Moliyaviy hisob va hisobat


Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə148/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

11.5. Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etish tartibi
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot pul mablag‘larining xarakati nuqtai nazaridan subyektning mulki bo‘lgan moliyaviy resurslarining o‘zgarishi aks ettiriladi. Bu hisobot yordamida inflyatsiya sharoitida boshqa moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirishda hisoblash uchullaridan foydalanishni e’tiborga olgan holda, subyektning likvidligini obyektiv taqqoslash imkonini yaratiladi.
Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot 9-son BHMS “Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot” asosida tuziladi. Pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘llash quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:

  • tashkilotning pul mablag‘larini va ularning ekvivalentlarini topa olish qobiliyatini va tashkilotning shu kabi Pul oqimlarini ishlatishga ehtiyojini aniqlash;

  • tashkilotning sof aktivlaridagi o‘zgarishlar, uning moliyaviy tuzilishini (uning likvidligini va to‘lov qobiliyati bilan birga) va uning o‘zgarib turgan sharoit va imkoniyatlarga moslashish uchun uz vaqtida pul miqdoriga va Pul oqimlariga ta’sir etish qobiliyatini aniqlash;

  • xar xil tashkilotlarning operatsion faoliyatlarini taqqoslash, chunki bu ayni operatsion va xo‘jalik faoliyatining xodisalari uchun xar xil hisoblash usullarini qo‘llanishni inkor etadi.

Pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobotda hisobot davri davomidagi pul oqimlari aks ettiriladi va ular quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha tasniflanadi:

  • operatsion faoliyat;

  • investitsion faoliyat;

  • moliyaviy faoliyat.

Operatsion faoliyati.Operatsion faoliyatidan pul oqimlarining hajmi tashkilotning ssudalarni to‘lash uchun etarli pul mablag‘larini yigish, ishlab chiqarish darajasini saklash, dividendlarni to‘lash va tashki moliyalashtirish manbalarni jalb qilmay yangi kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish ishlarini qila olishining asosiy ko‘rsatgichidir. Operatsion faoliyatidan pul oqimlari birinchi navbatda, asosiy faoliyatdan daromad olishning natijasi bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə