Moliyaviy tahlil


II-BOB “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/37
tarix18.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#111042
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobini va uni takomillashtirish

II-BOB “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda operatsion faoliyatdan 
daromadlar hisobi va hisoboti 
2.1. “GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda yalpi foydani hisobi 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJ xo’jalik yurituvchi subektda 
mahsulotni sotish subekt faoliyatining asosiy salmoqli ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Sotish jarayoni mahsulot (ish, xizmat)larni junatish va sotishga doir xo’jalik 
muomalalarining yaxlitligi bilan bog’liqdir. 
Amaldgi qoidaga binoan 1- yanvar 1998 yilda qabul qilingan hisoblash 
usuliga muvofiq mahsulotlar (ish, xizmatlar) junatilgan sana yoki bankka to’lov-
hisoblashish hujjatlarini taqdim etgan kun sotuv amalga oshirilgan sana deb 
hisoblanadi. Lekin xalqaro standart bo’yicha kassa usuli, yani sotilgan mahsulot
bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun haridorlardan mablag’larning 
kelib tushishi sanasi ham tavsiya qilinadi. 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda sotilgan mahsulotning haqiqiy 
tannarxini hisoblash uchun dastlab 11-jurnal orderda yil boshidan beri junatilgan 
mahsulotlarning haqiqiy tannarxi muomalasi uning taqdim etilgan to’lovnomalar 
(yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar) bo’yicha qiymatiga foiz nisbati 
belgilanadi. Olingan foiz bilan oy yakuni holatiga ko’ra hali to’lanmagan, lekin 
junatilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Buning uchun oy yakuni 
holatiga ko’ra hali to’lanmagan barcha to’lovnomalarning sotuv qiymati ushbu foiz 
nisbatiga ko’paytiriladi. Sotilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmat) va 
haridorlarga junatish xarajatlarining haqiqiy tannarxiga ularni hisobot oyida 
junatish qiymati (qaytarilgan mahsulot so’mmasi bunga kirmaydi) qo’shiladi va 
undan oy oxiridagi qoldig’i ayirib tashlanadi.
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJda mahsulot va tovarlarni sotish, 
ishlar bajarish , xizmatlar ko’rsatishga doir axborotlarni umumlashtirish, 
shuningdek sotuv natijalarini aniqlash uchun schyotlar rejasida 9910- “Yakuniy 
moliyaviy natijalar” jamlama schyotida ko’zda tutiladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə