagi) iqtisodiy birlik sifatida, faoliyatlarini istiqbolda bundan keyin ham aniq boʻlmagan ancha uzoq muddat davom ettirishi ta’min qilinadi. Agar, bu nuqtai nazarni korxonaning tugatilishi bilan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan muqobillik bilan solishtirilsa, uning mohiyati yanada ravshanroq boʻladi. Bunday holatda aktivlarni doimiy ravishda joriy qiymatda baholashga toʻgʻri keladi. Uzluksizlik tamoyiliga binoan esa buning zaruriyati boʻlmaydi. Masalan, sanoat korxonalarida ishlab chiqarish zaxiralari keyinchalik xaridorlarga sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Buxgalteriya hisobi tovarlarni sotish vaqtida, ularni sotish bahosini tasdiqlaydigan qiymatini tan oladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan mehnat buyumlarini va boshqa mablagʻlarni qiymatini alohida aniqlab oʻtirishning hojati yoʻq, chunki, ularning har biri alohida ajratilgan holda sotilmaydi. Agar korxona yopilish arafasida turgan boʻlsa, unda uning resurslari tugatish qiymatida baholanadi.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə