Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

Ta’mirlash
ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga 
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ob’ektlarni texnik-ishlab 
chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini 
saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushiniladi. Bu ishlar, odatda, buyurtmachilar 
bino va inshoatlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, ta’mirlash ishlari 
buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof muhit muhofazani yaxshilashga imkon 
beradi. Ta’mirlash ishlari boshqa ishlar singari shartnoma nazarda tutilgan barcha 
ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan 


16 
xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. 
Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng ta’mirlash ishlari pudratchi 
tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. 
SHunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo‘jaligining barcha 
tarmoqlari uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi juda ham turli-tumandir. 
Ularning asosiylariga
3
quyidagilar kiradi: 

qurilish titul ro‘yxatiga kiritilgan bino va inshootlarni qurishga doir barcha 
ishlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan temir-beton metalllar, yog‘och va boshqa qurilish 
konstruksiyalarini o‘rnatish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun kran 
osti yo‘llari qurish va buzish ishlari; 

gaz, suv, elektr energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash 
ta’minotiga doir ishlar; 

neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari kabellarini 
yotqizish va o‘tkazish ishlari;

ko‘prik, yo‘l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tqazish ishlari; 

sanitariya-gigiena texnikasi va jihozlarini o‘rnatish ishlari; 

bino, inshoat va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini 
o‘rnatish, qozon pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;

qurish uchun er maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni 
kesish va olib tashlash, kovlash, erni quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishga 
etkazish ishlari; 

shahar va qishloq joylari xududlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda 
obodonlashtirishga doir qurilish ishlari; 

suv chiqarish, ularni oqish quvurlarini o‘rnatish ishlari; 

eroziya, sel ko‘chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish 
inshootlarini qurish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;

qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi 
boshqa geologik va gidrogeologik ishlar. 
3
Izoh:
qurilish ishlarining to’liq ro’yhati qurilish normalari va tartibiga oid hujjatlar, shuningdek qurilishga 
oid maxsus adabiyotlarda keltirilgan.


17 
Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ularning 
xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalash-tirilmaydigan turlarga 
bo‘linadi. Masalan, mudofaa ob’ektlarini, ko‘prik va tonnellarni, magistral gaz 
quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklarda joylashgan 
ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va ta’mirlash ishlari litsenziyalashtiriladigan 
faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya faqat 
maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus loyihalashtirishni talab qilmaydigan va 
litsenziya olish lozim bo‘lmagan qurilish, qurilish-montaj, obodonlashtirish, 
kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash 
ishlari bilan barcha turdagi qurilish tashkilotlari shug‘ullanishlari mumkin. 
Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida qurilish ishlariga doir pudrat 
shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng tarqalgan. 
CHunonchi, davlat byudjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan 
qurilish ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va 
boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus «YAgona buyurtmachi 
xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga 
oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va tashkiliy-huquqiy turdagi 
qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar. Buning uchun ular injiniring 
kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni 
kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim etishlari lozim. Tanlov savdosida 
qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «YAgona buyurtmachi xizmati» injiniring 
kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi talablarga mos kelishlari lozim: 

ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va 
mutaxassislarga ega bo‘lishlari; 

tanlovga qo‘yilgan ob’ektga o‘xshash inshoatlarda ishlash tajribasi va 
ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari; 

shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va 
vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari; 

tanlovga qo‘yilgan ob’ekt qurilishini olib borish uchun markazlashtiriladigan 


18 
mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari; 

byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo‘lmasligi; 

joriy majmuriyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar. 
«YAgona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov 
savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari 
qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda 
tasdiqlangan titul ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi. 
Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring 
kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o‘zlarining 
subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va 
subpudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida 
belgilanadi. 
Quriladigan ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna, material 
va buyumlarni etkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va boshqalar) tuzilgan 
pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu hujjatlarga 
amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlarni bekamu-ko‘st bajarilishini ta’minlash 
buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita majburiyatlari hisoblanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə