Moliyaviy tahlil


Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/26
tarix04.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#125294
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
qurilish tashkilotlarida ishlab chqarish xarajatlarini hisobga olish

Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati. 
Bitiruv malakaviy ish doirasida 
amalga oshirilgan tahliliy ma’lumotlar va xulosalardan qurilish tashkilotlarida 
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va bajarilgan ishlar tannarxini 
kalkulyasiya qilishda foydalanish mumkin, shuningdek ilgari surilgan xulosalar va 
ma’lumotlardan ilmiy maqola va tezislar tayyorlashda foydalidir. 
BMIning tarkibiy tuzlishi va hajmi
. Ish kirish, uchta bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda 6 ta jadvaldan iborat bo‘lib, jami
52 betda mujassamlashgan.



I- BOB. QURILISH TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISO-
BINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI 
1.1. Qurilish tashkilotlarining iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ular faoliyati 
yo‘nalishlari tavsifi 
O‘zbekiston Respuublikasi Birinchi Prezdenti I.A.Karimov “Biz hozirdanoq 
taraqqiyotimizning inqirozdan keyingi davri haqida chuqur o‘ylashimiz, bu borada 
uzoq muddatga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqish haqida bosh qotirishimiz kerak. 
Bu dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik 
yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki 
beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy 
innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni o‘zida 
mujassam etishi darkor. Mana shu o‘ta muhim masalani, aytish mumkinki, hal 
qiluvchi strategik vazifani e’tiborimizdan chiqarmasligimiz zarur”
2
deb ta’kidlab 
o‘tgan edi.
Ta’kidlash joizki, ana shunday keng ko‘lamli dasturni amalga oshirish uchun 
respublikada so‘nggi yillarda jiddiy tayyorgarlik ko‘rib kelindi. Iqtisodiyotimizni 
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini 
keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor 
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qator qaror, qonun va dasturlar ishlab 
chiqildi. Jumladan bu dasturlarda loyihalarni amalga oshirishda qurilish ishlariga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Dasturda belgilangan vazifalar orasida qishloqlarimizda hayot sifatini tubdan 
yuksaltirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish prinsipial muhim 
va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Buning uchun qishloq aholi punktlarini 
me’moriy jihatdan loyihalashtirish va qurish ishlarini tashkil etish tizimini tubdan 
qayta ko‘rib chiqildi.
2
Islom Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
choralari. –T.: O’zbekiston, 2009. -36 b.



Hududlarning me’moriy-loyihaviy qurilishi bo‘yicha bosh rejalarni ishlab 
chiqilishini ta’minlash, mintaqalarning iqlimi, demografik holati va boshqa shart-
sharoitlarini hisobga olgan holda, qishloq uylari va ijtimoiy inshootlarning 
unifikatsiya qilingan namunaviy loyihalarini tayyorlandi.
Bu vazifalarni bajarish uchun maxsus “Qishloq-qurilish-loyiha” loyiha-
tadqiqot instituti tashkil etildi. Bu bilan yangi arxitektura bosh planlari va 
namunaviy loyihalar bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lindi
Tabiiyki, 
yangi 
qurilishlarni 
zamonaviy 
qurilish 
materiallari 
va 
konstruksiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qishloq joylarda barpo etiladigan 
ob’ektlarni qurishda yig‘ma, kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalarni 
qo‘llagan holda, industrial va yig‘ma texnologiyalarni keng joriy etildi.
Viloyatlar va tumanlar hokimliklari «O‘zqurilishmateriallari» kompaniyasi 
bilan birgalikda mahalliy xomashyodan qurilish materiallari ishlab chiqarishni 
tashkil etish, pishiq g‘isht, tom yopish, pardozlash va boshqa maqsadlar uchun 
kerak bo‘ladigan materiallarni ishlab chiqarish bo‘yicha minitexnologiyalarni joriy 
etdilar va etmoqdalar, mavjud noruda konlarini qayta tiklash hamda rekonstruksiya 
qilishga doir maxsus dasturlar ishlab chiqildi. 
Dasturning asosiy vazifasidan biri – qishloqda sanoat ishlab chiqarishi va 
qurilishni jadal rivojlantirish, meva-sabzavot va chorva mahsulotlarini qayta 
ishlash bo‘yicha zamonaviy texnika hamda texnologiyalar bilan jihozlangan 
ixcham korxonalarni tashkil etish chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanishida qurilish tarmog‘i muhim o‘rinni 
tutadi. Aynan ushbu tarmoqqa kiruvchi qurilish tashkilotlari orqali iqtisodiyotning 
barcha sohasiga real investitsiyalar kiritiladi. Qurilish tarmog‘i mamlakatimiz 
iqtisodiyotining barcha sohasida yangi quvvatlarni qurish, ishga tushirish, mavjud 
quvvatlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, ta’mirlash va 
boshqa shu kabi ishlarni amalga oshirishning bosh ijrochisi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq 
xo‘jaligi tarmoqlari klassifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida 
turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan: 


10 


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə