Muomaladagi aktivlar
1. Kapital qoʻyilmalar
|
1.Tovar-moddiy qiymatliklar
|
2. Asosiy vositalar
|
2. Pul mablagʻlari
|
3. Nomodiy aktivlar
|
3. Debitor qarzlar
|
4. Moddiy qiymatliklarga qoʻshilgan daromadlar
|
4. Moliyaviy qoʻyilmalar
|
1.2-jadval
Xoʻjalik mablagʻlarining manba’lari
Oʻz mablagʻlari manbai
|
Qarzga olingan mablagʻlar manbai
|
1. Ustav kapitalii
|
1. Bank kreditlari
|
2. Qoʻshilgan kapital
|
2. Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar oldidagi qarz
|
3. Zaxira kapitali
|
3. Mehnat toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik
|
4. Foyda (zarar)
|
4. Byudjetga toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik
|
|
5. Boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslar oldidagi qarzdorlik
|
Iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy hisob va hisobotining aniq ob’yektlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
1. Xoʻjalik faoliyatida sodir boʻladigan voqealar;
2. Aktivlar;
3. Majburiyatlar;
4. Korxona faoliyatini moliyalashtiriladigan boshqa manba’lar;
5. Daromadlar;
6. Sarflar;
7. Milliy va xalqaro standartlarda nazarda tutilgan boshqa ob’yektlar.
Xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun korxonalar zaruriy xoʻjalik mablagʻlariga ega boʻlishlari kerak. Buxgalteriya hisobi nazariyasi fanidan ma’lumki, xoʻjalik mablagʻlari va ularning paydo boʻlish manba’lari buxgalteriya hisobining ob’yektlari boʻlib hisoblanadi. Moliyaviy hisob va hisobot fani buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi sifatida korxonaning mablagʻlarini va ularning manba’larini hisobga olish vazifasini bajaradi. Xoʻjalik mablagʻlari korxona faoliyatidagi roliga koʻra muomaladagi va muomalada boʻlmagan aktivlarga boʻlinadi. Ular turli xil manba’lar hisobidan, xususan, oʻzining mablagʻlaridan va qarzga olingan mablagʻlar hisobidan tashkil topadi (1.1,1.2-jadvallar).
Shunday qilib, 1,2-jadvallarda keltirilgan korxona mablagʻlari va ularning tashkil topish manba’lari moliyaviy hisob va hisobot fanining aniq ob’yektlari boʻlib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |