Moliyaviy tahlil



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

 
I bob bo’yicha xulosa 
Xulosa qilib aytganda, 1-bobda qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobini 
tashkil etishning nazariy asoslariga atroflicha tuxtalib o‘tildi. Unda qurilish 
tashkilotlarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ular faoliyati yo‘nalishlari tavsif berildi. 
Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining maqsadi, vazifalari va me’yoriy-
huquqiy asoslari yoritib berildi. Qurilish tashkilotlari buxgalteriya hisobini tashkil 
etish va hisob siyosatini ishlab chiqish tartibi keltirib o‘tildi va qurilish tashkilotlarida 
hisob siyosatini ishlab chiqish uchun namuna keltirib o‘tildi. Qurilish tashkilotlarida 
buxgalteriya hisobini yuritishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda nazariy 
tomonlari jadvallardan foydalanib yoritib berildi. Qurilish tashkilotlari boshqa 
xo‘jalik yuritish sub’ektlari singari respublikamiz qonun hujjatlari asosida 
o‘zlarining hisob siyosatini ishlab chiqishlari hamda unga amal qilishlari lozim. 
Ushbu hisob siyosatida qurilish tashkiloti rahbariyati tomonidan tanlab olingan 
buxgalteriya hisobining tashkiliy shakli, xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari, aktivlar, 
majmuriyatlar va xususiy kapital elementlarini tan olish mezonlari, ular hisobini 
yuritishga asos bo‘luvchi hujjatlar tizimi, ishchi schyotlar rejasi, boshlang‘ich 


35 
hujjatlar aylanishi, arxiv ishi, tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiyasini 
o‘tkazish jadvali, hisobni yuritishga doir boshqa tartib-qoidalar bo‘lishi lozim. 
II- BOB. QURILISH TASHKILOTLARIDA ISHLAB CHIQARISH 
XARAJATLARINI HISOBGA OLISH 
2.1.Qurilish tashkilotlarida asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi 
Qurilish tashkilotlarida pudrat shartnomalariga ko‘ra bajarilayotgan qurilish 
ishlari ularning asosiy ishlab chiqarishini tashkil qiladi. Ishlab chiqarishga 
sarflangan xarajatlar esa bajarilgan qurilish ishlarining tannarxini tashkil etadi.
Qurilish ishlari tannarxiga kiradigan xarajatlarning tasnifi, guruhlari va aniq 
moddalarining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 
5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab 
chiqish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish 
tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq bo‘lishi lozim.
Ushbu nizomga ko‘ra qurilish ishlari tannarxiga kiradigan asosiy ishlab 
chiqarish xarajatlari bevosita va bilvosita (ustama) xarajatlarga bo‘linadi. Ushbu 
turdagi xarajatlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra beshta guruhga ajratiladi va ularning 
tarkibiga quyidagi harajat moddalari kiritiladi. 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə