Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə163/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Kontr-aktiv schyotlar; аccount counter-asset; счета контр-актив; aktiv schyotlarning ko‘rsatkichlarini tartibga solish uchun tayinlangan kontrar schyotlar. Kontraktiv schyotlarga 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar”, 0500 “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar”, 2980 “Savdo ustamasi”, 4910 “Dargumon qarzlar bo‘yicha rezerv” schyotlari kiradi
Kontr-passiv schyotlar; сounter-passive accounts; счета контр-пассив; passiv schyotlar ko‘rsatkichlarini tartibga keltirish uchun tayinlangan kontrar schyotlar. 8600 “Sotib olingan xususiy aktsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar”, 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”, 9050 “Haridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotlari kontrpassiv schyotlarga misol bo‘ladi.
Korxona aktivlari; assets of a company; активыкомпании; mazkur korxona yoki muassasaga tegishli bo‘lgan barcha moddiy boyliklarning, tarkibi va joylashuvi nuqtai nazaridan olganda, pul tarzida aks etuvchi buxgalteriya balansining bir qismi.
Kredit; credit; кредит; pul mablag‘lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatga qarzga berish.
Likvidatsiya qiymati; liquidation value; ликвидационная стоимость; bu asosiy vositalarning taxmin qilinayotgan foydali xizmat qilish muddati oxirida ularni likvidatsiya qilish bo‘yicha, kutilayotgan xarajatlarni ayirgan holda aniqlanadigan qiymatidir
Lizing; leasing; лизинг; lizing beruvchi bilan lizing oluvchi o‘rtasida lizing oluvchiga xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish maqsadida ko‘char va ko‘chmas mulkni vaqtinchalik foydalanish uchun berish to‘g‘risida lizing bitimi (shartnomasi, kontrakt)ni tuzish natijasida vujudga kelgan xo‘jalik qarz munosabatlari.
Majburiyat; commitment; обязательство; bu fuqarolik huquqiy munosabatlari bo‘lib, uning vositasida bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs foydasiga (kreditor) muayyan xatti xarakatlar qilishi, aytaylik: mulkni o‘tkazish, ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish, pul to‘lashi va xonoz yoki muayyan xatti-xarakatdan o‘zini tiyishi kerak, kreditor esa qarzdordan o‘z vazifasini bajarishni talab qilish huquqiga ega.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə