Moliyaviy tahlil


 Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

 
1.2 Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va 
me’yoriy-huquqiy asoslari 
Qurilish tashkilotlari o‘z faoliyatini xo‘jalik hisob-kitobi asosida yurituvchi
ya’ni o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlovchi, olgan daromadlari evaziga barcha 
xarajatlarini qoplovchi va pirovard natijada foyda oluvchi korxonalar sifatida 
buxgalteriya hisobining muhim sub’ektlari bo‘lib hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari 
xo‘jalik faoliyatining turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayon va muomalalar, erishilgan 
moliyaviy natijalar, shuningdek xo‘jalik faoliyatini olib borilishini ta’minlovchi 
aktivlar, bu aktivlarni tashkil topish manbalari buxgalteriya hisobi ob’ektlarini tashkil 
etadi. Bu ob’ektlarni kuzatish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni nazorat va tahlil qilish 
hamda tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida yig‘ish, qayd etish, 
guruhlash, jamlash va foydalanuvchilarga etkazib berish buxgalteriya hisobining 


19 
asosiy maqsadlari bo‘lib hisoblanadi. 
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari bevosita ular 
tomonidan bajariladigan qurilish, qurilish-montaj, jihozlarni o‘rnatish, kengaytirish, 
rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlarining o‘ziga 
xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ushbu ishlarni loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq 
olib borilganligi va bunda belgilangan me’yor va tartiblarga amal qilingan-ligini 
nazorat qilish, qurilish ishlariga ketgan sarf-xarajatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
hujjatlashtirish, ular asosida qurilish jarayonlari sintetik va analitik hisobini yuritish
tugallanmagan qurilish ishlari qiymatini to‘g‘ri aniqlash, tugallangan ishlar qiymatini 
aniq baholash va kalkulyasiya qilish, ularni hisobot davri daromadlariga hisoblash 
tamoyiliga asosan kiritish, o‘zaro hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshishini 
ta’minlash buxgalteriya hisobi oldida turgan eng muhim vazifalardir. 
Qurilish ishlarining xususiyatlari qurilish tashkilotlarida ularning mulki hamda 
bu mulkni tashkil qilish manbalari hisobi oldiga ham muhim vazifalarni qo‘yadi. 
CHunonchi, asosiy vositalar hisobi va hisobot tizimi ushbu aktivlar tarkibidagi 
qimmat turadigan maxsus texnika turli mexanik va elektr jihozlar, yuk tashish 
mashinalari, maxsus bino va inshoatlarning holati va harakati, ularning ish faoliyati, 
amortizatsiyalanishi va boshqa jihatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni berishi 
lozim.
Qurilish ishlarining belgilangan muddatlarda bajarilishi tegishli qurilish 
materiallarining qurilish maydonchalariga o‘z vaqtida kelib tushishiga, ular bo‘yicha 
tasdiqlangan limitning mavjudligi, butligi va sifatiga bevosita bog‘liqdir. Bundan 
tashqari kelib tushayotgan material-lar qiymatini (tannarxini) to‘g‘ri baholash, ular 
hisobini baholashning u yoki bu usulda yuritilishi qurilish ishlarining tannarxiga, 
ularni bajarishdan olinadigan daromadlar va to‘lanadigan soliqlarga, qurilish 
tashkilotining sof foydasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi qurilish 
tashkilotlarida materiallar hisobi oldiga ular qiymatini to‘g‘ri baholash, materiallar 
holati va harakati ustidan usliksiz nazoratni olib borish, ular kirimi va chiqimiga doir 
hujjatlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ushbu boyliklar ombor va 
buxgalteriya hisobi registrlarini belgilangan tartibda yuritishdek muhim vazifani 


20 
qo‘yadi. 
Qurilish ishlari hajmi va qiymatiga ko‘ra katta miqdorda mablag‘ talab 
qiladigan faoliyat hisoblanadi. SHu bois ham qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli 
bajarilishi ularni moliyalashtirilish manbalarining mavjudligiga bevosita bog‘liqdir. 
Qurilish ishlari, odatda, buyurtmachidan olingan oldindan to‘lov va keyingi to‘lovlar, 
shuningdek pudratchi tashkilotning o‘z mablag‘lari yoki ular tomonidan olingan bank 
kreditlari evaziga amalga oshiriladi. Qurilish ishlarini moliyalashtirilishining ushbu 
xususiyatlari pudratchi tashkilotlarda pul mablag‘larini maxsus schyotlarda 
akkumulyasiya qilishni (to‘plashni), ulardan oqilona foydalanishni, oldindan to‘lov va 
keyingi to‘lov summalarini buyurtmachilardan o‘z vaqtida kelib tushishini, bank 
kreditlari va boshqa qarz mablag‘larni olish va qaytarish muomalalarini usliksiz 
nazorat qilishni, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirishni, pul mablag‘lari, 
debitorlik va kreditorlik qarzlar hisobini belgilangan tartiblarga rioya qilgan holda olib 
borishni taqozo qiladi. 
Qurilish ishlari boshqa ishlardan farqli o‘laroq kollektiv mehnatga tayanadi, 
ya’ni ularni olib borishda mehnatni tashkil qilishning brigada shakli keng qo‘llaniladi. 
Mos ravishda bajarilgan ish va xizmatlarga haq to‘lashda ham mehnatning brigada 
shakli asos qilib olinadi. Qurilish ishlarining yaxlit brigada a’zolari tomonidan 
bajarilishi jami hisoblangan ish haqini, unga qo‘shimchalarni brigada a’zolari 
o‘rtasida ularning mehnatdagi haqiqiy ishtirokiga mos tarzda to‘g‘ri taqsimlab chiqish 
va hisobini yuritish vazifasini qo‘yadi. 
Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida qurilish tashkilotlari, ularning ta’sischilari, 
investorlari va boshqa ishtirokchilarining pirovard maqsadi bo‘lib foyda olish 
hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari hisob tizimi foyda ko‘rsatkichlarini milliy pul 
birligida real aniqlash imkonini berishi va aks ettirishi lozim.
Qurilish tashkilotlaridagi hisob axborotlarini bozor iqtisodiyoti 
talablariga javob berishiga, ob’ektiv, hammaga tushunarli bo‘lishida 
amaldagi me’yoriy bazaga bog‘liq. O‘zbekiston hududida buxgalteriya hisobi va 
hisobotining tashkiliy – uslubiy asosini 2016 yilda qabul qilingan «Buxgalteriya 
hisobi to‘g‘risida»gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 


21 
tomonidan 1999 yil 5 fevralda tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni 
shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom», Buxgalteriya hisobining Milliy 
standartilari hamda karxonaning hisob siyosati tashkil etadi. Buxgalteriya 
hisobining Milliy standarti № 21 - sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy 
- xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha 
yo‘riqnoma» 2004 yilning 1 yanvaridan amalga tadbiq etildi. Bu me’yoriy hujjatlar 
qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning umumiy 
qoidalarini belgilaydi, shuningdek kimning qaramog‘ida bo‘lishi, mulk shakllari 
hamda faoliyat turlaridan qat’iy nazar barcha qurilish tashkilotlari va tashkilotlarga 
ham tegishlidir. 
SHu bilan birga qurilish tashkilotlari bu me’yoriy hujjatlarga asoslanib, 
xo‘jalik yuritishning tashkiliy - huquqiy shakllari, tarmoq xususiyatlari va faoliyat 
xarakrediterlari, xodimlar malakasi va boshqa vazifalarni inobatga olgan holda 
buxgalteriya hisobi hamda nazoratni tashkil etish usullarini o‘zlari mustaqil 
belgilash huhuqiga ega. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekiston 
Respublikasi hududida ham undan tashqarida joylashgan barcha O‘zbekiston 
Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan davlat tashkilotlari va boshqarmalari, yuridik 
shaxslar, ularning sho‘‘ba tashkilotlarilari, filiallari, vaqilliklari va boshqa tashkiliy 
bo‘linmalari buxgalteriya hisobining sub’ektlari ekanligini belgilaydi. 
Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to‘liq, ishonarli, o‘z 
vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan 
ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Bu maqsadga muvaffaqiyatli erishish uchun 
buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni hal etishi kerak: 
♦ buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlar holati va harakati, mulkiy hukuq 
va majburiyatlar holati to‘g‘risida to‘liq, ishonarli ma’lumotlarni shakllantirish; 
♦samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini 
umumlashtirish; 
♦ moliyaviy, soliq va boshqa hisobotlarni tuzish. 
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobi ma’lum qoidalar va tamoyillar 


22 
bo‘yicha yuritiladi. Tamoyil va qoidalarning shunday majmuini o‘rnatish kerakki, 
uni amalda qo‘llash hisob yuritishining maksimal samarasini ta’minlasin. Bunda 
samara deb moliyaviy va boshqaruv axborotlarni o‘z vaqtida shakllantirish keng 
doiradagi foydalanuvchilar uchun ishonchliligi, ravonligi va foydaliligini 
ta’minlash tushuniladi. 
Nazariy jihatdan qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish 
qoidalarini o‘rnatishga uch xil yondoshish mavjud: 
- Markazlashtirilgan - bunda buxgalteriya hisobini yuritish yagona 
markazdan boshqariladi; 
- Markazlashtirilmagan - har bir xo‘jalik sub’ekti uchun buxgalteriya hisobi 
qoidalarini individuallashtirish. Bu xil yondoshish hisob ishlarini faoliyat 
xarakrediteriga aynan mos kelishini ta’minlagani bilan bu bozor iqtisodiyoti 
sharoitida to‘g‘ri kelmaydi; 
- Aralash - bu birinchi va ikkinchi yondoshishni oqilona birlashtirishdir.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə