Moliyaviy hisob va hisobat


-jadval Tovarni sotish narxi bo‘yicha hisobda aks ettirish



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə113/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

8.4-jadval
Tovarni sotish narxi bo‘yicha hisobda aks ettirish

T/r

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni

Summa,
ming so‘m

Debet

Kredit

1

Bo‘nak tariqasida to‘lanadi

600

4310

5110

2

Bolalar kiyimi kirim qilindi

600

2920

6010

3

Bo‘naknint hisobga olinishi aks ettiriladi

600

6010

4310

4

Kirim qilingan bolalar kiyimlariga savdo ustamasi aks ettiriladi

120

2920

2980

Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha schet-faktura bo‘lib bojxona yuk deklaratsiyasi va qo‘shilgan qiymat solig‘i amalda to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjatlari hisoblanadi.


8.5-jadval
Import shartnomalari bo‘yicha haq evaziga sotib olingan tovarlarning kelib tushishi



Muomala mazmuni

Debet

Kredit

1

Markaziy bankning bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish sanadagi kursi bo‘yicha tovarlar kirim qilindi

2920

6010

2

Tovarlarning xarid qiymatiga qo‘shiladigan, import vaqtida yuzaga kelgan bojxona to‘lovlari va boshqa xarajatlar aks ettirildi

2920

6990

3

Tovarning xarid qiymatiga qo‘shiladigan QQS summasi (QQS to‘lamaydiganlar tomonidan) aks ettirildi

2920

6990

4

Import qilingan tovarlar bo‘yicha QQSni (ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchilar tomonidan) hisobga kiritish aks ettirildi

6410

6990

Bojxonadan import tovarlar savdo korxonasi vakili (ekspeditori) tomonidan BYuD asosida qabul qilib olinadi. Ombor mudirlari ekspeditorlardan import tovarlarni tasdiqlangan shakllardagi “Kirim orderi” (M-3, M-4) tuzish yo‘li bilan qabul qilib oladilar.
Boshqa shah arlarda joylashgan ta’minotchilardan tovarlar asosan temir yo‘l va yo‘l avtotransporti orqali, bir shaharda joylashgan ta’minotchilardan ular asosan yo‘l avtotransporti bilan tashib keltiriladi.
Ta’minotchilar tovarlarni ulgurji savdo korxonalariga jo‘natishni tuzilgan shartnomalarga asosan oldindan to‘lovni kamida 15 foizi o‘tkazib berilgan taqdirda amalga oshiradilar. Tovarlarni jo‘natishda ta’minotchilar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • yuklash hujjatlari – bular temir yo‘l naklodnoyi, tovar-transport yukxati;

  • tovarlarni sifat jihatlarini tasdiqlovchi hujjatlar – bular muvofiqlik sertifikati, spetsifikatsiyalar, laboratoriya tahlili dalolatnomasi, o‘lchov tahlili dalolatnomasi, o‘rov yorliqlari;

  • hisob-kitob hujjatlari – bular belgilangan shakllarda tuzilgan schyot-fakturalar, invoys va to‘lov talabnomasi.

Tovarlarni bevosita ta’minotchilardan yoki temir yo‘l transporti stantsiyasidan qabul qilish va olib kelish uchun ulgurji savdo korxonalari o‘zlarining vakillari nomlariga ishonchnomalar beradilar. Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2003 yil 7 maydagi 62-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalarni berish va ishonchnomalar bo‘yicha ularning berish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Chakana savdo korxonalari sotib olingan tovarlar hisobini sotish narxlari bo‘yicha ustama qiymatini ajratib ko‘rsatgan holda yuritishlari mumkin. Bunda sotib olingan va hisobga olingan tovarlar qiymati ustama summasiga ko‘payadi.
Buxgalteriya. hisobida bu operatsiya 2910-«Ombordagi tovarlar» va 2920-«Chakana savdodagi tovarlar» schyotlarining debetida 2980-«Savdo ustamasi» schyotining krediti bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə