Moliyaviy hisob va hisobat


Yakuniy moliyaviy natija hisobi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə141/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

10.8. Yakuniy moliyaviy natija hisobi
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining farqidir.
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-“Yakuniy moliyaviy natija” schyotida hisobga olib boriladi. Ushbu hisobvaraq tranzit bo‘lib, aktiv-passiv hisobvaraq xarakteriga ega. Hisobvaraqning debetida zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqning debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820-“Boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraqlarida foyda (daromad)dan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 9810, 9820.
Ushbu muomaladan so‘ng 9900-“Yakuniy moliyaviy natija” schyotida qolgan summa korxonaning hisobot yilida olgan sof foyda (yoki zarar)ini anglatadi va ushbu summa quyidagi provodka orqali 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” schyotiga o‘tkaziladi:
- sof foyda summasiga:
Debet 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”
Kredit 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
- zarar summasiga:
Debet 8710-“Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
Kredit 9900-“Yakuniy moliyaviy natija”.
9910-“Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag‘ining debet va kredit oborotlarining farqi korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasini aks ettiradi. Hisobot yilining oxirida 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820-“Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar” hisobvaraqlarida foydadan hisoblangan umumiy summa aks ettiriladi. Hisobot davrida hisoblangan soliq va yig‘imlar summasi quyidagi provodka orqali chegirib tashlanadi:
Debet 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” 23744 ming so‘m.
Kredit 9810-“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” 23744 ming so‘m.
Debet 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” 174 ming so‘m
Kredit 9820-“Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar” 174 ming so‘m

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə