1.2 Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va
me’yoriy-huquqiy asoslari
Qurilish tashkilotlari o‘z faoliyatini xo‘jalik hisob-kitobi asosida yurituvchi,
ya’ni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlovchi, olgan daromadlari evaziga barcha
xarajatlarini qoplovchi va pirovard natijada foyda oluvchi korxonalar sifatida
buxgalteriya hisobining muhim sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari
xo‘jalik faoliyatining turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayon va muomalalar, erishilgan
moliyaviy natijalar, shuningdek xo‘jalik faoliyatini olib borilishini ta’minlovchi
aktivlar, bu aktivlarni tashkil topish manbalari buxgalteriya hisobi ob’ektlarini tashkil
etadi. Bu ob’ektlarni kuzatish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat va tahlil qilish
hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yig‘ish, qayd etish,
guruhlash, jamlash va foydalanuvchilarga etkazib berish buxgalteriya hisobining
19
asosiy maqsadlari bo‘lib hisoblanadi.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari bevosita ular
tomonidan bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, jihozlarni o‘rnatish, kengaytirish,
rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlarining o‘ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ushbu ishlarni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq
olib borilganligi va bunda belgilangan me’yor va tartiblarga amal qilingan-ligini
nazorat qilish, qurilish ishlariga ketgan sarf-xarajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida
hujjatlashtirish, ular asosida qurilish jarayonlari sintetik va analitik hisobini yuritish,
tugallanmagan qurilish ishlari qiymatini to‘g‘ri aniqlash, tugallangan ishlar qiymatini
aniq baholash va kalkulyasiya qilish, ularni hisobot davri daromadlariga hisoblash
tamoyiliga asosan kiritish, o‘zaro hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshishini
ta’minlash buxgalteriya hisobi oldida turgan eng muhim vazifalardir.
Qurilish ishlarining xususiyatlari qurilish tashkilotlarida ularning mulki hamda
bu mulkni tashkil qilish manbalari hisobi oldiga ham muhim vazifalarni qo‘yadi.
CHunonchi, asosiy vositalar hisobi va hisobot tizimi ushbu aktivlar tarkibidagi
qimmat turadigan maxsus texnika turli mexanik va elektr jihozlar, yuk tashish
mashinalari, maxsus bino va inshoatlarning holati va harakati, ularning ish faoliyati,
amortizatsiyalanishi va boshqa jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni berishi
lozim.
Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi tegishli qurilish
materiallarining qurilish maydonchalariga o‘z vaqtida kelib tushishiga, ular bo‘yicha
tasdiqlangan limitning mavjudligi, butligi va sifatiga bevosita bog‘liqdir. Bundan
tashqari kelib tushayotgan material-lar qiymatini (tannarxini) to‘g‘ri baholash, ular
hisobini baholashning u yoki bu usulda yuritilishi qurilish ishlarining tannarxiga,
ularni bajarishdan olinadigan daromadlar va to‘lanadigan soliqlarga, qurilish
tashkilotining sof foydasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi qurilish
tashkilotlarida materiallar hisobi oldiga ular qiymatini to‘g‘ri baholash, materiallar
holati va harakati ustidan usliksiz nazoratni olib borish, ular kirimi va chiqimiga doir
hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ushbu boyliklar ombor va
buxgalteriya hisobi registrlarini belgilangan tartibda yuritishdek muhim vazifani
20
qo‘yadi.
Qurilish ishlari hajmi va qiymatiga ko‘ra katta miqdorda mablag‘ talab
qiladigan faoliyat hisoblanadi. SHu bois ham qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli
bajarilishi ularni moliyalashtirilish manbalarining mavjudligiga bevosita bog‘liqdir.
Qurilish ishlari, odatda, buyurtmachidan olingan oldindan to‘lov va keyingi to‘lovlar,
shuningdek pudratchi tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki ular tomonidan olingan bank
kreditlari evaziga amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini moliyalashtirilishining ushbu
xususiyatlari pudratchi tashkilotlarda pul mablag‘larini maxsus schyotlarda
akkumulyasiya qilishni (to‘plashni), ulardan oqilona foydalanishni, oldindan to‘lov va
keyingi to‘lov summalarini buyurtmachilardan o‘z vaqtida kelib tushishini, bank
kreditlari va boshqa qarz mablag‘larni olish va qaytarish muomalalarini usliksiz
nazorat qilishni, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirishni, pul mablag‘lari,
debitorlik va kreditorlik qarzlar hisobini belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda olib
borishni taqozo qiladi.
Qurilish ishlari boshqa ishlardan farqli o‘laroq kollektiv mehnatga tayanadi,
ya’ni ularni olib borishda mehnatni tashkil qilishning brigada shakli keng qo‘llaniladi.
Mos ravishda bajarilgan ish va xizmatlarga haq to‘lashda ham mehnatning brigada
shakli asos qilib olinadi. Qurilish ishlarining yaxlit brigada a’zolari tomonidan
bajarilishi jami hisoblangan ish haqini, unga qo‘shimchalarni brigada a’zolari
o‘rtasida ularning mehnatdagi haqiqiy ishtirokiga mos tarzda to‘g‘ri taqsimlab chiqish
va hisobini yuritish vazifasini qo‘yadi.
Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida qurilish tashkilotlari, ularning ta’sischilari,
investorlari va boshqa ishtirokchilarining pirovard maqsadi bo‘lib foyda olish
hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari hisob tizimi foyda ko‘rsatkichlarini milliy pul
birligida real aniqlash imkonini berishi va aks ettirishi lozim.
Qurilish tashkilotlaridagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti
talablariga javob berishiga, ob’ektiv, hammaga tushunarli bo‘lishida
amaldagi me’yoriy bazaga bog‘liq. O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi va
hisobotining tashkiliy – uslubiy asosini 2016 yilda qabul qilingan «Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
21
tomonidan 1999 yil 5 fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom», Buxgalteriya hisobining Milliy
standartilari hamda karxonaning hisob siyosati tashkil etadi. Buxgalteriya
hisobining Milliy standarti № 21 - sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy
- xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha
yo‘riqnoma» 2004 yilning 1 yanvaridan amalga tadbiq etildi. Bu me’yoriy hujjatlar
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy
qoidalarini belgilaydi, shuningdek kimning qaramog‘ida bo‘lishi, mulk shakllari
hamda faoliyat turlaridan qat’iy nazar barcha qurilish tashkilotlari va tashkilotlarga
ham tegishlidir.
SHu bilan birga qurilish tashkilotlari bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib,
xo‘jalik yuritishning tashkiliy - huquqiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat
xarakrediterlari, xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda
buxgalteriya hisobi hamda nazoratni tashkil etish usullarini o‘zlari mustaqil
belgilash huhuqiga ega. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekiston
Respublikasi hududida ham undan tashqarida joylashgan barcha O‘zbekiston
Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan davlat tashkilotlari va boshqarmalari, yuridik
shaxslar, ularning sho‘‘ba tashkilotlarilari, filiallari, vaqilliklari va boshqa tashkiliy
bo‘linmalari buxgalteriya hisobining sub’ektlari ekanligini belgilaydi.
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z
vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan
ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Bu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun
buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak:
♦ buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlar holati va harakati, mulkiy hukuq
va majburiyatlar holati to‘g‘risida to‘liq, ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish;
♦samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
♦ moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish.
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ma’lum qoidalar va tamoyillar
22
bo‘yicha yuritiladi. Tamoyil va qoidalarning shunday majmuini o‘rnatish kerakki,
uni amalda qo‘llash hisob yuritishining maksimal samarasini ta’minlasin. Bunda
samara deb moliyaviy va boshqaruv axborotlarni o‘z vaqtida shakllantirish keng
doiradagi foydalanuvchilar uchun ishonchliligi, ravonligi va foydaliligini
ta’minlash tushuniladi.
Nazariy jihatdan qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish
qoidalarini o‘rnatishga uch xil yondoshish mavjud:
- Markazlashtirilgan - bunda buxgalteriya hisobini yuritish yagona
markazdan boshqariladi;
- Markazlashtirilmagan - har bir xo‘jalik sub’ekti uchun buxgalteriya hisobi
qoidalarini individuallashtirish. Bu xil yondoshish hisob ishlarini faoliyat
xarakrediteriga aynan mos kelishini ta’minlagani bilan bu bozor iqtisodiyoti
sharoitida to‘g‘ri kelmaydi;
- Aralash - bu birinchi va ikkinchi yondoshishni oqilona birlashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: |