Moliyaviy hisob va hisobat


-rasm. Foydaning shakllanishi va ishlatilishi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə143/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

10.3-rasm. Foydaning shakllanishi va ishlatilishi
Sof foydaning shakllanishi va uni to‘g‘ri taqsimlash hamda undan oqilona foydalanishda shunday maqbul tartibni qo‘llash kerakki, toki u korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining korxona jamoasi va har bir xodim mehnatining xodim mehnatining samaradorligini oshirishga bo‘lgan moddiy manfaatdorligini o‘z-o‘zidankuchaytirishga olib kelsin.
Agar taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini shakllantirishga yo‘naltiriladigan bo‘lsa, 8520-schyot kreditlanadi, 8710-schyot esa debetlanadi. Korxonaning kundalik zararlarini qoplash zarurati yuzaga kelgan taqdirda, rezerv kapitali hisobiga qayta o‘tkazmalar amalga oshiriladi.
Sof foydaning korxona ta’sischilari (ishtirokchilari) o‘rtasida taqsimlanadigan qismi dividendlar deb e’tirof etiladi.


10.3-jadval
Taqsimlanmagan (jamg‘arilgan) foydaning o‘zgarishini aks ettirish



Muomalalar mazmuni

Debet

Kredit

1.

Hisobot yilining taqsimlanmagan foydasi aks ettirildi (transformatsiya o‘tkazmasi)

9910

8710

2.

Foyda hisobidan dividendlar hisoblandi

8710

6610

3.

Hisobot davri taqsimlanmagan foydasining jamg‘arilgan foydaga o‘tkazilishi

8710

8720

4.

Jamg‘arilgan foyda ustav kapitalini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi

8720

8300

5.

Hisobot davrining zarari jamg‘arilgan foyda hisobiga qoplandi

8720

8710

6.

Jamg‘arilgan foyda rezerv kapitalini to‘ldirishga yo‘naltirildi

8720

8520

Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxonaning mulkdorlari (aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishi, MChJ ishtirokchilarining yig‘ilishi, xususiy korxona egasi) qabul qiladi.


Mas’uliyati cheklangan jamiyat har chorakda, yarim yilda 1 marta yoki bir yilda 1 marta jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushiga mutanosib ravishda o‘zining sof foydasini taqsimlash haqida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday qaror jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi.
MChJ va AJ ishtirokchilarining dividendlar ko‘rinishidagi daromadlariga to‘lov manbaida 10%lik stavka bo‘yicha soliq solinadi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin xususiy korxona mulkdori va oilaviy korxona ishtirokchilari tasarrufida qoladigan foyda summasiga JShDS solinmaydi. Xususan, xususiy korxona mulkdori foydani qanday ishlatishni yakka o‘zi hal qiladi, oilaviy korxonada esa ta’sis hujjatlari shartlariga qarab uning har bir ishtirokchisi foydadan o‘z ulushini olish huquqiga ega bo‘ladi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə