Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot: milliy va xalqaro tajriba



Yüklə 247,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.05.2023
ölçüsü247,25 Kb.
#112121
1   2   3   4
4945-Article Text-9585-1-10-20230128

Mavzuga oid adabiyotlar sharhi 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish va hisobotlarni tuzishning 
oziga xos jihatlarini tashkil etish bo’yicha ko’pgina iqtisodchi olimlar tomonidan 
o’zlarining tadqiqotlarida va xalqaro konferensiyalarida fikr va mulohazalarini 
bildirib o’tganlar. Ular tomonidan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida 
tuzish, hisobini tashkil etish va yuritishning holati yuzasidan o’ziga tegishli davrda 
xususiyatlarini ochib berishgan. 
“Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari (MHXS) - bu amaliyotchi 
buxgalterlarning faoliyatini murakkablashtiradigan ba’zi bir qoidalar to’plami emas, 
balki, mantiqan buxgalteriya hisobi tizimining oddiy tamoyillariga asoslanadi, uning 
maqsadi moliyaviy hisobotlarda korxona faoliyati to’g’risida haqqoniy moliyaviy 
ma’lumotlarni taqdim etishdan iboratdir.”
2
Xususan D. Norbekov I. Ochilovlar “Moliyaviy hisobotni xalqaro standartlari” 
darsliklarida moliyaviy hisobotlarni xalaqaro standartlar asosida tuzish hamda 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha 
chora-tadbirlar to’g’risida”gi 4611-son qarori 2020-yil 24-fevral
2
A. A. Karimov, A. K. Ibragimov, N. K. Rizaev, N. M. Imamova-moliyaviy hisobot standardari / dars-T.: "Moliya", 
2021-310 B.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1064


korxonalar “foyda va zararlar to’g’risida”gi hisobotida yoki unga berilgan izohlarida 
xarajatlarning xarakteri yoki ularning korxona doirasidagi funksiyalariga asoslangan 
xarajatlar tasnifidan foydalangan holda xarajatlar tahlilini keltirishlari lozimligini 
ta’kidlab o’tganlar.
3
Sh.Muzrapova “Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari asosida moliyaviy 
hisobotlarni tuzish tartibi“ nomli maqolalarida O’zbekistonda moliyaviy hisobotning 
xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi, ning amaliyotda 
qo’llanishi,moliyaviy hisobotlarga o’tishdagi muammolar va ularni bartaraf etish 
yo’llari ko’rsatib o’tilgan.
4
Tahlil va natijalar 
Hozirgi vaqtda aktsionerlar va bashqa foydalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan 
moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o’tib borayotgan, ayrim hollarda 
bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik printsiplari va qoidalari 
ishlatilmoqda. Shunday qilib buxgalterlik hisobotlarida taqqoslanuvchanlik 
yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan 
foydalanadigan investitsion tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil 
qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo’shimcha 
xarajatlar qilishiga to’g’ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga 
duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog’liq holda kapitalning jahon 
bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash 
bo’yicha yuqori sarf-xarajatlarni o’z zimmalariga olishlariga to’g’ri keladi. Eng 
asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko’rsatilishi oqibatida 
buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo’qoladi
 
Moliyaviy holat va undagi o’zgarishlarni tahlil etishdagi o’xshash jihatlarni 
buxgalteriya hisobining muhim tamoyili bo’lgan mazmunning shakldan ustunligi 
tamoyili bilan izohlash mumkin. Rivojlangan mamlakatlar moliyaviy hisobotlari 
bilan O’zbekistondagi xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuziladigan 
moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning nomlanishi yuzasidan judda katta farq 
kuzatilmaydi. Bu jihatdan xalqaro va O’zbekistonda tuziladigan va taqdim etiladigan 
moliyaviy hisotlarning qiyosiy tahlilni berib o’tamiz. 
Moliyaviy hisobotlarga qo’yiladigan talablar “Moliyaviy hisobotlarni taqdim 
qilish” nomli 1-son moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)da keltirib 
o’tilgan. Xalqaro standartlarga qaraydigan bo’lsak, tashkilot hisobotni buxgalteriya 
hisoboti emas, moliyaviy hisobot deb nomlanadi. 1-son MHXSga muvofiq daromad 
va xarajatlarni aks ettirishning ikki yo’li mavjud: ulardan birinchisi yalpi daromad 
to’g’risidagi hisobotda; ikkinchisi ikkita hisobot orqali – foyda va zararlarning 
3
Norbekov D.E. Ochilov I.K. “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” O’quv-uslubiy majmua. – Toshkent:,2019. 
– 416 b. 
4
Sh.Muzrapova “Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish tartibi“ “Tafakkur 
manzili” may2022 ISSN:2180-2160 www.reandpub.com
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1065


kompanentlarini aks ettiruvchi hisobot (foyda va zararlar to’g’risidagi hisobot) hamda 
foyda va zararlardan boshlanib, boshqa daromadlar komponentlarini aks ettiruvchi 
hisobot (yalpi daromad to’g’risidagi hisobot) tuziladi.
1-son MHXS ga muvofiq foyda yoki zarar umumiy daromaddan boshqa yalpi 
daromadlar komponentlarini inobatga olmagan holda xarajatlar ayirmasini o’zida 
ifoda etadi. Jami yalpi daromad - hisobot davrida moliyaviy natijalar natijalar 
tarkibida hisobga olingan xususiy kapitaldagi o’zgarishlar (mulkdorlar bilan bo’g’liq 
operatsiyalar inobatga olinmagan holda), shuningdek kapital (daromad va xarajatlar 
tarkibida aks etmagan) tarkibida tan olingan o’zgarishlar yig’indisidir.
Mulkdorlar bilan bog’liq operatsiyalar inobatga olinmagan holdagi kapitaldagi 
o’zgarishlar 1-son MHXS ga muvofiq boshqa yalpi daromadlar deyiladi. Foyda va 
zararlar deyilganda tashkilotning hisobot davridagi moliyaviy natijasi tushuniladi. 
1-jadval 
Moliyaviy hisobotlarning MHXS va BHMS asosida nomlanishining qiyosiy tahlili
5
MHXS 
BHMS 
Moliyaviy holat to’g’risidagi hisobot 
Buxgalteriya balansi 
Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromadlar 
to’g’risidagi hisobot 
Moliyaviy natijalar tog’risidagi hisobot 
Kapitaldagi o’zgarishi to’g’risidagi hisobot 
Xususiy kapital to’g’risidagi hisobot 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot 
Hisob siyosati va tushuntirishlar 
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar 
1-son MHXSga muvofiq boshqa yalpi daromadlarga quyidagilar kiradi
6


“Asosiy vositalar” nomli 16-son MHXS va “Nomoddiy aktivlar nomli 38-son 
MHXS muvofiq qayta baholash natijalari: 

“Moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish” nomli 1-son MHXSga muvofiq pensiya 
to’lovlari bo’yicha aktuar foyda va zararlar; 

“Valyuta kursi o’zgarishlarining ta’siri” nomli 21-son MHXSga muvofiq 
xorijdagi faoliyat bo’yicha moliyaviy hisobot moddalarini qayta hisob-kitob qilish 
natijasida yuzaga kelgan foyda va zararlar; 

“Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash” nomli 39-MHXSga muvofiq 
qayta sotish uchun mavjud bo’lgan moliyaviy aktivlarni qayta baholash natijasida 
yuzaga kelgan foyda va zararlar; 

Pul oqimlarini xedjirlash natijasida xedjirlash vositasi bo’yicha foyda va 
zararlar.
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi amaliyotiga e’tibor beradigan 
bo’lsak, hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002-yil 7-
fevraldagi 31-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllarini 
to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalar”ga binoan faqatgini “Moliyaviy natijalar 
5
Mualliflar tomonidan tayyorlangan.
6
Ismanov, I. N., & Axmadaliev, B. (2021). Factors Influencing The Formation Of International Budget Accounting 
Systems. The American Journal of Management and Economics Innovations, 3(09), 21-30.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1066


to’g’risidagi hisobot” tuziladi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ko’ra 
“Yalpi daromad to’g’risidagi hisobot’ni tuzish belgilab qo’yilgan bo’lsada, ammo 
uning aniq shakli keltirilmagan. Korxona ushbu hisobotni mustaqil ravishda tuzishlari 
keltirilgan. Mazkur hisobotda ko’rsatiladigan minimum talablar quyidagilardir: 
-
Tushum; 
-
Moliyalashtirish bo’yicha xarajatlar; 
-
Uyushgan korxonalar yoki hamkor korxonalar foydasi va zararidan 
tashkilotning ulushi; 
-
Soliq bo’yicha xarajatlar; 
-
To’xtatilgan faoliyatda soliq tolanganda keying foyda va zarar; 
-
Umumiy yalpi daromad va boshqalar. 
Quyidagi 2-jadvalda “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” bilan moliyaviy 
hisobotning xalqaro standartlari asosida tuziladigan hisobotni taqqoslama 
ma’lumotlari keltirilgan. 
Ushbu jadvaldan ko’rinib turibdiki, MHXS va BHMS asosida tuzilgan “Yalpi 
daromad to’g’risidagi hisobot” va “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” 
moddalari bir-biriga to’liq to’g’ri kelmaydi. Masalan, “Moliyaviy natijalar 
to’g’risidagi hisobot”da aks etgan sotilgan mahsulotning tannarxi, sotish xarajatlari
boshqaruv xarjatlari moddalari MHXS ga ko’ra moliyalashtirish xarajatlari deb 
keltirilgan. MHXSda xarajatlarni ularning xarakteri va tayinlanishiga ko’ra aks 
ettirilishi belgilangan bo’lsada, ammo “Yalpi daromad to’g’risidagi hisobot”da 
xarajatlar bo’yicha toifalar ko’rsatilmagan. 
2-jadval 
MHXS asosida tuziladigan “Yalpi daromad to’g’risidagi hisobot” va BHMS asosida 
tuziladigan “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” moddalarining qiyosiy tahlili
7
7
Mualliflar tomonidan tayyorlangan.
1-son MHXS tavsiyasi 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 
yil 7 fevraldagi 31-son buyrug’i 
Tushum 
Mahsulot sotishdan sof tushum 
Moliyalashtirish bo’yicha xarajatlar 
Sotilgan mahsulot (Tovar,ish va xizmat) larning 
tannarxi, Sotish xarajatlari, Ma’muriy xarajatlar, 
Boshqa operatsion xarajatlar, Kelgusida soliqqa 
tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri 
xarajatlari 
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 
Asosiy faoliyatning foydasi (zarari) 
Soliq bo’yicha xarajatlar 
Foyda solig’i 
Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar 
Soliq to’langanga qadar foyda 
Sotish xarajatlari, aktivlarning chiqib ketishi yoki joriy 
qiymat bo’yicha baholash natijasida to’xtatilgan 
faoliyat bo’yicha soliq to’langandan keyin qoladigan 
foyda va zarar 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848 (SJIF)
January 2023 / Volume 4 Issue 1
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1067


MHXS va BHMS asosida tuziladigan hisobotning asosiy farqli jihati, “Ulushli 
qatnashish hisobi usuli bo’yicha boshqa yalpi daromadda uyushgan yoki hamkor 
tashkilotlarning ulushi” va “Nazorat qilinmaydigan ukushli qatnashish va bosh 
kompaniya ta’sischilariga taaluqli foyda yoki zarar va jami yalpi daromad” moddalari 
milliy amaliyotda mavjud emas. Bu esa tashkilot konsolidatsilangan emas, balki 
oddiy hisobotni shakllantirishga olib keladi. 
Xalqaro standart talablariga muvofiq tuzilgan hisobotlarda xarajatlarni ikki 
shaklda tasniflash tavsiya etiladi: xarajatlar xarakteri va maqsadi bo’yicha. Xarajatlar 
tabiatiga ko’ra amortizatsiya, ish haqi, transport xarajatlari va boshqa xarajatlarga 
bo’linadi. Maqsadlari bo’yicha xarajatlar o’z vazifalariga ko’ra tasniflanadi va 
tannarxga, ma’muriy xarajatlarga, sotish xarajatlariga va boshqalarga bo’linadi. 
Milliy standartda ular faqat mo’ljallangan maqsadlar uchun tasniflanadi. 
Xalqaro standart talablariga muvofiq hisobotlarni tuzishda taklif etilayotgan 2ta 
muhim yondashuvlar mavjud bo’lib bular: 
- xalqaro standart talablariga muvofiq, xarajatlar turlari bo’yicha moliyaviy 
natijalarga aniqlik kiritish uchun xarajatlarning maqsadli foydalanganligi to’g’risidagi 
qo’shimcha ma’lumotlar oshkor etilishi; 
- analitik ishlarda biznes jarayonlarini strategik boshqarish uchun prognozlashga 
ahamiyat qaratishning lozimligi. 

Yüklə 247,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə