Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

Modernizatsiya 
qilish
deganda 
pudrat 
shartnomasiga 
ko‘ra 
buyurtmachilarning xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi 
ob’ektlarini, texnika va texnologik liniyalarini eng zamonaviy ilmiy va texnik 


15 
yutuqlar asosida yangilash hamda almashtirish tushuniladi. Modernizatsiya qilishning 
asosiy maqsadi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish, uning texnik-iqtisodiy darajasini 
ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida yuksaltirish; 

harakatdagi eski ishlab chiqarish ob’ektlarini yangilash va shu asosda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish; 

ishlab chiqarish quvvatlari unumdorligini oshirish, texnik va texnologik 
liniyalarda ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligini keskin oshirish; 
Modernizatsiya qilish ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi 
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida 
ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va 
tasdiqlangandan so‘ng modernizatsiya qilish ishlari pudratchi tashkilot uchun 
bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi 
Obodonlashtirish 
deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga 
ularda foydalanishda bo‘lgan er maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, er osti 
o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, er 
maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi ishlar 
tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar 
tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan 
xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. 
Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari pudratchi 
tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə