Moliyaviy hisob va hisobat


Buxgalteriya balansini tuzish tartibi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə146/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

11.3. Buxgalteriya balansini tuzish tartibi
Hisobotlarni tuzish va ularni tegishli nazorat organlariga taqdim etish bu buxgalteriya hisobining asosiy vazifasiga kiradi. Buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi ma’lum bir xo‘jalik subyektining barcha xo‘jalik muomalalarini rasmiy ravishda hisobda aks ettirish va ma’lum bir davrlarda foydalanuvchilarga zaruriy ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. U korxona mablag‘larini guruhlash va tarkibini pul bahosida aks ettirish hamda pul mablag‘larini, ularni hosil etish manbalarini muayyan sanaga joylashtirish usulidan iborat.
Shunday qilib, buxgalteriya balansi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
- korxona egalik qiladigan vositalarni aks ettiruvchi aktivlar;
- korxona tasarrufidagi o‘z sarmoyasi;
- keyinchalik belgilanishi bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan aktivlarni sotib olish, hosil qilish natijasida yuzaga kelgan majburiyatlar.
Buxgalteriya balansi hisobot kuniga korxona mulkining tarkibi (aktivda) va uning shakllanish manbalarini (passivda) ko‘rsatadi.
Balans “teng bo‘lgan” aktiv va passivdan iborat bo‘ladi. Balans aktivi davr boshiga ham, oxiriga ham balans passiviga teng bo‘lishi kerak. Balansda “tengsizlik” bo‘lishi shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan va buxgalter bu xatoliklarni topib, tuzatishi lozim. Shu sababli balans tuzishdan oldin analitik schyotlarning oborotlari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlarini Bosh kitobdagi sintetik schyotlarning oborotlari va hisobot davri oxiridagi qoldiqlari bilan solishtirib chiqish lozim.
Agar, buxgalterlarning aytishicha “schyotlar bo‘yicha tarqatish” to‘g‘ri amalga oshirilgan bo‘lsa, debet bo‘yicha oborotlar va qoldiqlar kredit bo‘yicha oborotlar va qoldiqlarga teng bo‘ladi. To‘g‘ri tarqatishdan tashqari, balansning moddalari aktivlar va majburiyatlar bo‘yicha sinchiklab qilingan inventarizatsiya bilan asoslangan bo‘lishi lozim.
Aktivlar — bu korxonaning unga foyda keltirishi lozim bo‘lgan mulkidir. Bular birinchi navbatda – asosiy vositalar (ishlab chiqarish uskunasi, binolar, inshootlar, transport va boshqa shunga o‘xshashlar), kassadagi va hisobraqamdagi pul mablag‘lari,qimmatli qog‘ozlar, tovar-moddiy zahiralari, debitorlik qarzlari.
Aktivlar uzoq muddatli (1 yildan ortiq vaqt ishlatiladi) va joriy yoki aylanma (oborot) (1 yil ichida iste’mol qilinadi, ishlatiladi, sotiladi yoki pulga aylantiriladi) aktivlar bo‘lishi mumkin. Pul mablag‘lari har doim joriy (aylanma) aktiv deb hisoblanadi.
Passivlar — bu korxonaning majburiyatlari va qarzlari, ular aktivlar nima hisobiga olinganligini ko‘rsatadi. Aktivlar o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmaydiku, ular har doim muayyan manbalar hisobiga paydo bo‘ladi (qarzlar va boshqa majburiyatlar, xususiy kapital).
Balans qanday bo‘limlardan tashkil topganligi va ularda nimalar aks ettirilishi 15-son BHSM “Buxgalteriya balansi”da bayon etilgan.
Balans tuzishning bitta o‘ziga xos bo‘lgan tomonini ko‘rib o‘tamiz. Balans passivining I bo‘limi “O‘z mablag‘lari manbalari”ning “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” moddasida hisobot yilining sof foydasi (yoki zarari) va o‘tgan yillarning jamlangan foydasi (yoki zarari) aks ettiriladi.
Balansning tasdiqlangan shaklida har bir moddaning nomidan keyin (har bir satrda) buxgalteriya schyotining raqami ko‘rsatilganligi uni to‘ldirishda muhim ko‘rsatmadir, bu schyotlarning qoldiqlari tegishli sartlarda hisobga olinadi.
Balans davomida “Balansdan tashqari schyotlarda hisobga olinadigan boyliklar mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” to‘ldiriladi. Unda korxonaga tegishli bo‘lmagan, lekin vaqtinchalik u foydalayotgan yoki uning tasarrufida bo‘lgan mulk ko‘rsatiladi.
Muddati o‘tib ketgan debitorlik va kreditorlik qarzlari bor korxonalar buxgalteriya balansiga ilova “Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining rasshifrovkasi”ni to‘ldiradilar.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə