Moliyaviy hisob va hisobat


-BOB. MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə133/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

1 0-BOB. MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI
10.1. Moliyaviy natijalar hisobining maqsadi hamda vazifalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad hisoblanadi. Foyda olishga intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni kamaytirishga undaydi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfatiga ham mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun kontseptual asos” ko‘ra, moliyaviy natijalar - subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir, yoki boshqacha qilib aytganda, moliyaviy natijalarbu xo‘jalik subyektining ma’lum hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati jarayonida o‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir89. Bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi.
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy natijalarni aniqlash uchun ma’lum bir davrdagi olingan daromadlar bilan qilingan xarajatlarni taqqoslash, ya’ni olingan daromadlardan qilingan xarajatlarni ayirish lozim.
Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Ijobiy moliyaviy natijada olingan daromad qilingan xarajat summadan yuqori bo‘ladi va uni foyda sifatida tan olinadi. Moliyaviy natijada qilingan xarajat olingan daromad summasidan ortib ketsa, u zarar hisoblanadi..
Xo‘jalik subyektining olgan foydasi qancha ko‘p bo‘lsa, mulk egasi har bir xodimni shuncha ko‘p rag‘batlantirishga, uni har tomonlama kengaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag‘ini ko‘paytirishga imkoniyati tug‘iladi. Bundan jamiyat hammanfaatdor, zero xo‘jalikining olgan foydasi qancha ko‘p bo‘lsa foydadan davlat byudjetiga to‘lanadigan soliq ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
Bizning fikrimizcha, foyda qilingan mehnatning xarakteridan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki savdo sohasida yoxud unda band bo‘lgan xodimlar mehnati natijasida yaratiladi.
Foydaning mohiyati xususida gap ketganda uning turlarini ham yodda tutmoq kerak. Bular tarkibiga tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foyda, asosiy savdo faoliyati foydasi, umumxo‘jalik foydasi, tasodifiy foyda, soliq to‘lagunga qadar foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda kabilarni kiritish mumkin. Ana shu foydaning turlari asosida qanday qilib jamiyat, mehnat jamoasi va har bir xodimning iqtisodiy manfaatlarining mushtarakligini ta’minlash muommosi ham ko‘ndalang turibdi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foydani taqsimlashda iqtisodiy jihatdan asoslangan tartibni qo‘llash avvalambor uning bajaradigan funktsiyalarini chuqur va har tomonlama bilishga bog‘liq.
Foyda ko‘rsatkichining xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini baholovchi sintetik ko‘rsatkichi funktsiyasi xususida quyidagilarni aytish mumkin. Masalan, xo‘jalik subyektlari ixtiyorida qolgan sof foyda tarkibida mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlar, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari va xarajatlari, moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va xarajatlar qoldig‘i, tasodifiy foyda va zararlar qoldig‘i o‘z aksini topadi. Shu bois, ikki avtonom tushuncha bo‘lmish daromad bilan foydani bir-biriga o‘xshatish mumkin emas. Daromad ancha kengroq iqtisodiy kategoriya hisoblanib, u tovar aylanmasi qiymatiga yaqin turadi.
Fikrimizcha, “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida…”gi Nizom90 asosida foydaning har bir turi bajaradigan funktsiyasini ko‘rsatish kerak. Masalan, mahsulot (tovar, ish, xizmat) larni sotishdan tushgan yalpi daromadning bajaradigan funktsiyasi orqali mahsulotlarning shartnoma bahosiga nisbatan qo‘yiladigan ustama baho darajasini o‘zgarishini nazorat qilishimiz mumkin. Fermerlarning asosiy faoliyatdan olgan foydasi (operatsion foyda) bajaradigan funktsiyasi orqali mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdan tushgan foyda miqdorini, davr xarajatlarining, boshqa operatsion daromadlar va xarajatlarning o‘zgarishini nazorat qilish imkoni tug‘iladi. Fermer xo‘jaliklaring umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rilgan foydasi funktsiyasi orqali moliyaviy faoliyatdan yuzaga keladigan foyda (zarar) o‘zgarishi ustidan nazorat o‘rnatishimiz mumkin.
Shunday qilib foyda olish har qanday iqtisodiy formatsiyaning pirovard natijasi ekan. Shu bois har bir xodimning foyda olishga bo‘lgan manfaatdorligi obyektiv zaruriyat hisoblanadi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida foydaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, shakllanishi va taqsimlanishi xususida o‘z echimini kutayotgan muommolar talaygina ekan.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə