Тошкент Молия институти Ҳисоб-иқтисод факультети 4-курс гуруҳ талабаси Ражабов Қаҳрамоннинг “Халқаро аудиторлик стандартлари ва Ўзбекистон Республикаси иқтисодида уларни тадбиқ қилиш истиқболлари” мавзусидаги битирув малакавий ишга



Yüklə 49 Kb.
tarix28.04.2023
ölçüsü49 Kb.
#107317
Eshonqulov Taqriz


Toshkent Moliya Instituti “Magistratura va kechki ta’lim bo‘limi” BX-3 guruh talabasi Eshonqulov Botir “O'zbekistonda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishning metodologik asoslari” mavzusidagi magistirlik dissertatsiya ishiga
T A Q R I Z
Har bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘z faoliyati to‘g‘risida tashqi axborot oluvchilarga albatta moliyaviy hisoboti orqali ma’lumot beradi. Buxgalteriya hisobi o‘z vazifalarini hal qilish uchun moliyaviy hisobot tuzadi. Ushbu hisobotga ko‘ra yuz bergan operatsiyalar va boshqa hodisalar sodir bo‘lgan vaqtida qayd qilinadi (pul yoki uning ekvivalenti olinganda yoki to‘langanda emas) va ular haqiqatda yuz bergan davrdagi buxgalteriya yozuvlarida qayd qilinadi. Ushbu holat davrga oid moliyaviy hisobotda o‘z aksini topadi. Bu asosda yozuvlarning amalga oshirilishi foydalanuvchilarga pul mablag‘larini to‘lash va olish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tgan hodisalar to‘g‘risidagi axborotlarni berish bilan bir qatorda kelgusida to‘lanishi shart bo‘lgan majburiyatlar va jo‘natilgan resurslar bo‘yicha olinishi talab qilinadigan pul mablag‘lari bo‘yicha ham axborotlar olish imkonini beradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, sifatli mahsulotlar asosida korxona obruyini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomini savdo markalari darajasiga ko‘tarish, nou-xaularni amaliyotga joriy etish, natijalarni patentlashtirish, bozordagi iqtisodiy ustunliklarga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalar bilan franchayzing asosida hamkorlik yuritish, xalqaro virtual bozorlarda nomga ega bo‘lish davr talabiga aylanmoqda.
Shu munosabat bilan talabgor Eshonqulov Botir “O'zbekistonda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishning metodologik asoslari” mavzusidagi magistirlik dissertasiyasini dolzarb mavzuda va o‘z vaqtida bajarilganligini qayd etib o‘tmoq lozim.
Magistirlik dissertatsiya ishini tarkibiy tuzilishiga ko‘ra kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Magistirlik dissertatsiya ishining birinchi bobi “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari” deb nomlangan.
Ushbu bobda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishning asosiy tamoyillari va qoidalar yoritib berilgan.
Magistirlik dissertatsiya ishining ikkinchi “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning amaliy jihatlari” deb nomlanib, unda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning ob’ektlari, sub’ektlari va uslubiy jihatlari hamda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning tarkibi, uni tuzish bosqichlari va tartibi xaqida ilmiy va amaliy tadqiqot masalalari keltirib o‘tilgan.
Magistirlik dissertatsiya ishining uchinchi bobi “Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishni takomillashtirish” deb nomlanib, ushbu bobda sho’ba korxonalarda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning xususiyatlari va konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tarkibida beriladigan boshqa zaruriy axborotlart to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tilgan.
Xulosa qismida Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning nazariy mohiyati ochib berilgan va buxgalteriya hisobi va iqtisodiy axborot tizimidagi hamda o’zaro bog’langan tashkilotlar bosh va sho’ba korxonalar guruhini boshqarish tizimidagi roli va o’rni haqida umumiy ma’lumotlar jamlangan.
Buxgalteriya hisobi va hisobotining zamonaviy holati tanqidiy tadqiq qilingan, shu jumladan tadqiq etilayotgan sohadagi mamlakatimiz va xorijiy, ayniqsa hozirgi paytda buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga ega ko’plab ilmiy asarlar va me’yoriy hujjatlar ko’rib chiqilgan.
Xulosa qilganimizda talabgor Eshonqulov Botirning “O'zbekistonda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishning metodologik asoslari” mavzusidagi Magistirlik dissertatsiya ishining yoritilish tartibi, mazmuni va ilmiy saviyasi jihatidan Yakuniy Davlat Attestatsiya Komissiyasi talablariga javob beradi va himoya qilish uchun tavsiya etiladi.

TMI “Buxgalteriya hisobi”
kafedrasi dotsenti ______________ Z.Paradyeva
Yüklə 49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə