Moliyaviy hisob va hisobat


Sintetik hisob schyotlari



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə168/174
tarix28.11.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#134489
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   174
moliyaviy hisob va hisobot 2707 (4)

Sintetik hisob schyotlari; synthetic accounting accounts; счеты синтетического учета ; sintetik hisob yuritiladigan buxgalteriya hisobi schyotlari sintetik hisob schyotlari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy schyotlarning ko‘rsatkichlari detallashtirilmaydi va ular bo‘yicha analitik hisob yuritilmaydi. Murakkab schyotlarning ko‘rsatkichlari, zarur bo‘lgan hollarda, analitik hisobda detallashtiriladi. Sintetik schyotlarning ro‘yhati schyotlar rejasida keltirilgan. Har bir sintetik schyot o‘zining shifri (nomeri)ga ega.
Sotish bahosi; selling price; цена продажи; talab va taklifdan kelib chiqqan holda sotuvchi va iste’molchi o‘rtasida kelishilgan baho.
Statistik hisob; statistical account; статистический учет; ko‘plab ijtimoiy voqealarning miqdoriy tomonlarini, ularni sifat tomonlari bilan uzviy boqliqligi, shuningdek ijtimoiy voqealarni aniq sharoitlar, joy va vaqtlarda rivojlanish qonuniyatini o‘rganuvchi ijtimoiy fan. Buning uchun turli statistika usullari qo‘llaniladi: statistik kuzatish, iqtisodiy indekslar, guruhlash, o‘rtacha kattalik va boshqalar. Shu bilan birga statistika tezkor va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasida statistika ma’lumotlarini yig‘ish va ishlab chiqish bilan har bir viloyat va tumanlardagi davlat statistika organlari shug‘ullanadi. Bu organlarning barchasi yagona metodologiyasi asosida ish olib boradi va Davlat statistika qo‘mitasi boshchiligida yagona tizimni tashkil etadi.
Tannarx; prime cost; себестоимость; mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining, shuningdek tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi
Taqqoslovchi schyotlar; comparative accounts; сравнительные счета; ma’lum xo‘jalik jarayonlarining natijalarini aniqlash uchun tayinlangan buxgalteriya hisobi schyotlari. Bu ma’lum schyotlarning debet va kredit aylanmalarini taqqoslash yo‘li bilan bajariladi.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə