Moliyaviy tahlil va uni tashkil etish. Reja: Kirish I. Bob Moliyaviy tahlil metodi va usullari


Moliyaviy menejmentda boshqarish obyekti va obyekti



Yüklə 59,19 Kb.
səhifə3/8
tarix20.10.2023
ölçüsü59,19 Kb.
#128864
1   2   3   4   5   6   7   8
Moliyaviy tahlil metodi va usullari

1.2 Moliyaviy menejmentda boshqarish obyekti va obyekti
Hozirgi kunda moliyaviy resurslarni boshqarish har bir korxona oldida turgan eng asosiy va strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Bu yoʻnalishning korxonani boshqarish tizimida strategik ahamiyatga egaligi moliyaviy resurslar va boshqa resurslar (moddiy resurslar, mehnat resurslari va boshqalar)ni jalb qilishning oʻzaro bogʻliqligi bilan izohlanadi. Bunday oʻzaro bogʻliqlikning ratsional, maqsadga muvofiq va samarali tashkil etilishi koʻp jihatdan korxona iqtisodiy barqarorligini belgilab beradi, shuningdek iqtisodiy obyekt faoliyatidan manfaatdor boʻlgan mulkdorlar, xodimlar, kontragentlar, davlat va jamiyat moddiy farovonligi oʻsishiga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy resurslarning (muhim) ahamiyatga egaligi ularni boshqarishning funktsiyalarini belgilab beruvchi mustaqil faoliyat sifatida moliyaviy menejmentni tashkil etish zaruriyatini shart qilib qoʻyadi.
Moliyaviy menejment – bu korxonaning strategik va joriy maqsadlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan moliyaviy resurslarni va moliyaviy faoliyatni boshqarishdir.
“Moliyaviy menejment tizimi iqtisodchilar tomonidan kompaniyalarda istiqboldagi va faoiyat yuritishidagi strategik va joriy moliyaviy maqsadlarni rejalashtirish, amaliyotga tatbiq etish, nazorat va taxlil qilish, oʻz vaqtida toʻg`rilash hamda tartibga keltirishdagi ilmiy jihatdan asoslangan oʻzaro bog`liqlikdagi metodlar va instrumentlar kompleksi sifatida tushuniladi”1.
Har qanday boshqarish tizimi kabi moliyaviy menejment ham ob’ekt va obyektga, ya’ni boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimostlariga ega.
Bunda korxonalarning pul mablagʻlari va ularning manbalari, shuningdek korxonalar, xoʻjalik faoliyatining boshqa ishtirokchilari, moliya tizimining turli boʻgʻinlari oʻrtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlar boshqarish obyekti hisoblanadi.
Mulkdorlar, moliyaviy menejerlar, mos tashkiliy tuzilmalar va xizmatlar moliyaviy menejment tizimida boshqarish obyektlari sifatida qatnashadi, boʻlimlarning tarkibiy qismlari esa boshqariluvchi tizimostlari sifatida yuzaga chiqadi. Bunda eng asosiy boshqaruv obyekti korxonaning mulkdorlari hisoblanadi. Hozirgi sharoitda moliyaviy direktor boshqaruv a’zolarining yoki direktorlar kengashining a’zosi hisoblanadi va boshqaruv ierarxiyasida etakchi oʻrinlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy direktor bosh direktor bilan birgalikda aksiyadorlar oldida toʻgʻridan-toʻgʻri javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi, moliyaviy natijalar boʻyicha investorlar va biznes egalariga hisobot beradi. Moliyaviy direktorga nomzodlar direktorlar kengashi tomonidan shaxsan tasdiqlanadi. Bu jihat moliyaviy direktorning mustaqilligi va oʻz faoliyati boʻyicha aksiyadorlarga hisobot berishini anglatadi.
Operatsion strategiyalar korxona umumiy strategiyasiga asoslanuvchi, moliyaviy xizmat orqali rejalashtirish jarayonida majburiy tartibda oʻtish talab qilinadigan tegishli xizmatlar doirasida rivojlangan biznes-tuzilmalarda boshqaruv funktsional tarzda boʻlinadi. Bu tabiiy ravishda umumiy strategiyani ishlabi chiqish va kuchlarni birlashtirishda moliyani yadroga aylantirmoqda. Shunday ekan moliyaviy direktorning bosh vazifasi biznesni boshqarishning izchil va samarali ishlash tizimini ta’minlash orqali korxonaning barcha boʻlinmalari operatsion strategiyalarini va aksiyadorlar uzoq muddatli maqsadlarini integratsiyalash bilan ifodalanadi.
Shunday qilib, moliyaviy direktor va u boshqaradigan moliya xizmati har qanday oʻrta va yirik korxonada muhim rol oʻynaydi. Moliyaviy direktor faoliyati bir vaqtning oʻzida uch xil doirada: funktsional, korporativ va boshqaruv koʻrinishida amalga oshirilishini ta’kidlash lozim. Shuning uchun ham moliya xizmatining zamonaviy rahbari ilmli, keng dunyoqarashga ega ijodiy fikrlaydigan mutaxassis, amaliy muammolar (pul oqimlarini boshqarish, korxona faoliyati haqidagi tezkor ma’lumotlar bilan ichki va tashqi foydalanuvchilarni ta’minlash, investitsion loyihalarni baholash, moliyaviy resurslarni qidirib topish va jalb qilish hamda boshqalar)ni hal qilish qobiliyatiga ega, shuningdek strategik vazifalar (birlashish va qoʻshib olishlar, investorlar bilan oʻzaro hamkorlik samaradorligi tahlili va boshqalar)ni hal qila oladigan boʻlishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning maqsadlari turli-tuman boʻlishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda ular korxonani rivojlantirishning umumiy strategiyasiga mos kelishi, uni amalga oshirishni ta’minlashi lozim.
Amaliyotda keng tarqalgan va an’anaviy boshqaruv maqsadlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- foydani maksimallashtirish;
- moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
- tovar realizatsiyasi miqdorini maksimallashtirish va boshqalar.
Korxona faoliyatining u yoki bu maqsadining afzalligini asoslash firmalar faoliyatining turli xil nazariyalari doirasida amalga oshiriladi. Firma nazariyalaridan kelib chiqqan holda quyida asosiy tan olingan korxonalar faoliyati maqsadlari xususida toʻxtalib oʻtamiz.
Firmalalarning klassik nazariyasida tadbirkorlikning bosh maqsadi olingan tushumlarning sarflangan xarajatlardan yuqori boʻlishini erishish nazarda tutiladi. Tushumlar va xarajatlar oʻrtasidagi farq foyda sifatida aks ettiriladi. Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi har qanday tashkilotning eng asosiy maqsadi oʻz faoliyati boʻyicha foyda miqdorini maksimallashtirib borish hisoblanadi. Bunda foyda miqdorini buxgalteriya hisobi koʻrsatkichlari asosida aniqlashning osonligi va har qanday boshqaruvchi yoki mulkdor uchun tushunarli ekanligi mazkur yondashuvning ommaviyligida muhim rol oʻynaydi.
Shubhasiz, korxonalar oʻz faoliyatida foydani oshirishga intilishi lozim. Lekin mazkur jarayonda bu maqsadga erishish uchun kuchlarni markazlashtirish kelajakda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga xarajatlarni qisqartirish, yangi mahsulotlar ishlab chiqish va bozordagi nufuzini oshirib borish, zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni joriy etish, yuqori malakali xodimlar ish haqlarini oshirib borish va boshqa shu kabilar yaqin kelajakda foyda miqdorini mos ravishda oshirish imkonini berishi mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, yuqori foyda intilishga qaratilgan ayrim qarorlar istiqbolda tovar sifatining pasayishi, asosiy fondlarning haddan tashqari yoki ma’naviy eskirishi, raqobatbardoshlik darajasining va sotish hajmining pasayib ketishi, bozordagi ulushning (korxona nufuzining) yoʻqotilishi, asosiy xodimlarning ketib qolishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi, natijada esa foydaning keskin kamayishi, zararlarning yuzaga kelishi yoki hatto bankrotlikkacha sabab boʻlishi mumkin. Bundan xulosa chiqarish mumkinki, korxonalarning asosiy maqsadi foydani oshirish boʻlganda har doim ham risklilik darajasi baholanavermaydi.
Foydani maksimallashtirish biznesni boshqarishning maqsadi sifatida quyidagi kamchiliklarga ega:
- foydaning turli xil koʻrsatkichlari amal qilishi (asosiy faoliyat foydasi, yalpi foyda, operatsion foyda, umumxoʻjalik faoliyati foydasi, moliyaviy faoliyatdan foyda, soliq toʻlangunga qadar foyda, soliqqa tortiladigan foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) va ularni aniqlashdagi obyektivlik (buxgalteriya hisobi ma’lumotlari va qoidalari asosida aniqlanishi), boshqaruv qarorlari samaradorligini baholashning bir tomonlama talqin qilinishidagi murakkabliklar;
- qisqa muddatli istiqbolga yoʻnaltirilganligi;
- muqobil variantlar bilan taqqoslash mumkin emasligi, prognoz qilingan daromadlar va ularning yuzaga kelish vaqti boʻyicha tafovutlar;
- kutilayotgan daromadlarning vaqt bilan va ularni olish bilan bogʻliq risklar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinmasligi hamda boshqalar.


Yüklə 59,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə