«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə99/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   296
Moliyaviy hisob

Boshqaruv hisobi-ichki foydalanuvchilar ehtiyojini hisobga olgan holda korxona ishlab chiqarish jarayonlari uchun zarur boʻlgan, xom-ashyo, materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, yoqilgʻi, ehtiyot qism zaxiralari va ularning ishlab chiqarish sarflari ustidan nazorat oʻrnatishga, xodimlarga ish haqi va asosiy vositalarga eskirish toʻgʻri hisoblanganligini, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tannarxi sarflari toʻgʻriligini bilishga, korxonada byudjet bajarilishiga va foyda olishning monitoringini oʻrnatishga va boshqa shu kabi maqsadlar uchun ma’lumotlar tayyorlab beradi. Shuning uchun yirik kompaniya va firmalarda daromadlar, xarajatlar va foyda hisobi alohida ma’suliyat markazlari boʻyicha1 tashkil qilinadi.
Korxona rahbarlari va menenjerlari oʻzlarining xizmat vazifalarini bajarish jarayonlarida va boshqaruv qarorlari qabul qilishda boshqaruv hisobi yordamida olingan, mukamal tahlil qilingan ma’lumotlardan va boshqa axborotlardan foydalanadilar. Boshqaruv hisobi ma’lumotlari, korxona rahbarlari, menenjerlari, iqtisodchilari, buxgalterlari va ta’minotchilariga yordam uchun tayyorlangan hisob axborotlari boʻlib, korxona faoliyatini rejalashtirish, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari ustidan nazorat oʻrnatish, korxonada byudjet bajarilishi va foyda olishning monitoringini oʻrnatish hamda kompaniyaning kelajakda muvafaqiyatga erishishini bashorat qilish uchun foydalaniladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, moliyaviy hisob ma’lumotlari korxona faoliyatiga qiziquvchilar uchun boshqaruv hisobi ma’lumotlari esa faqatgina cheklangan shaxslar, korxona boshqaruv xodimlari uchun taqdim etiladi. Hisob ma’lumotlarini bunday ikki yoʻnalish boʻyicha ajralishi boshqaruv va moliyaviy hisoblarni vujudga keltirdi. Ular bir-biridan oʻzining vazifasi, bajaradigan funktsiyasi va uslubiyoti bilan farq qiladi.


Moliyaviy hisob va hisobotni tashkil qilish.
Oʻzbekiston xududida faoliyat yuritayotgan barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar Oʻzbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida»gi qonunga muvofiq belgilangan tartib, muddat va shakllarda moliyaviy hisobotlar taqdim etadilar. Moliyaviy hisobotlar xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning hisobot davri ichidagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati holati haqida axborotlar berish vositasi boʻlib hisoboanadi. Misol: korxonaning aktivlari va majburiyatlar holati, pul oqimlari toʻgʻrisidagi, ustav va xususiy kapitali tarkibi haqidgi hisobotlarda keltiriladi.
Moliyaviy hisobni tashkil qilishda va hisobotlarni tuzishda kontseptual asoslarga tayaniladi. Kontseptual asoslar (tamoyillar) qa’tiy oʻrnatilgan ramka boʻlib, u quyidagilarni hal qilishga qaratilgan:
1. Moliyaviy hisobni yuritish va hisobotlarni tuzish tizimini yaratish;
2. Amaliy qiyinchiliklar yechimini topish algoritmini yaratish;
3. Moliyaviy axborotlardan foydalanuvchilarni tushunish darajasini oshirish;
4. Korxonalarning moliyaviy hisobotlari raqobatbardoshligini oshirish.
Moliyaviy hisobotlar taqdim qilishning maqsadini aniqlash moliyaviy hisobotlar kontseptsiyasining bosh masalasi boʻlib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining 0-sonli «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual (tamoyil) asoslari» nomli milliy standartsida moliyaviy hisobotlarning maqsadi, xoʻjalik yuriutuvchi sub’yektning moliyaviy faoliyati va moliyaviy faoliyatida boʻladigan oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishdan iborat deb koʻrsatib oʻtilgan. Aytib oʻtish lozimki, ushbu maqsad uchun tuzilgan moliyaviy hisobotlar koʻpchilik foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirsa-da, ularni iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarur boʻladigan axborotlarni yetkaza olmaydilar, chunki, hisobotlarda oʻtgan davrlarning moliyaviy natijalari aks ettiriladi va moliyaviy boʻlmagan ma’lumotlar ularda keltirilmaydi. Ishonchli va oʻz vaqtida taqdim qilingan moliyaviy hisobotlar korxonani moliyaviy holatini baholashga va quyidagi vazifalarni hal qilish imkonini berishi kerak:

  • Investitsiya va kreditlar berish haqidagi qarorlarni qabul qilish;

  • Sub’yektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash;

  • Korxonalarga iqtisodiy resurslarni ishonib topshirilganligi tufayli uning resurs va majburiyatlarini baholash;

  • Boshqaruv organi xodimlarining ishini baholash.

Bunday vazifalarni bajarish uchun, moliyaviy hisob axborotlari mazmuni, axborotning nafliligi va cheklovlarga yoʻl qoʻyish talablariga javob berishi kerak. Bu belgilar buxgalteriya hisobi axborotlarining qaror qabul qilish uchun qanchalik foydaliligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining kontseptual asoslari moliyaviy hisobni tashkil qilishni va hisobotlarni tuzishni axborot tizimining modeli boʻlib, uning quyidagi alohida yoʻnalishlari, ya’ni tarkibiy qismlari mavjud:
1. Moliyaviy hisobotni maqsad va vazifalari;
2. Moliyaviy hisobotlarning sifat tavsiflari;
3. Moliyaviy hisobotning elementlari;
4. Moliyaviy axborotlarni e’tirof etish va oʻlchash mezonlari;
5. Moliyaviy hisobotning tamoyillari.
Shunga koʻra, buxgalteriya hisobi kontseptual asoslari moliyaviy hisobning axborot tizimini modeli sifatida namoyon boʻladi va quyidagi sifat xususiyatlari talabiga javob berishi kerak:

  • tushunarlilik;

  • ahamiyatlilik;

  • ishonchlilik;

  • koʻrsatkichlarning qiyoslanishi1.


Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə