Moliyaviy hisob va hisobat



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə167/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Haqiqiy qiymat; real value ; реальная стоимость ; bu aktivning joriy bozor qiymati yoki qonunchilikka muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lgan mustaqil ekspertlar tomonidan aniqlangan qiymatidir
Realizatsiya qilish; realization; реализация; sotish, ayriboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqining garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirilish.
Rentabellik; profitability; рентабельность; ishlab chiqarish samaradorligining ko‘rsatkichi bo‘lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag‘larining o‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Saldo; balance; сальдо; muayyan vaqt oralig‘ida pul tushumlari va chiqimlari o‘rtasida vujudga kelgan qoldiq. Xo‘jalik mablag‘lari yoki ular manbalarining buxgalteriya hisobi schyotlari bo‘yicha qoldiq. Aktiv schyotlarning saldosi faqat debetda bo‘lib, ma’lum schyotdagi xo‘jalik mablag‘larining qoldig‘ida ko‘rsatiladi. Passiv schyotlarning saldosi faqat kreditida bo‘lib, ma’lum schyotdagi mablag‘lar manbaini ko‘rsatadi. Debet saldolar buxgalteriya balansining aktivida, kredit saldolar esa passivida aks ettiriladi.
Schyotlarning aylanmalari; turnover of accounts; обороты счётов; buxgalteriya hisobi schyotlarning debeti va krediti bo‘yicha yozuvlar jami. Ular tegishli ravishda debet va kredit aylanmalari deyiladi. Aylanmalar har oyning oxirida jamlab chiqiladi. Aktiv schyotlar bo‘yicha debet aylanma oy davomida hisob ob’yekti ko‘payishini, passiv schyotlar bo‘yicha - kamayishini anglatadi. Kredit aylanma aktiv schyotlar bo‘yicha oy davomida hisob ob’yekti kamayishini, passiv schyotlar bo‘yicha – ko‘payishini ko‘rsatadi. Schyotning qoldig‘ini chiqarish uchun oldin uning aylanmalarini aniqlash kerak.
Sintetik hisob; synthetic accounting; синтетический учет; – pul o‘lchovida umumiy ko‘rsatkichlarni beruvchi hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintetik schyotlarda bo‘lib, ular mavjud mablag‘lar hamda ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari, ustav kapitali va h.k.) to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur. Sintetik hisob ma’lumotlari analitik hisoblarda detallashtiriladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə