«moliyaviy hisob» fanining Oʻquv uslubiy majmuasi


Buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalari



Yüklə 2,67 Mb.
səhifə101/296
tarix19.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#128258
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296
Moliyaviy hisob

Buxgalteriya apparatining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalari.
Korxonalarda buxgalteriya apparatini tuzilishi bir qancha ob’yektiv va sub’yektiv omillarga bogʻliq. Jumladan: hisobga olinadigan ob’yektlar tarkibi; korxona faoliyatining ish xususiyatlari; mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining xususiyatlari; ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turli-tumanligi; ishlab chiqarish boʻlinmalarining xududiy yaxlitligi yoki tarqoqligi; buxgalteriya ofisini joylashuvi; hisob ishlarini kompyuterlashtirish darajasi va boshqa ba’zi bir sub’yektiv omillar. Bu omillar buxgalteriya apparati xodimlarini mehnat taqsimotini belgilab, bir xil iqtisodiy mazmunga ega boʻlgan operatsiyalarni umumlashtirishda, asosiy operatsiyalarni yordamchi operatsiyalardan ajratishda, bajaruvchilar va hamkor (oʻzaro bogʻlangan) bajaruvchilar faoliyatlarini muvofiqlashtirishda namoyon boʻladi.
Buxgalteriya apparati boʻlimlarini toʻgʻri shakllantirish hisob ishlarini samarali tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun, buxgalteriya apparati boʻlimlarini belgilashda, korxonaga qarashli boʻlgan tarkibiy tuzilmalarda (tsex, boʻlim, boshqaruv apparati va boshqalar), hisob ma’lumotlarini toʻgʻri nazorat qilish imkonini beruvchi va axborot almashinuvining ishonarligini ta’minlovchi omillar e’tiborga olinishi lozim.
Aksariyat korxonalarda, faoliyat turidan qa’tiy nazar, buxgalteriya apparati, pul mablagʻlari va kredit operatsiyalarini hisobga olish, xaridor va mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashuvlar, ishlab chiqarish zaxiralari va tovarlarni hisobga olish, mehnat va ish haqi boʻyicha hisoblashuvlarni hisobga olish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va qimmatli qogʻozlarni hisobga olish, ishlab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulotlarni hisobga olish kabi boʻlinmalardan tashkil topgan. Korxonalar faoliyatida eng koʻp uchraydigan buxgalteriya apparati tarkibi 1.2-chizmada keltirilgan.
Korxona ish faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib boshqa boʻlinmalar, misol, yirik korxonalarda, buxgalteriya hisobi va hisoboti uslubiyoti, ichki nazorat va valyuta operatsiyalari guruhi, hisob ishlarini kompyuterlashtirish guruhi yoki korxona faoliyatini tahlil qilish bilan shugʻullanadigan guruhlar va boʻlimlar tashkil qilinishi mumkin.
Odatda, hisob ishlari, boʻlinmalar orasida, hisob ob’yektlari boʻyicha, boʻlim ichida esa xodimlar bajaradigan ishlarning turlari boʻyicha taqsimlanadi. Misol, materiallarni hisobga olish boʻlimida hisob ishlari, xodimlar orasida, materiallar saqlanadigan omborlar yoki turdosh materialar roʻyxati boʻyicha taqsimlanadi.
Boʻlim boʻyicha umumiy boʻlgan, ba’zi bir ishlarni, xususan, mol yetkazib beruvchilar va xaridorlarning hujjatlarini qayd qilishni, taksirovka (arifmetik amallarni qayta bajarib koʻrish) qilishni, joriy hisob ma’lumotlarini hisob registrlariga yozishni malakali xodimlar zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq boʻladi. Bunday aralash mehnat taqsimoti buxgalterlarni mehnat unumdorligini oshirish va ishlarni bajarishdagi shaxsiy ma’suliyatlarini oshiradi.
Yirik korxonalarda buxgalteriya xodimlari ikkita malaka toifasiga boʻlinadi: birinchi toifa, bajaruvchilar-hujjatlarni qabul qiluvchilar, hisob-kitob ishlarini bajaruvchilar, buxgalteriya schyotlarini olib boruvchilar; ikkinchi toifa-hisob ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan tavsiyalarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega boʻlgan buxgalter-iqtisodchilar.






Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə