Moliyaviy tahlil


-Rasm. 2021-yilda foyda ko`rgan davlat ishtirokidagi korxonalar(mlrd.so`mda).14



Yüklə 180,54 Kb.
səhifə10/12
tarix30.12.2023
ölçüsü180,54 Kb.
#164702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Moliyaviy tahlil.4 rejaga

2-Rasm. 2021-yilda foyda ko`rgan davlat ishtirokidagi korxonalar(mlrd.so`mda).14
O‘tgan yili 20 ta eng ko‘p daromad ko‘rgan korxonalarning umumiy foydasi 23,7 trln so‘mni tashkil etgan. Ulardan eng yuqori daromadli 10 tasi quyidagilar:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK — 10,6 trln so‘m;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ — 5,3 trln so‘m;
“O‘zbekneftgaz” AJ — 3,3 trln so‘m;
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 1,4 trln so‘m;
“Navoiyazot” AJ — 779,8 mlrd so‘m;
“O‘zbektelekom” AJ – 473, 9 mlrd so‘m;
“Hududiy elektr tarmoqlari” – 400,3 mlrd so‘m;
“Farg‘onaazot” AJ — 348,8 mlrd so‘m;
“Agroklaster” MJCh – 194,8 mlrd so‘m;
“Tovar-xomashyo birjasi” AJ 140,1 mlrd so‘m foyda ko‘rgan.
Tahlil natijalaridan ko`rinib turibdiki bozor iqtisodi sharoitida hususiy, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, davlat va boshqa shakldagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy ahvolini o‘rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o‘z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, hususiy va qarz mablag‘larining to‘g‘ri nisbatga bo‘lishini ta’minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarning moliyaviy holati ko‘p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy taqsimlanish mexanizmiga bog‘liqdir. Barqarorlik bo‘lgan joyda barcha xo‘jalik muomalalari va hisob-kitoblar o‘z vaqtida bajariladi. Shu bois bozor sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va o‘rganishga e’tibor kuchaymoqda.
Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
- korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o‘rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish;
- mablag‘ va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to‘g‘ri yo‘nalishda ishlatilganligini aniqlash;
- hisoblashishishlarining o‘z muddatida bajarilganligini o‘rganish;
- korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat va aylanma mablag‘larni manba bilan ta’minlanganligini tekshirish;
- moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqlash va to‘lov qobiliyatiga baho berish;
- korxona mulkining qadrligi va tez pulga aylana olish darajasini o‘rganish;
- aylanma mablag‘lardan foydalanishga baho berish va korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar bayon etish va h.k
Ayniqsa mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, maxsus va maqsadli mablag‘lar, zahira jamg‘armasi, foyda va zararlar, turli xil hisob-kitoblar, qiymatli qog‘oz va veksellar bo‘yicha ma’lumotlardan ko‘proq foydalaniladi. Bular xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri boshqarilishi, uning moliyaviy barqaror bo‘lishi va to‘lov qobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Moliyaviy taxlil etishdagi o‘xshash jixatlarni buxgalteriya xisobining muxim tamoyili bo‘lgan mazmunning shakldan ustunligi tamoyili bilan izoxlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy hisobotlari bilan O‘zbekistondagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmadi. Amalda tuzatiladigan va taqdim etiladigan moliyaviy xisobotning asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” rasmiy tuzilishi va mazmun bo‘yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qiladi.
Juda ko‘p mualliflar xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy holatiga baxo berishning muhim manbasi bo‘lgan buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidik darajasi bo‘yicha qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun xam tushunarli bo‘lishi lozimligini qayd etadilar. Korxonalar moliyaviy xolatni O‘zbekiston amaliyotida kompleks o‘rganish amaliyotiga juda kam xollardagina murojaat qilinadi. Bironta manbada O‘zbekistonning iqtisodida muxim lokomotiv hisoblangan korxonalar (Tog‘ kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston temir yo‘llari, O‘zbekiston havo yo‘llari, avtomobilsozlik korxonalari misolidagi) ma’lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi. Ko‘pincha analitik xisob-kitoblar taxminiy, o‘ylab manbalari asosida emas balki yillar kesimidagi dinamik o‘zgarishlarda ham kuzatiladi. Vaholanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va tarmoq bo‘g‘inlari bo‘yicha farqli jixatlariga ham alohida ahamiyat qaratiladi.Moliyaviy xisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha eng muxim muammolardan bittasi bu ular bo‘yicha ma’murchilik xarajatlarining xaddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liqdir.
Moliyaviy tahlilda kamchiliklarni bartaraf etishda eng muhi tarmoqlaardan biri bu albatta axborot tarmoqlaridir.
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barchaja bhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohatlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturning joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonning demokratik va bozor islohatlarini amalga oshirish, jahon xam jamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg‘or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan.
Buxgalteriya hisobini uch darajaga – boshqaruv hisobi, moliyaviy hisob va soliq hisobiga ajratgan holda tashkil qilish axborot texnologiyalarini qo‘llashga ixtisoslashgan buxgalteriya hisobi shaklida samaraliroq bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga o‘tkazish yoki transformatsiya qilish korxonalarda O‘zbekistonda yaratilgan Buxgalterga elektron madad (BEM) milliy dasturiy ta’minoti va 1uz amaliy dasturlar paketiga qo‘shicha ravishda “1S: Buxgalteriya”, “SAP”, “Parus”larni ham qo‘llashni hamda ularning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo etadi. Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minotdan foydalanish bir muncha yengilliklarni yaratib beradi. Zamonaviy iqtisodiyotimizda izchil texnologiyalardan foydalanish ishning yengillashuvi, xorijiy xamkorlar bilan ishlash qulayligini keltirib chiqaradi. Bugungi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy ta’minotdan foydalanish faqa ijobiy natijalarni olib keladi deya ayta olamiz. Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada oshirish, chet el bozorlari uchun raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va eksportga yo‘llashda ularga huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarida hisob ishlari samaradorligini oshirish hamda vaqtni tejash maqsadida buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan zamonaviy shakli amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda. Buxgalteriya hisobi vazifalarini yechishni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida tashkil qilish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishdan to yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishgacha bo‘lgan operatsiyalar yig‘indisidir.


Yüklə 180,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə