Moliyaviy hisob va hisobat


-rasm. Faoliyat turlaridan olinadigan daromadlarning guruhlanishi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə134/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

10.1-rasm. Faoliyat turlaridan olinadigan daromadlarning guruhlanishi
Agar korxona o‘z faoliyatini zarar bilan yakunlasa moliyaviy holati yomonlashib, korxona inqirozga yuz tutishi mumkin.
Zarar – bu xarajatlarning daromadlarga nisbatan o‘sishi.91Zarar – bu xarajatlarning daromadlar oshishidir, natijada kapitalining kamayishi vujudga keladi. Demak, zararning oldini olish uchun xarajatlarning daromadlar oshishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Asosiy faoliyat daromadi asosan mahsulot (ish, xizmat) sotishdan tushgan tushum va operatsion daromadlardan tashkil topadi.
Asosiy faoliyat daromadining keyingi tarkibiy qismi — bu asosiy faoliyatning boshqa (operatsion) daromadlaridir. Bunga asosiy vositalar va boshqa mol-mulkni sotishdan tushgan daromad, undirilgan yoki qarzdorlar tomonidan e’tirof etilgan har xil jarimalar va vaqtida to‘lanmagan qarzlar, hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillar foydasi, da’vo bildirish muddati o‘tgan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar va xolisona moliyaviy yordamlar kabi moddalar kiradi.
Operasion faoliyatdan olingan daromadlar - bu daromadlarni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar va xarajatlarni kamaytiradigan daromadlar, imtiyozlar va chegirmalar hisobidan olinadigan barcha daromadlarni o‘z ichiga oladi.92
Asosiy faoliyat daromadi korxona yalpi daromadining salmoqli ulushini tashkil qilishi uning muhim ko‘rsatkich sifatida xo‘jaligining kelgusi rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. Moliyaviy faoliyat daromadi tarkibini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: dividendlar va boshqa korxonani tashkil qilishda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar va qarz mablag‘lari bo‘yicha olingan daromadlar, valyuta va valyuta muomalalari bo‘yicha daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltirilgan va boshqa moliyaviy mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar, olingan royalti, moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari.
Daromadlarning bunday guruhlanishi, xo‘jalik subyektining turli xil faoliyatidan olingan daromadlarini hisobotda alohida ko‘rsatish zarurati bilan izohlanadi. Bu korxona faoliyati bilan qiziquvchi tomonlar uchun zarur ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi.
Favqulodda daromad (zarar) - xo‘jalik subyektining odatdagi faoliyatidan aniq farq qiladigan, ya’ni tez-tez yoki muntazam sodir bo‘lmaydigan voqealar yoki bitimlar natijasida yuz bergan daromadlar yoki xarajatlar.93
Korxona faoliyatining sof moliyaviy natijasini aniqlash uchunhisobot davrida qilingan barcha sarf va xarajatlar to‘g‘ri taqsimlanishi lozim.
Barcha xarajatlar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotlar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga va tannarxga kiritilmaydigan, ammo davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlarga bo‘linishi zarur.
Davr xarajatlari, soliq to‘laguncha bo‘lgan foydani hisoblashda inobatga olinadi. Bundan tashqari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda moliyaviy faoliyat va favqulodda holat bo‘yicha xarajatlar ham alohida ko‘rsatiladi.
Xo‘jalik umumiy faoliyati - xo‘jalikning har qanday tadbirkorlik faoliyati bo‘lib, uning oddiy faoliyati, shuningdek xo‘jalikning kelgusidagi taraqqiyotga, xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy foydalarni mustahkamlash va o‘stirishga qaratilgan faoliyatidan iborat.94
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning mohiyati shundan iboratki, u korxona faoliyati to‘g‘risidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllantirish bilan birgalikda uning samaradorligi va moliyaviy barqarorligini tavsiflash uchun zarur ma’lumotlarini ham o‘zida aks ettiradi. Moliyaviy natijalarni aniqlash va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar berish moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilar uchun o‘ta ahamiyatlidir. Shuning uchun ham har qanday tuzumda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik su’bektlar o‘z faoliyatlarining moliyaviy natijalarini aniqlaydilar.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning moddalarini hamda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunda bayon qilingan umumiy qoidalarga muvofiq ravishda hisobotni tuzish va taqdim etishlari uchun bu moliyaviy natijalarni tasnif etishni bayon qilish uchun “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” nomli 3-son buxgalteriya hisobi milliy standarti qabul qilingan. Bu esa turli davrlarga doir hisobot ma’lumotlarini boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shunga o‘xshash hisoblari bilan qiyoslashni ta’minlaydi.
Moliyaviy ko‘rsatkichlar faoliyatning daromadlari va xarajatlarini operatsion va operatsion bo‘lmagan faoliyat orqali qanday amalga oshirishi haqida qisqacha ma’lumot beradi. Bundan tashqari, ma’lum bir hisobot davri mobaynida yuzaga kelgan aniq foyda yoki zarar, odatda moliyaviy chorak yoki yil davomida ko‘rsatadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida mamalakat rivojlanishining asosi, korxona faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichi – foyda hisoblanadi. Foyda xo‘jalik subyektining yashovchanligi manbaidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 15 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari foydaning rasmdagi ko‘rsatkichlari bilan tasniflanadi.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə