Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə164/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Mehnat buyumi; subject oflabour; предмет труда; moddiy boyliklar ishlab chiqarish maqsadida kishining mehnati yo‘naltirilgan buyumlar. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar kiradi. Mehnat buyumlari aylanma mablag‘larga kirib, mehnat qurollari bilan birga ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Mehnat o‘lchov birligi; labor a unit of measure; трудоваяединицаизмерения; mahsulotni ishlab chiqarish yoki sarf qilingan mehnat sarfini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Ularning o‘lchov birligi bo‘lib minut, soat, kun va dekadalar hisoblanadi. Ular yordamida mahsulot ishlab chiqarish me’yorlari, mehnat unumdorligi, ish haqini hisoblash va boshqalar nazorat qilinadi. Mehnat o‘lchov birligi yordamida mehnat unumdorligini aniqlash imkoni natura o‘lchov birligi bilan birga ishlatilgandagina aniqlash mumkin. Mehnat o‘lchov birligi ko‘p hollarda bir turli xo‘jalik munosabatlarini o‘rganishda ishlatiladi
Mehnat vositalari; instruments of labor; средства труда; mehnat quroli bo‘lib, uning yordamida kishilar mehnat buyumlariga ta’sir etadi, shuningdek normal ishlab chiqarish jarayoni uchun zaruriy sharoit yaratadigan ob’yektlardir. Ishlab chiqarish qurollariga mashinalar, asbob-uskunalar, dvigatellar va h.k. kiradi. Mehnat vositalari asosiy vositalar hisoblanadi.
Memorial-order; memorial warrant; мемориальныйордер; buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi ko‘rsatiladi. Memorial- orderlar maxsus blankalarda tuziladi va bosh (katta) buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolanadi. Memorial-orderlar o‘rniga tegishli shakldagi shtamplar qo‘llanishi mumkin. Ayrim hujjatlarning blankalarida memorial-order rekvizitlari mavjud, ya’ni schyotlar korrespondentsiyasi nazarda tutilgan. Hisobning jurnal-order shaklida memorial-orderlar tuzilmaydi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə