Moliyaviy hisob va hisobat


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə147/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

11.4. Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yilning 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalar” barcha hisobot shakllarini, jumladan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot”ni tuzish tartibini belgilab beradi. Mazkur Qoidalarga muvofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug‘urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo‘lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to‘lovchi hisoblanadigan alohida bo‘linmalar taqdim etadi.
Moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2000 yil 15 iyunda 47-son bilan tasdiqlangan “Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida” qonunning 10-moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil 5-son) ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o‘tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to‘g‘riligi to‘g‘risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot – buxgalteriya balansi bilan bir qatorda, korxonaning asosiy moliyaviy hisobotlaridan biridir. U yillik va chorak moliyaviy hisoboti tarkibiga kiradi. Kichik biznes subyektlari faqat bir yilda bir marta yillik moliyaviy hisobotni topshiradilar.
Hisobotda ma’lumotlar ikkita davr uchun, ya’ni joriy (hisobot) yil uchun va o‘tgan yilning mos davri uchun aks etriladi. Misol uchun, agar biz 2017 yil uchun hisobot tuzadigan bo‘lsak, bu hisobotda 2016 yil ko‘rsatikichlarini ham keltirishimiz kerak. 2018 yilning I choragi hisoboti uchun o‘tgan yilning mos davri – 2017 yilning I choragi bo‘ladi.
Har bir davrning ko‘rsatkichlari 2ta ustunga ajratilgan: daromadlar (foyda) va xarajatlar (zararlar). Faqat xarajatlar ko‘rsatiladigan sartlarda daromadlar ustuniga “X” belgisi qo‘yilgan. Bu o‘ziga xos bir ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi: hisobotning faqat “X” belgisi bo‘lmagan kataklari to‘ldirilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yilning 27 dekabrdagi 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha qoidalar”ga asosan “Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot”ni tuzish tartibi bayon qilingan.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə