Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

Bosh pudratchi tashkilot
– bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va 
boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning 
bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot
– bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib 
berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini bosh 
pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot. 
Tanlagan soliq rejimiga ko‘ra
qurilish tashkilotlari umumbelgilangan va 
ixchamlashtirilgan 
soliq 
rejimlarida 
ishlovchi 
korxonalarga 
bo‘linadi. 
Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik 
korxonalar hisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq to‘lovlari 
rejimida ishlari mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda, 


12 
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. 
Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me’yoriy-huquqiy 
hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. Asosiy 
faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj ishlari, jihozlarni 
o‘rnatish, rekonstruksiya, kengaytirish, modernizatsiya qilish, obodonlashtirish
kapital va joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek o‘z maqsadlarida foydalanish va sotish 
uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari va moslamalarini ishlab chiqish va shu kabi 
boshqa ishlar kiradi. Asosiy bo‘lmagan faoliyatga qurilish tashkilotlarining moliyaviy, 
investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi.
Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega.
Qurilish ishlari 
deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq 
jarayonlar majmuasi tushuniladi. YAngi bino va inshoatlarni yaratilishi o‘z ichiga 
loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi 
jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil topadi va 
o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi.
Qurilishning 
loyihalashtirish
jarayonida yangi bino va inshoatlarni qurishning 
texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari o‘rganiladi, 
ularning aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda, 
maxsus loyihalashtirish tashkilotlari (institutlar) tomonidan buyurtmachi bilan 
tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan 
ob’ekt joylashgan xududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi 
lozim. SHu bois ham yangi ob’ektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
«Davarxitektqurilish» 
qo‘mitasining 
joylardagi 
boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. 
Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan ob’ektning barcha 
texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. 
Qurish smetasida ob’ektni qurish bilan bog‘liq barcha ishlarning hajmi, ularning 
belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. Loyiha 
qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini 


13 
belgilashga asos bo‘ladi. 
Qurishga tayyorgarlik va uning ta’minot jarayoni
buyurtmachi va pudratchi 
tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni bajarish 
bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini topadi. 
Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘lgan 
materiallarni pudratchiga etkazib berish, oldindan to‘lov summasining kelishilgan 
qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo‘lmagan qismini) quruvchi 
tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi tashkilot qurish 
uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga etkazish, ularni qurish 
ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. 
Ob’ektni qurish jarayoni
qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni 
bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga 
oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga 
hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) 
hisoblanadi.
Qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish
qurilishning yakuniy jarayonidir. 
Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus 
komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan 
xarajatlar) 
qiymati 
to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan 
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan ob’ekt 
pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi. 
Qurilish ishlari o‘z ichiga montaj ishlarini ham oladi. SHu bois ushbu ishlar 
qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə