Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

 
2-jadval 
Qurilish tashkilotlarida qo‘llaniladigan yordamchi va ishlov 
qaydnomalari
SHakl 
tartib 
raqami 
SHakl nomi
Qaysi schyotlarning debeti bo‘yicha 
1-s 
Qaydnoma 
5000 «Kassadagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
schyotlar» 
2-s 
Qaydnoma 
5100 «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘larini 
hisobga oluvchi
Schyotlar» 
5-s 
Qaydnoma 
Olinadigan 
schyotlar 
to‘g‘risida 
tahliliy 
ma’lumotnoma 
6-s 
Qaydnoma 
Ta’minotchi va pudratchilarga to‘langan bo‘naklar 
(fakturasiz kelgan va yo‘ldagi materiallar) to‘g‘risida 
tahliliy ma’lumotnomalar 
7-s 
Qaydnoma 
Byudjetga oldindan to‘lov va boshqa debitorlik 
qarzlar to‘g‘risida tahliliy ma’lumotnoma 


28 
10-s 
Qaydnoma 
Moddiy qiymatliklarning harakati (pul o‘lchovi 
birligida) 
15-s 
Qaydnoma 
Vaqtinchalik binolar, inshoatlar va moslamalarning 
analitik hisobi 
16-s 
Ishlov 
qaydnomasi 
Mahsulot (ish, xizmat)larni sotish, ular tannarxi 
hisob-kitobiga doir tahliliy ma’lumotnomalar 
RT-2 
Ishlov 
qaydnomasi 
Ish haqini taqsimlanishining hisobi 
RT-5s Ishlov 
qaydnomasi 
Hisoblangan ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga 
ajratmalar, 
ularning 
taqsimoti 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni jamlash 
RT-7 
Ishlov 
qaydnomasi 
Asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiyasi)ning 
taqsimoti
Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib 
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobini yuritish uchun tasdiqlangan 
ishchi schyotlar rejasi hisoblanadi. Qurilish tashkilotlari xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda ishchi schyotlar rejasida nazarda tutilishi lozim bo‘lgan ayrim 
schyotlar va ularning yuritilish tartibiga keyingi boblarda alohida to‘xtalamiz.
Yuqorida keltirilgan tartib va qoidalar hamda fikrlarni umumlashtirib, 
qurilish tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirish bo‘yicha namuna sifatida 
quyida qurilish tashkilotlarida hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq shaklini misol 
qilib keltiramiz: 
Qurilish tashkiloti hisob siyosatining taxminiy namunasi 
“_____________________________” tashkilotning hisob yuritish
siyosati to‘g‘risidagi 1-son 
BUYRUQ 
20___ yil ___ dekabr Toshkent shahar
SHayxontoxur tumani
“20___ yil 1 yanvaridan “_______________” tashkilotida buxgalteriya 
hisobini yuritish qoidalari va usullarini joriy qilish” to‘g‘risida 


29 
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni
va 1-son “hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli buxgalteriya hisobi milliy 
standartiga muvofiq 
Buyuraman: 
 
1. 20____ yil 1 yanvaridan “______________” tashkilotsida mazkur buyruq 
ilovasiga muvofiq hisob siyosati joriy qilinsin. 
2. Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan hisob siyosatini 01.01.20.... yildan 
boshlab , barcha hisob davri uchun unga belgilangan tartibda zaruriy o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritilgan holda qo‘llanilsin. 
3. Hisob jarayoniga aloqador barcha xodimlar mazkur hisob siyosati 
to‘g‘risidagi buyruq bandlari bilan tanishtirilsin. 
4.Hisob siyosatini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida 
faoliyatni ishonchli aks ettirish, byudjet va soliq hisobotlarini o‘z vaqtida, xolisona 
tayyorlash va foydalanuvchilarga taqdim etish bosh hisobchi zimmasiga yuklanadi. 
5. Xo‘jalik va soliq hisobini tashkil etish, xujjatlarni saqlash va 
qonunchilikka rioya etilishi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman. 

Tashkilot rahbari 


(imzo) Amirov A.R. 
1-son buyruqqa ilova 
«_____________________» TASHKILOTINING 20__ YILDAGI HISOB 
SIYOSATI. 
Umumiy qoidalar. 
Ushbu hisob siyosati tashkilotning ichki me’yoriy hujjati hisoblanadi va 
rahbar buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosati tashkilot tomonidan moliyaviy hisobotni tuzish va 
tayyorlash uchun qo‘llaniladigan tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlarni 
aks ettiradi. 


30 
Hisob siyosati tashkilot buhgalteriya hisobi tizimining to‘laligini 
ta’minlaydi. U hisob jarayonining barcha - uslubiy, texnik, tashkiliy va amaliy 
jihatlarini o‘z ichiga oladi. 
Ushbu hisob siyosatida ko‘rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish usullari 
va tartibi 1 yanvar 20__ yildan qo‘llaniladi va hisobot yilida o‘zgarmaydi. 
II. Asosiy vositalar eskirishi va hisobini yuritish tartibi. 
Tashkilotda asosiy vositalar hisobi 5-son BHMSga muvofiq yuritiladi. 
YAngi sotib olingan asosiy vositalar boshlang‘ich qiymati bo‘yicha baholanadi. 
Tashkilot asosiy vositalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tasdiqlangan tartib-qoidalarga asosan quyidagi tartibda eskirish 
hisoblanadi: 
№ 
Asosiy vositalar turlari nomi 
Xizmat muddati 
(yil) 
Amortizatsiya 
me’yori (%) 

Engil avtomobillar 

20 

PEVM, nusxa ko‘chirish texnikasi 

20 

Mebel, o‘lchov asboblari 
10 
10 

Bino va inshootlar 
20 


Qurilish jihozlari 
3,5 
30 
Asosiy vositalarni tugatish tashkilotda tuzilgan maxsus komissiya tomonidan 
amalga oshiriladi va tugatish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
III. Xayriya sifatida olinadigan mulklarni baholash tartibi 
Agar xayriya qiluvchi mulk qiymatini ko‘rsatmagan bo‘lsa yoki uni
tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan taqdirda, xayriya sifatida olingan mulk bahosi (pul 
mablag‘laridan tashqari) doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi 
tomonidan bozor bahosida belgilanadi. 
IV. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va hisobini yuritish tartibi. 
Nomoddiy aktivlar hisobi 7-son BHMSga muvofiq yuritiladi. Tashkilot 
nomoddiy aktivlar qatoriga quyidagilar kiradi: litsenziya, ruxsatnoma, kompyuter 
programmasi va tashkiliy xarajatlar. 


31 
Nomoddiy aktivlar qabul qilinganda buxgalteriya hisobida boshlang‘ich 
qiymati bo‘yicha olinadi. 
Nomodiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha tashkilot to‘g‘ri chiziqli usulni 
qo‘llaydi. Uning foydali xizmat muddati asosan 1 yil deb olinadi va keyingi yilga 
uzaytirilishi mumkin. 
V. Tovar-moddiy zahiralar hisobini yuritish tartibi. 
Tashkilotda tovar-moddiy zahiralar hisobi 4-son BHMSga muvofiq 
yuritiladi. 
Tashkilot materiallarni ko‘rsatilgan ish, xizmat (ishlab chiqarilgan mahsulot) 
tannarxiga hisobdan chiqarganda FIFO usulini qo‘llaydi. Materiallar xizmat 
ko‘rsatish (ishlab chiqarish) maqsadida foydalanilganda, qachonki, daromadlar 
olingan davrda harajat deb tan olinadi va tannarxga olish orqali hisobdan 
chiqariladi. 
VI. Xizmat ko‘rsatish (ishlab chiqarish) xarajatlari va ish, xizmat (mahsulot) 
sotilishini hisobga olish tartibi. 
Tashkilot xizmat ko‘rsatish (ishlab chiqarish) faoliyati xarajatlari quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: ishlab chiqarish tannarxi(xarajatlari), boshqaruv xarajatlari 
va favqulotda xarajatlar. 
Xizmat ko‘rsatish (ishlab chiqarish) bilan bog‘liq xarajatlar 2010 schyotning 
debet tomonida olib boriladi. 
Unda quyidagi xarajatlar kiradi: 
- mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq 
bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; 
- mehnat haqi bo‘yicha bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari; 
- ijtimoiy sug‘urta ajratmalari xarajatlari; 
- boshqa bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari (ishlab chiqarish 
jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan kommunal xizmatlar xarajatlari, aloqa 
xizmati xarajatlari va boshqa xarajatlar) summalari. 
Boshqaruv-ma’muriy harajatlar 9400 schyotning debetida aks ettiriladi va 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 


32 
- ma’muriy xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar va zararlar. 
VII. Chet el valyutasi muomalalari hisobi tartibi. 
Tashkilot buxgalteriya hisobida chet el valyutasi muomalalari Markaziy 
bankning kelishuv amalga oshirilgan kundagi kursi bo‘yicha milliy valyutamizda 
baholanib, buxgalteriya hisobida 5200 "Valyuta hisobvarag‘i"da aks ettiriladi. 
VIII. Inventarizatsiyani o‘tkazish tartibi. 
Tashkilot buxgalteriya hisobini yuritishning xaqqoniyligini ta’minlash 
maqsadida vaqti-vaqti bilan inventarizatsiya o‘tkazib boriladi. Inventarizatsiya 
natijalarini 19-son BHMSga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Tashkilotga tegishli aktivlar va passivlarni inventarizatsiya qilish quyidagi 
muddatlarda amalga oshiriladi: 
Aktiv va passivlarning nomlanishi 
Inventarizatsiyani o‘tkazish muddati 
1. Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar 
1 oktyabr 
2. Kapital qo‘yilmalar 
1 dekabr 
3. Materiallar, tayyor mahsulot 
har 3 oyda 
4. Pul mablag‘lari 
har oyda 
5. Yoqilg‘i-moylash materiallari, oziq- 
ovqat mahsulotlari 
har 3 oyda 
6.Byudjetga soliqlar va to‘lovlar 
bo‘yicha hisoblashishlar 
1 yanvardan keyingi yil boshigacha 
 
Bundan tashqari, quyidagi holatlarda rejalashtirilmagan inventarizatsiya 
o‘tkazilishi mumkin: 
- moddiy javobgar shaxs o‘zgarganda; 
- o‘g‘irlik sodir bo‘lganda; 
- tashkilot tugatilganda.
Inventarizatsiyani o‘tkazish, tashkilot rahbari buyrug‘i bo‘yicha maxsus 
komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Bu komissiyaga boshqaruv rahbari o‘rinbosari, 
buxgalteriya xodimi va boshqa xodimlar kiradi. 
IX. Buxgalteriya hisobini yuritish. 
Buxgalteriya hisobi tashkilotda memorial-order(jurnal-order, bosh daftar va 
avtomatlashtirilgangan shakllaridan biri)da yuritiladi.


33 
Hisob ma’lumotlarini qayta ishlash qo‘lda bajariladi. Tashkilot buxgalteriya 
hisobini tashkil qilish tashkilot rahbariga yuklatilgan. Bosh buxgalter
buxgalteriya hisobining uslubiy tamoyillari bo‘yicha javobgar hisoblanadi. Barcha 
buxgalteriya xizmati xodimlari bevosita bosh buxgalterga bo‘ysunadi. Dastlabki 
hisob xujjatlarining shakllari muomala amalga oshirilgan vaziyatda to‘ldiriladi 
Dastlabki hisob hujjatlariga imzo chekish huquqiga ega shaxslar ro‘yxati 
№ 
Hujjatlar nomi 
Ism – sharifi 
Lavozimi 
1. 
2. 
3. 
va h.k. 
X. Tashkilot hisob siyosati nazoratini tashkil qilish. 
Tashkilotda hisob siyosati nazoratining quyidagi ko‘rinishlari mavjud: 
1. Ichki nazorat – tashkilot ichki audit bo‘limi yoki inventarizatsiya 
komissiyasi orqali belgilangan muddatlarda tashkil etiladi. Ichki audit bo‘limi yoki 
inventarizatsiya komissiyasi tanlangan usullarning asosliligini, shuningdek 
tanlangan hisob siyosatini alohida bo‘limlarida belgilangan qoidalarini bajarilishini 
tekshiradi. Ichki audit bo‘limi tashkilot hisob siyosati nazoratini tashkilot 
mulkdorlari manfaati yuzasidan olib boradi. 
2. Tashqi nazorat belgilangan muddatlarda va belgilangan tartibda nazorat-
taftish boshqarmasi va auditorlik tashkilotlari tomonidan olib boriladi. 
3. Soliq nazorati soliq organi orqali amalga oshiriladi. Bu nazorat maqsadi - 
davlat byudjetiga soliq va to‘lovlarning to‘g‘ri to‘lanishini, shuningdek tanlangan 
buxgalteriya usullari Soliq Kodeksi talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Soliqqa tortish maqsadlari uchun hisob siyosati haqida ma’lumot 
Usullarning nomlanishi 
Satr kodi 
Usulning 
qo‘llanilganligi 
haqida belgi 
Daromadlarni tan olish usullari 
hisoblash usuli 


34 
Kassa usuli 
Materiallarni baholash usullari 
FIFO 
LIFO 
o‘rtacha qiymat bo‘yicha baholash 
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari
To‘g‘ri chiziqli usul 
Bajarilgan ish hajmiga mutanosib 
ravishda hisoblash usuli 
qoldiqning kamayib borish usuli 
Sonlar yig‘indisi usuli 
Nomoddiy aktvlarga amortizatsiya hisoblash usullari 
To‘g‘ri chiziqli usul 
Bajarilgan ish hajmiga mutanosib 
ravishda hisoblash usuli 
Qoldiqning kamayib borish usuli 
 
Keltirilgan ma’lumotlar ishonchli va to‘liqligini tasdiqlayman
___________ imzo rahbar
«__» ___________

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə