«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


-chizma. Korxona buxgalteriyasini tarkibiy tuzilishi



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə102/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   296
Moliyaviy hisob

1.2-chizma. Korxona buxgalteriyasini tarkibiy tuzilishi.

Buxgalteriya xizmatini rahbari, buxgalteriya apparati tarkibini aniqlashda ishlab chiqarish texnologiyasini, ishlab chiqarishni tashkil qilish xususiyatlarini, hisob ishlari hajmini va hisobning texnik vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini hisobga olib, birinchidan, har bir tarkibiy tuzilmaga bitta asosiy vazifani bajarishni biriktirish; ikkinchidan, hisobning bitta rahbariga 5-6 tadan koʻp boʻlmagan buxgalterlarni boʻysundirish; uchinchidan, bajaruvchilar orasida majburiyatlarni ularning alohida imkoniyatlarini hisobga olib taqsimlash; toʻrtinchidan, hisob va nazorat ob’yektlari boʻyicha javobgarlikni markazsizlashtirish asosida, bajaruvchilar zimmasiga yuklash tamoyiliga amal qilishi kerak.


Korxona buxgalteriya xizmati rahbari buxgalteriya apparati tarkibi bilan bir qotorda, buxgalteriya apparati xodimlarining xizmat lavozimi vazifalarini ham ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining taxminiy xizmat lavozim vazifalari 1.4-jadvalda keltirilgan.
1.4-jadval
Ishlab chiqarish korxonalari buxgalteriya apparati xodimlarining taxminiy xizmat lavozim vazifalari



T/r

Xizmat lavozimi

Xizmat vazifalari

1

Bosh buxgalter

Korxonada buxgalteriya ishini toʻliq olib borilishini tashkillaydi, nazorat qiladi va xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Pul mablagʻlari va moddiy qiymatliklardan toʻgʻri foydalanish ustidan nazorat oʻrnatadi. Xoʻjalik operatsiyalarini hujjatlar bilan rasmiylashtirishni qonuniyligini nazorat qiladi, ish haqini toʻgʻri hisoblash va berilishi ustidan nazorat oʻrnatadi. Byudjetdan foydalanishga nazorat oʻrnatish, soliq toʻlovlarining eng maqbul variantlarini tanlash va soliq hisobotlarini tuzish va topshirish. Korxona moliya-xoʻjalik faoliyatiga tegishli boʻlgan qonunlarni buzilishini hamda kamomadlar va yoʻqotishlar oldini olish, ular sodir boʻlganda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish va tergov-sud idoralariga topshirish.

2

Bosh buxgalter oʻrinbosari

Kassa va hisob-kitob operatsiyalarini uchyotini olib boradi. Bosh buxgalter oʻrnini bosadi.

3

Ombor buxgalterlari

Moddiy ishlab chiqarish zahiralarini, tayyor mahsulotlarni qiymatliklarni sotib olishni, ishlab chiqarishdan kelishini va chiqib ketishini hisobga olish bilan shugʻullanadi.

4

Kassir

Naqd pul mablagʻlarini harakati va unga tenglash-tirilgan, qimmatli qogʻozlarni (aktsiyalarni, obligatsiyalarni, markalarni)uchyotga olish bilan shugʻullanadi.

5

Ishlab chiqarish boʻlimi buxgalteri

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarida, sex boshliqlarining hisobotlari asosida ishlab chiqarish xarajatlarini sintetik va analitik uchyotini yurgizadi, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxlarini kalkulyatsiya qilish bilan shugʻullanadi.

6

Hisoblashuv operatsiyalari buxgalteri

Debetorlar va kreditorlar, xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan sodir boʻladigan hisob-kitoblarni hisobga olish bilan shugʻullanadi.

6

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa moliyaviy qoʻyilmalar buxgalteri

Asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa moliyaviy qoʻyilmalarni harakati bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni hujjatlashtirish, amortizatsiya hisoblash hamda sintetik va analitik uchyotini olib borish bilan shugʻullanadi.

7

Auditor

Ichki audit vazifasini bajaradi




Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə