Moliyaviy hisob va hisobat


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə144/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar

  1. Asosiy faoliyat foydasi qanday aniqlanadi?

  2. Buxgalteriya foydasi bilan soliq foydasining farqi nimada?

  3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish sarflari nimalardan iborat?

  4. Ma’muriy-boshqaruv sarflarini hisobga olish qanday amalga oshiriladi?

  5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarflarni hisobga olish qanday amalga oshiriladi?

  6. Daromadlarni tan olish va ularning tarkibi nimalardan iborat?

  7. Moliyaviy natija deganda nimani tushunasiz?

  8. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va taqsimlanishi tartibi haqida nimalarni bilasiz?

  9. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) hisobi qanday tashkil qilinadi?

  10. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobining xususiyatlari nimalarda o‘z ifodasini topadi?

  11. Davr xarajatlari hisobini tashkil qilishning dolzarbligi nimada?

  12. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar tarkibiga nimalar kiradi?

  13. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobining xususiyatlari nimalarda aks etadi?

  14. Favqulodda foyda va zararlar tarkibi nimalardan tashkil topgan?

  15. Yakuniy moliyaviy natija hisobini yuritish qanday tashkil qilinadi?




11-BOB. MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH
11.1. Moliyaviy hisobotining maqsad va vazifalari
Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’iy nazar, bajaradigan va subyektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning mo-liyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Buxgalteriya shaxs,firma uchundir, faqat xarajatlar va daromadlar ta’sirining xolisligi moliyaviy hisobotlarda e’tirof etiladi. Barcha tashqi ma’lumotlarga e’tibor berilmaydi. Shuning uchun firmalar jamiyat, kelajak avlod va jaxonga tartibga soluvchi joriy qilingan muayyan qonun va jarimalarsiz zarar etkazishi mumkin. Tashqi faktorlar mas’uliyatining samaradorligi bunga misoldir, faqat jamoatchilik fikri va siyosiy bosim uni orbitani o‘rtasiga harakatlantiradi, shundan keyin, kutilayotgan kelajak avlodjoriy jamiyatni o‘rnini egallaydi. Agar siyosiy bosim etarlicha kuchli bo‘lsa, muammo unimas’uliyatli ichki orbitasiga uni harakatlantiradigan qonunchilikni tortadi,huquqni muhofaza qilish xodimlari muvofiqligini ta’minlash uchun vakolatli bo‘ladi.96
Korxonaning joriy faoliyati ma’muriyat tomonidan boshqaruv funktsiyalarini safarbar qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning natijalari buxgalteriya hisobi tizimida aks ettiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi axborotlar tegishli hisob registrlarida umumlashtiriladi va guruhlangan holda ulardan buxgalteriya hisobotlariga o‘tkaziladi. Buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimida hisobot korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvoli hamda moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona tizimi sifatida qaraladi. Hisobotlar ma’lum hisobot davri uchun belgilangan shakllar bo‘yicha tayyorlangan buxgalteriya hisobi axborotlari asosida tuziladi. O‘z navbatida hisobot davri – bu korxona moliyaviy hisobotini tuzishi lozim bo‘lgan davr.
Hisobot xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.
Buxgalteriya hisoboti – bu hisobot davri uchun korxona faoliyatining natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar to‘plami.
Hisobot – ma’lum bir davr mobaynida amalga oshilgan biznes opareasiyalari natijalari tog‘risidagi ma’lumotlar majmuidir. Hisobot faoliyatning ma’lum bir davr oralig‘ini tahlil qilish va boshqarish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.97
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan erishiladi.
Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri – uni rasmiylashtirish hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta – so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hisobotning har bir shakli va undan foydalanish xo‘jalik mablag‘larini hamda ularni qoplash manbalarini tahlil qilishda batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
Birinchi uch guruh elementlar (aktivlar, majburiyatlar va aktsionerlik kapitali/sof aktivlar) to‘g‘risidan – to‘g‘ri balans hisobotiga, keyingi turt element esa (daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlar) moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotga tegishlidir.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə