Moliyaviy menejment



Yüklə 253,71 Kb.
səhifə12/30
tarix13.06.2023
ölçüsü253,71 Kb.
#116895
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
davlat moliyasini boshqarishda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni

1.7-rasm. Davlat budjeti g’aznachilik tizimi nazorat shakllari.12
Mamlakatimizda davlat budjeti g’aznachilik ijrosi tizimining joriy etilishi bilan budjet mablag’larining maqsadli va samarali ishlatilishi ustidan amalga oshiriladigan dastlabki va joriy nazorat kuchaymoqda.
O'zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish loyihasi doirasida g’aznachilik tizimini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Unda birinchi navbatda davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimini yaratish ko'zda tutilgan. Mazkur dasturning amaliyotga tadbiq etilishi davlatning budjet, budjetdan tashqari mablag’larining real vaqtda to'liq hisobga olinishini, davlat budjeti ijrosi jarayoning tizimli nazorat qilinishi davlat budjeti mablag’larining yagona g’azna hisob raqamiga tushgan vaqtdan boshlab davlat buyurtmasining so'nggi pudratchi hisob raqamiga kelib tushguncha bo'lgan bo'lgan davrda samarali boshqarilishini ta'minlaydi.
Istiqboldagi vazifa budjetning g’azna ijrosini yaratish doirasida davlatning moliyaviy resurslarini samarali va oqilona boshqarish shuningdek budjet mablag’lari ustidan samarali nazorat o'rnatishni taminlash hisoblanadi.



12 Iqtisodiy adabiyotlardan foydalanib mustaqil tuzildi
Demak, g’azanachilikni joriy etishdan asosiy maqsad davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarishga ta’sir ko'rsatishdir. G’aznachilik organlari davlat moliyasini boshqarishga taluqli turli vazifalarni bajaradi.
G’aznachilik budjet mablag’larini moliyalashtirish jarayonida barcha budjetlar darajasi bo’yicha doimo budjet ijrosining nazoratini olib boradi.
Budjet mablag’larining ishlatilishi bo’yicha nazorat qilish jarayonida budjet xarajatlarining dastlabki nazorati katta va muhim o'rin tutadi. Dastlabki nazoratga quyidagilar kiradi: budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan smeta xarajatlarining to'g’ri va aniq hisob-kitoblarga tayangan holda tuzilishi, budjet tashkilotlariga mablag’larni moliyalashtirishdan oldin tuziladigan hujjatlarning to'g’ri va aniq qilib tuzilishi, ya'ni avvalo ushbu qilingan xarajatlarga smeta xarajatlarida belgilanishi hamda belgilangan limitlar doirasidan oshib ketmasligi, xarid qilingan tovar yoki ko'rsatilgan xizmatlarning haqiqiyligi va ularning narxlarining to'g’ri kelishi va boshqalar.
Yuqorida ko'rayapmizki ta’kidlangan barcha harakatlar kassa xarajati qilinishidan oldin amalga oshirilishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda bu nazorat (tekshirish)lar g’aznachilik auditi tamonidan amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda g’aznachilik tizimi to'liq o'tmagan bo'lsada yuqoridagi ko'pchilik vazifalarini o'z ichiga olib tizim faoliyatini yurityapdi, ya'ni budjet tashkilotlari tomonidan tuzilgan smeta xarajatlariga asosan har bir xarajat turi bo’yicha tovar yetkazib beruvchi va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan tuziladigan sharnomalarning muvofiqligi, to'rtinchi guruh xarajatlari bo’yicha moliyalashtirishda tovar yetkazib beruvchi va xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlarning hisob fakturalariga asosan moliyalashtirilishi va belgilangan limitlar doirasidan oshib ketmasligi oldini olinmoqda. Lekin g’aznachilik tizimi olib borayotgan yuqorida ko'rsatilgan bu funksiyalar budjet xarajatlarining samarali foydalanishiga to'liq imkon bermaydi, ya'ni shu xarajatlarni moliyalashtirishdan oldin ularni haqiqiy zarurligidan va miqdoridan kelib chiqib mablag’larni to'g’ri va aniq hisob kitoblarga tayangan holda rejalashtirish va
xarid qilingan tovar va ko'rsatilgan xizmatlarning to'g’riligini ham tekshirishni talab qiladi.
Bularning barchasini inobatga olib shunday qulay nazoratni amalga oshirish lozimki bunda budjet tashkilotlarining huquq va vakolatlarini qisqartirmagan holda mahalliy hokimiyat organlarining qonunga zid ravishda asosiz aralashuvlarini bartaraf etuvchi va xarajatlarning samaradorligini yanada oshiruvchi tartib ishlab chiqish kerak.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida davlat bosh islohatchi sifatida cheklangan moliyaviy resurslar yordamida yuzaga kelgan moliyaviy ehtiyojlarni qondirish uchun tasdiqlangan budjet mablag’larining samarali va maqsadli foydalanishini nazorat qilishi lozim.



      1. O'zbekiston Respublikasida budjet mablag’laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari.

Davlat moliyasini isloh qilish dasturi doirasida O'zbekiston Respublikasi hukumati o'z oldiga tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni amalga oshirish bo'yicha keng ko'lamli vazifalarni qo'ymoqda. Bu bir tomondan sezilarli miqdorda moliyaviy resurslarni talab qilsa, ikkinchi tomondan ushbu resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanishning samarali tizimining joriy etilishini nazarda tutadi. Shu nuqtai nazardan budjetdan moliyalashtirish tizimining nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish, bu boradagi qonuniy-huquqiy bazani takomillashtirish, budjet mablag’larini ochiq va oshkora boshqarish mexanizmlarini yaratish har qachongidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng, xo'jalik yuritishning bozor tizimiga o'tilishi, iqtisodiyot bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo'jalik jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan huquqiy asosni yaratishni talab etdi. Bundan tashqari, jahondagi globallashuv jarayonlarida faol qatnashayotgan O'zbekiston uchun davlat boshqaruv institutlarini shakllantirish va tubdan isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
boradagi islohotlar davlat moliyasi, davlat budjeti va budjet jarayonini boshqarish va tartibga solish organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ko'zda tutadi. Shu sababli ular faoliyatini amalga oshirilayotgan iqtisodiy va demokratik islohotlar talablariga moslashtirish, so'nggi ijobiy natijalarni ko'zlagan holda muvofiqlashtirish, shaklan va mazmunan yangi sifat pog'onasiga ko'tarish talab etilmoqda.13
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish yuzasidan, O'zbekiston Respublikasining qonunlari, mamlakat Prezidentining farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan va O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyruqlari, tartiblari, me'yoriy hujjatlari ishlab chiqilgan.
Davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanishning qonuniy-huquqiy va me'yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib o'tish mumkin:

  • “O’zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi” to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi O’RQ 360-son qonuni

  • O'zbekiston Respublikasining “Davlat budjetining g’azna ijrosi to'g’risida”gi qarori №664-II. 26.08.2004

  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi PQ-2270- sonli “O'zbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to'g’risida” gi qarori.

  • O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2009 yil 16 sentyabrda 2007- raqam bilan ro'yxatga olingan “Davlat budjetining g’azna ijrosi qoidalari”

  • O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15- dekabrda 2634-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan “Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag’lari oluvchilarining xarajatlar smetasi va shtat




13 Davlat moliyasini isloh etishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari (20.12.2009). Т.: Humoyun istiqlol mo‘jizasi. 2009. 87-88-bctlar
jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risida” gi nizom .

  • O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 14 martda 1111-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalari to’g’risida” gi O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining buyrug’i

  • Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi “budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish tartibi” to’g’risidagi 414-sonli qarori.

  • "Davlat budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g’risida"gi PQ 594, 28.02.2007

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidantining “O’zbekiton Respublikasi Hisob Palatasi tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni, 2002 yil 4- noyabr

“Budjet tizimi to'g’risida”gi hamda “Davlat budjetining g’azna ijrosi to'grisida”gi O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Budjet Kodeksida o'z aksini topdi.
Budjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014-yil 26-dekabrdan boshlab O'zbekiston Respublikasida amalga kiritilgan yangi Budjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, budjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, budjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. Ushbu Kodeks O'zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag’ jalb qilish va budjet to'g’risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Yangi Budjet Kodeksi budjet jarayonini xalqaro amaliyot tajribalaridan kelib chiqqan holda tartibga solish, budjet amaliyotida mavjud bo'lgan ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, budjet jarayonini tashkil etishdagi me'yorlar, nizomlar va budjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi. Budjet Kodeksining davlat budjeti mablag’laridan samarali foydalanish maqsadida tashkil etilgan g’aznachilik
faoliyati bilan bog’liq alohida qismi davlat budjeti g’azna ijrosini tashkil etish, yuridik va moliyaviy majburiyatlarni ro'yxatga olish, budjetdan mablag’ oluvchilar xarajatlari to'lovini amalga oshirish, davlat xaridlarini tashkil qilish, g’aznachilikning yagona g’azna hisobraqamini yuritish kabi masalalarni tartibga solishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida “asosiy tushunchalar” moddasi (3-modda) mamlakat budjet tizimini tartibga soluvchi me’yoriy- huquqiy hujjatlardagi tushunchalar, shuningdek, “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘zda tutilmagan bir qator yangi asosiy tushunchalar bilan boyitildi. Xususan, budjet jarayoni ishtirokchilari, budjet mablag‘larini taqsimlovchi, budjet sohasidagi vakolatlar, budjet tizimi budjetlari, budjetlararo transfertlar, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, davlat moliyaviy nazorati, davlat xaridlari, subsidiya, tartibga soluvchi daromadlar kabi tushuncha va iboralarga ta’rif berildi. Bundan tashqari, “budjet tashkiloti” va “budjetdan mablag‘ oluvchi” tushunchalariga alohida ta’rif berildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida” gi 414-sonli qarorning chiqarilishi davlat budjeti hisobidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish, budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, budjet mablag’laridan samarali va aniq foydalanish maqsadida qilingan eng muhim islohatlarda biri bo’ldi. Ana shu qarorga asosan 2000-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligida budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy qilindi. Unda quydagilar belgilab olindi:

  • Budjet mablag’laridan tejab, samarali va aniq foydalanish hamda budjet intizomini mustahkamlash uchun budjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish va ularning ma’sulyatini oshirish;

  • budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarni mablag’ bilan ta'minlash mexanizmini soddalashtirish va budjet mablag’laridan foydalanishda

yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqilona taqsimlash uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • budjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyati samaradorligini oshirish va kadrlarning o'rnashib qolishi uchun shart- sharoitlar yaratish.

414-sonli qarorga binoan “Budjet tashkilotlarini xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash)” tartibi to’g’risidagi ilova ham juda muhim ahamiyatga egadir, mazkur tartib quydagilarni nazarda tutadi:

  • ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni, ish haqiga qo'shimchalar, kapital qo'yilmalar va boshqa xarajatlarni guruhlagan holda bir satrda mablag’ bilan ta'minlash usulida budjet tashkilotlarini normativlar bo'yicha (faoliyat turiga ko'ra) budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to'lash)ning yangi tartibini joriy etish, g’azna ijrosiga o'tgan, xarajatlari moddalar bo'yicha amalga oshiriladigan budjet tashkilotlari bundan mustasno;

  • Davlat budjetidan mablag’ oluvchilarning mablag’larni sarflashlari ustidan dastlabki va joriy nazoratni ta'minlash;

  • budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to'lash)ni ularning faoliyat turi bo'yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish faoliyatini kengaytirish bilan birga qo'shib olib borish;

Yangi tartibga asosan budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash normativlar bo’yicha xarajatlarni quyidagi guruhlar bo’yicha mablag’ bilan ta’minlash belgilandi:

  1. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiya va boshqalar)

  2. Ish haqiga qo’shimchalar

  3. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro’yxatlarga muvofiq)

  4. Boshqa xarajatlar

Xarajatlarning I va II guruhiga kiritilgan budjet tashkilotlarining birinchi navbatdagi xarajatlari mablag’ bilan ta’minlanadi. Bunda II guruh xarajatlari tegishli mablag’ o’tkazilmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Xarajatlarning III guruh I budjet tashkilotlari tomonidan respublika investitsiya dasturi joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida mablag’ bilan ta’minlanadi.
Albatta bu qarorning ishlab chiqilishi davlat budjeti mablag’laridan samarali, oqilona foydalanish borasida qilingan katta qadamlardandir. Budjet mablag’larining aniq sarflanish yo’nalishlarini belgilanishi budjet xarajatlarining samaradorligi, aniq maqsadli va manzilli sarflanishini ta’minlandi desak xato bo’lmaydi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat budjeti hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanishni nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Islohotlarning maqsadi budjet siyosatidan davlat budjeti taqchilligini belgilangan me’yordan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, budjet xarajatlarini samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va manzilli bo‘lishini ta’minlashdir.
Budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo‘lmaydi. Bu sharoitida moliyaning o‘zi kabi moliyaning, nazoratning ham maqsad va vaziflari shakllari tubdan o‘zgaradi. Endi u faqat jazolovchi organ sifatida emas, balki davlatning o‘z vazifalarini bajarishi uchun zarur mablag‘larni ta’minlashi, budjet mablag‘laridan maqsadga muvofiq samarali xarajat qilishni nazorat qilish, maslahat berish kabi vazifalarni bajarmoqda. Davlat mablag‘lari hisobiga olingan davlat mol mulkini to‘liq saqlanishini ta’minlashda ham nazorat muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat budjeti mablag’laridan samarali, maqsadli sarflanishini va davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning budjet mablag’laridan to’g’ri foydalanishni
tartibga solib turish va ular ustidan nazorat o’rnatish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi hisob palatasi tashkil etish to'g’risida» farmoni 2002 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.
O'zbekiston Respublikasi hisob palatasining asosiy vazifalari jumlasiga davlat budjeti ijrosi hamda davlat mablag’larining sarflanishi, birinchi nav- batda budjet mablag’larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etish va ta'min- lash, davlat xarajatlarini qisqartirish zahiralarini aniqlash kiradi.
Markazda va joylarda budjet mablag’laridan maqsadli va qonuniy foy- dalanishni tekshiradi,ulardan foydalanishdagi qoidabuzarlik va suiste'molchilik faktlarini aniqlash hamda bunday hollarning oldini olish choralari amalga oshiradi. Mahalliy boshqaruv organlari idoralari va fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlarining joylarga topshirilgan hokimiyat vakolatlarini amalga oshirishlari uchun ularga real moliyaviy resurslar ajratib berish, jamiyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda ularning rolini oshirish vazifasini hal etishdan kelib chiqqan holda, respublika va mahalliy budjetlar o'rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi. Davlat budjeti to'ldirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, budjetning daromad qismi moddalar bo'yicha ijro etilishiga baho berish, belgilangan istiqbol ko'rsatkichlar bajarilmagani haqida o'z vaqtida xabardor qiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki bugunga kelib budjet mablag’laridan samarali foydalanish borasida yurtimizda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda va bir qancha me’yoriy huquqiy baza yaratildi, bu qonunlar albatta budjet mablag’ini bir tiyini ham samarasiz, maqsadsiz ishlatilmasligi va noqonuniy o’zlashtirilishini oldini olish uchun xizmat qilmoqda. Bu borada yaratilgan har bir qonun jahon standartlariga mos tarzda yaratilmoqda.

Yüklə 253,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə