Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

60000
-Qurilish; 

61000
-Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa
 
ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar; 

62000
-Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital
ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar; 

63000
- Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni
 
ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini
ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar; 

65000
- Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar; 

66000
- Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari; 

69000
- Qurilish xo‘jalik boshqarmalari
 
Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari 
bo‘yicha tasniflash mumkin.
Mulkiy shakli va yuridik maqomiga
ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq 
aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy 
korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin. Ushbu 
maqomdagi qurilish tashkilotlarini tuzish va ular faoliyatini yuritish respublikamizda 
bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘risidagi qonunlar va qonun osti 
hujjatlari, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari asosida amalga 
oshiriladi. 
Nomlanishiga ko‘ra
ham qurilish tashkilotlari turlichadir. CHunonchi, ularning 
eng keng tarqalgan nomi bo‘lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna 
(XMK–PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bundayin nomni berilishi negizida 
ularning qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini bevosita 
buyurtma berilgan joylarda maxsus xarakatlanuvchi texnik vositalar, mashina va 
mexanizlar yordamida amalga oshirishlari yotadi. Bundan tashqari qurilish tarmog‘ida 
xususiy qurilish firmasi, sho‘‘ba qurilish korxonasi, qurilish kompaniyasi, qurilish 
tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham mavjud. 
Faoliyat yuritish doirasiga ko‘ra
qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo 


11 
qurilish tashkilotlariga bo‘linadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining 
alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar.
Ixtisoslashganligiga ko‘ra
qurilish tashkilotlari maxsus va universal tashkilotlar 
bo‘lib hisoblanadi. Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, 
yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari 
mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal 
tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. 
Xodimlarining soniga ko‘ra
qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik 
korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun 
hujjatlariga ko‘ra qurilish tarmog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20 
tagacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 tagacha bo‘lgan korxonalar 
hisoblanadi. 
Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra
qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar 
ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000 
AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va 
xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi. 
Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra
qurilish tashkilotlari bosh 
pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə