Moliyaviy tahlil


Jihozlarni o‘rnatish ishlari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

Jihozlarni o‘rnatish ishlari
deganda jihozlar, uskunalar va boshqa 
konstruksiyalarni yig‘ish, o‘rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar 
majmuasi tushuniladi. CHunonchi, bino va inshoatlarni qurishda bajariladigan 
jihozlarni o‘rnatish ishlari tarkibiga ko‘tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator va 
boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-
gigiena texnikasi qurilmalarini o‘rnatish, yig‘ish, o‘tkazish, izolatsiya qilish va shu 
kabi boshqa ishlar kiritiladi. 


14 
Kengaytirish
deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi bino va inshoatlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, 
asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab 
chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog‘liq ishlar tushuniladi. 
Kengaytirish ishlariga shuningdek buyurtmachilar uzoq muddatli aktivlari tarkibiga 
kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish 
bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari 
loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan 
ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» 
asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng 
kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb 
hisoblanadi.
Rekonstruksiya
deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning 
xarakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki xolatini 
kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi. Rekonstruksiyadan asosiy 
maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 

ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini 
ilmiy-texnika progressi yutuqlari asosida ko‘tarish; 

harakatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirish; 

ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat 
unumdorligini oshirish; 

texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish. 
Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi 
tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan xarajatlar) qiymati to‘g‘risida 
ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va 
tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan 
(sotilgan) ish deb hisoblanadi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə