15
yutuqlar asosida yangilash hamda almashtirish tushuniladi. Modernizatsiya qilishning
asosiy maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish, uning texnik-iqtisodiy darajasini
ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida yuksaltirish;
harakatdagi eski ishlab chiqarish ob’ektlarini yangilash va shu asosda ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish;
ishlab chiqarish quvvatlari
unumdorligini oshirish, texnik va texnologik
liniyalarda ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini keskin oshirish;
Modernizatsiya qilish ishlari loyihadagi
barcha ishlar tugatilgach, pudratchi
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida
ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi.
Ushbu hujjat imzolangan va
tasdiqlangandan so‘ng modernizatsiya qilish ishlari pudratchi tashkilot uchun
bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi
Obodonlashtirish
deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga
ularda foydalanishda bo‘lgan er maydonchalarining ko‘rinishini
yaxshilash, er osti
o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish
joylarini tashkil qilish, er
maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi ishlar
tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari
loyihadagi barcha ishlar
tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan
xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi.
Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari pudratchi
tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: