«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-jadval Buxgalteriya hisobining milliy standartlari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə98/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   296
Moliyaviy hisob

1.3-jadval
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari



Tasdiqlangan

Nomlari

Vaqti

Raqami

1

26.07.1998 y. №17-07/86

0

Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos

2.

26.07.1998 y. №17-17/86

1

Hisob siyosati va moliyaviy hisobot

3

20.08.1998 y. № 41

2

Asosiy xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlar

4

25.08.1998 y. № 43

3

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot

5

27.08.1998 y. № 44

4

Tovar-moddiy zaxiralar

6

09.10.2003 y. №114

5

Asosiy vositalar

7

12.05.2004 № 75 –

6

Ijara hisobi

8

12.10.1998 y. № 49

7

Nomoddiy aktivlar

9

14.10.1998 y. № 50

8

Jamlangan moliyaviy hisobotlar va shoʻba xoʻjalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish

10

16.10.1998 y. № 51

9

Pul oqimi toʻgʻrisidagi hisobot

11

19.10.1998 y. № 52

10

Davlat subsidiyalarining hisobi va davlat yordami boʻyicha koʻrsatiladigan ma’lumotlar

12

03.12.1998 y. № 64

11

Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishlarga xarajatlar

13

23.12.1998 y. № 65

12

Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish

14

1.03.2004 y. № 36

14

Xususiy kapital toʻgʻrisida hisobot

15

12.03.2003 y. № 45

15

Buxgalteriya balansi

16

30.10.1998 y. № 57

16

Buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyingi xoʻjalik faoliyatning nazarda tutilmagan holatlari va yuz beradigan hodisalari

17

02.11.1998 y. № 58

17

Kapital qurilishga oid pudrat shartnomalari

18

19.10.1999 y. № EG/17-19-2075

19

Inventarlashni tashkil etish va oʻtkazish

19

23.11.1999 y. № 87



20

Kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish toʻgʻrisida

20

12.11.2003 y. 1181-1-son



21

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma

21

23.03.2004 y. № 51

22

Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi

22

12.04.2005 y. № 37

23

Qayta tashkil etishni amalga oshirishda moliyaviy hisobotni shakllantirish

23

05.08.2009 y. № 79

24

Qarzlar boʻyicha xarajatlar hisobi



Oʻzini-oʻzi tekshirish uchun savollar
1. Buxgalteriya hisobini ta’riflab bering.
2. Buxgalteriya hisobidan kimlar foydalanadi?
3. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti boʻlib nima hisoblanadi?
4. Buxgalteriya hisobi fanining ob’yekti boʻlib nima hisoblanadi?
5. Buxgalteriya hisobi fanining metodlarini aytib bering?
6. Buxgalteriya hisobi fanining tamoyillari qanday tamoyillardan iborat?

20-Ma’ruza: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida Moliyaviy buxgalteriya hisobi fanining tutgan oʻrni, uni tashkil qilish
Reja:
1. Moliyaviy buxgalteriya hisobini isloh qilish zaruriyati.
2. Moliyaviy buxgalteriya hisobini tashkil qilish tamoyillari.
3. Markazlashgan va markazlashtirilmagan buxgalteriyalar tavsifi.
4. Buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalari.
5. Buxgalteriya apparati xodimlarini shakllantirish, ularni faoliyatini rejalashtirish. 6. Iqtisodiy axborotlarni hisobga olish texnikasi, texnologiyasi va hisob ishlarini kompьyuterlashtirish.


Buxgalteriya hisobini isloh qilish zaruriyati.
Erkin raqobat va bozor munosabatlari sharoitida biznesni glaballashuvi va baynalminallashuvi, korxonalar oʻrtasida erkin raqobat va tijorat sirini vujudga kelishi bilan kechadi. Korxona xodimlaridan ishlab chiqargan mahsulotlari, bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari tannarxini shakllanish tamoyillarini raqobatchilariga sezdirmaslik talab etiladi. Shuning uchun, mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar korxonaning mehnat jamoasiga va ularning hamkorlariga tegishli boʻlgan tijorat siri hisoblanadi. Bir vaqtning oʻzida korxona moliya-xoʻjalik faoliyatining moliyaviy koʻrsatkichlarining ma’lumotlari bilan uning faoliyatiga investitsiya kirituvchi «begona» (potentsial investor) huquqiy va jismoniy shaxslar, banklar va boshqa moliya muassasalari ham qiziqadilar. Misol, «Kvarts» AJga kapital qoʻygan aktsiyadorlar korxonaning moliyaviy holati toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlgisi keladi, yoki korxona kredit olishni hoxlasa, bank yoki boshqa ssuda beruvchi idoralar korxonadan toʻlov qobiliyati(kreditga layoqati) toʻgʻrisida axborot talab qiladi. Jahon amaliyotda bunday ma’lumot va axborotlar buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi boʻlgan moliyaviy va boshqaruv hisobi orqali olinadi.
Moliyaviy hisob-xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan jamoatchilik hukmiga taqdim etiladigan hamda ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan axborotlarni taqdim etuvchi hisobdir.
Moliyaviy hisob ma’lumotlari foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlar tuzish orqali yetkaziladi. Moliyaviy hisobot ma’lumotlariga asoslanib, har bir mulkdor, investor, kreditor, aktsiyador korxonaning moliyaviy faoliyati toʻgʻrisida xulosa qiladi va oʻzi uchun zarur boʻlgan qarorlarni qabul qiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalanuvchilar juda koʻp. Ularni umumlashtirib ikki guruxga ajratish mumkin: ichki foydalanuvchilar, tashqi foydalanuvchilar. Ichki foydalanuvchilar-korxona menejerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari, ta’minot boʻlimi xodimlari va boshqa mutaxassislar, tashqi foydalanuvchilar-korxona faoliyatidan bevosita va bilvosita manfaatdor boʻlgan shaxslar.
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdor boʻlgan foydalanuvchilarga, korxona egalari ya’ni mulkdorlari1, aktsiyadorlar, investorlar, kreditorlar2 ta’minotchi va pudratchilar, korxonaning ishchi va xizmatchilari va boshqa moliya idoralari xodimlari kiradi.
Korxona faoliyatidan bilvosita manfaatdor boʻlga foydalanuvchilarga esa auditorlik firmalari, moliyaviy maslaxatchilar, fond birjasining makler va brokerlari, qonun chiqaruvchi idoralar, huquqshunoslar, matbuot va axborot agentliklari, kasaba uyushmalari va shu kabi boshqa moliya idoralari xodimlari kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, moliyaviy hisob, moliyaviy axborotlarning qayd qilinishi, baholanishi hamda topshirilishini tartibga solib turadigan, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgilaydigan xalqaro va milliy standartlar hamda tamoyillar asosida yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi sub’yektlariga moliyaviy hisob va hisobotning xalqaro standartlaridan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 404-sonli «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, foyda, zararlar va ularning harakati bilan bogʻliq xoʻjalik operatsiyalari moliyaviy hisobning ob’yektlaridir.

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə