Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/238
tarix27.05.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#113540
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   238
KL-МHХS

Eskirish. 
Asosiy vosita obyektining qandaydir qismining tannarxi ushbu 
obyektning umumiy tannarxiga nisbatan katta bo„lganida, bunday har bir qism 
bo„yicha eskirish alohida hisoblanishi kerak.
Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita obyekti bo„yicha dastlab tan olingan 
summani uning katta bo„lgan qismlari o„rtasida taqsimlaydi va bunday har bir qism 
bo„yicha eskirishni alohida hisoblaydi. Masalan, samolyotning korpusi va motori 
bo„yicha eskirishni alohida hisoblash to„g„ri bo„lishi mumkin, bu samolyot 
tadbirkorlik subyektining o„ziniki bo„lishi yoki moliyaviy ijaraga olinganligidan qat‟i 
nazar. Shunga o„xshash, agar tadbirkorlik subyekti asosiy vositalarni operativ ijaraga 
berish uchun sotib olsa va ushbu operativ ijarada u ijaraga beruvchi bo„lib hisoblansa, 
ijaraning bozor sharoitlariga nisbatan ijobiy yoki salbiy shartlariga tegishli bo„lgan
va ushbu aktivning tannarxida aks ettirilgan alohida summalar bo„yicha eskirishni 
alohida hisoblash o„rinli bo„lishi mumkin. 
Asosiy vosita obyektining katta qismi bo„yicha foydali xizmat muddati va 
eskirishni hisoblash usuli ushbu aktivning boshqa katta qismi bo„yicha foydali xizmat 
muddati va eskirishni hisoblash usuli bilan bir xil bo„lishi mumkin. Bunday qismlar 
eskirish xarajatlarini aniqlash maqsadida guruhlanishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita obyektining ayrim qismlari bo„yicha 
eskirishni alohida hisoblaganida, u ushbu aktivning qolgan qismi bo„yicha ham 
eskirishni alohida hisoblaydi. Qolgan qismi alohida katta bo„lmagan qismlardan
iborat bo„ladi. Agar tadbirkorlik subyektining ushbu qismlardan foydalanish rejalari 
o„zgarsa, obyektning qolgan qismi bo„yicha eskirishni hisoblash uchun uning 
qismlaridan foydalanish tarzini va/yoki foydali xizmat muddatini to„g„ri aks 
ettiradigan taxminiy hisoblash usullaridan foydalanish zarur bo„lishi mumkin. 
Tadbirkorlik subyekti asosiy vosita obyektining tannarxi ushbu obyektning 
umumiy tannarxiga nisbatan katta bo„lmagan qismlar bo„yicha eskirishni alohida 
hisoblashga qaror qilishi mumkin. 
Har bir davr uchun eskirish xarajatlari, ular boshqa aktivning balans qiymatiga 
qo„shilmaganida, foyda yoki zarar tarkibida tan olinishi kerak. 
Eskirish xarajatlari odatda foyda yoki zarar tarkibida tan olinadi. Biroq, 
ba‟zida, aktivda mujjasamlashtirilgan kelgusi iqtisodiy naf boshqa aktivlarga ishlab 
chiqarish jarayonida o„tkaziladi. Bunday holatda, eskirish xarajatlari boshqa aktivlar 
tannarxining bir qismini tashkil etadi va uning balans qiymatiga qo„shiladi. Masalan, 
ishlab chiqarish zavodining va asbob-uskunaning eskirishi tovar-moddiy zaxiralarini 
qayta ishlash qiymatiga kiritiladi (2-sonli BHXSga qarang). Shunga o„xshash, tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi 38-sonli 
BHXS “
Nomoddiy aktivlar
” ga muvofiq nomoddiy aktivning tannarxida hisobga 
olinishi mumkin.


30 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə