Moliyaviy tahlil



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/37
tarix18.05.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#111042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
operatsion faoliyatidan olingan daromadlar hisobini va uni takomillashtirish

hisobi 
25 
2.2. 
“GOLD PREMIUM PRODUCT” MCHJning asosiy 
faoliyatidan olingan daromadlari hisobini milliy va xalqaro 
standartlarda hisobga olish 
32 
2.3. 
Оperatsion faoliyatdan boshqa daromadlar hisobi 
37 
2.4. 
Moliyaviy natijalar hisoboti va uning tahlili 
42 
 
2-bob bo’yicha xulosa 
50 
III-BOB Operatsion 
faoliyatdan 
daromadlar 
 
hisobini 
takomillashtirish 
51 
3.1. 
Operatsion daromadlar hisobini xalqaro normalar asosida 
takomillashtirish 
51 
3.2. 
Operatsion daromadlar tahlilini takomillashtirish 
54 
 
3-bob bo’yicha xulosa 
63 
 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
64 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
67 
 
ILOVALAR 
70 
 
 
 
 



Kirish 
Mavzuning 
dolzarbligi: 
Iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
sharoyitda 
O’zbekiston Respublikasida mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida, shu 
qatorda eng avvalo tadbirkorlik sohasida islohatlarni yanada rivojlantirish va 
erkinlashtirish borasidagi aniq dasturlar ishlab chiqilgan va ularni hozirgi kunda 
yanada takomillashtirish chralari ko’rib kelinmoqda. Hozirgi kunda 
mamlakatimizda tadbirkorlarga keng eshiklar ochilgan, mamlakatimizning har bir 
fuqorosi tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga egadirlar. Bunga yaqqol misol 
sifatida hozirgi kunda banklarimizning tadbirkorlikni yanada rivojlantirish 
maqsadida berilayotgan eng kam foiz stavkalarda belgilangan kreditlarni misol 
qilishimiz mumkin. Shunday ekan bu imkoniyatlardan foyalangan xolda 
mamlakatimizning iqtisodiyotiga xissa qo’shish yoshlar hamda umuman barcha 
fuqorolarning eng oily burchlaridan biri sifatida qarasak mubolag’a bo’lmaydi. 
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anevich Karimov: “Oldimizda turgan 
birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o’sish, chuqur tarkibiy o’zgarishlarni 
amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg’or texnologiyalar 
bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo’lgan makroiqtisodiy va moliyaviy 
barqarorlikka erishish muammosidir”
1
deb takidlagan edilar.
Bundan tashqari prezidentimiz SHavkat Mirziyoev “Bizning yana bir 
muhim vazifamiz – kichik biznis va tadbirkorlik sohasini qo’llab - quvvatlash va 
rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va 
barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada 
oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, 
tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqini ham, davlatini ham boqadi. Men 
takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa, 
1
O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimovning 2012 yilgi mamlakatimizni 
ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning 
eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasi. 
Xalq so’zi, 2013 yil 19 yanvar. 



davlat ham boy va qudratli bo’ladi”
2
deb takidlagan edilar. Bu, Respublikamizda 
faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subektlarining foyda ko’rish maqsadida
bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishi yoki xizmatlar 
ko’rsatishini talab etadi. 
Respublikamizda iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish uchun 
tadbirkorlik subektlarimizni yanada rivojlantirish va ularni dunyo bozorida o’z 
o’rinlarini topishi uchun, bundan tashqari mamlakatimizda import o’rnini 
bosuvchi tovarlarni ishlab chiqarish, hamda eksport bob tovarlarni ko’paytirish 
bevosita xo’jalik yurituvchi subektlarning asosiy (operatsion) faoliyatidan 
olinadigan daromadlarini hisobini yuritish bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki 
har bir xo’jalik yurituvchi subekt foyda olarkan albatta o’z faoliyatini 
kengaytirishga, yanada ko’proq foyda olishga intiladi bu esa bevosita mamlakat 
iqtisodiyotini o’sishiga va import mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojni kmaytirishga 
olib kelishi bilan bir qatorda chetga eksport qilish imkonini ham yaratadi. Bu esa 
chetdan valuta kirib kelish imkoniyatini yaratadi buning uchun mamlakatimizda 
imkoniyatlar yitarli darajada deb o’ylaymiz. Mamlakatimiz uchun tadbirkorlik 
yangi soxa emas bu soxa bilan qadimdan ajdodlarimiz shug’ullanib kelishgan, 
bunga misol sifatida birgina “Buyuk ipak yo’li”ning markazi mamlakatimiz 
hududidan o’tganligini misol qilishimiz yitarli deb o’ylaymiz. Bizning oldimizda 
turgan vazifa bu soxani yangi strategik maqsadlarini belgilashdir. Bu maqsadlarga 
erishish uchun oldimizda turgan qator to’siq va kamchiliklarni bartaraf etib 
mamlakatimizni jaxon bozoridagi iqtisodiy mavqiyini yanada yuksaltirish va 
mustahkamlashdan iboratdir. Bunda bizga xo’jalik yurituvchi subektlarning 
operatsion faoliyati daromadlari hisobini yanada takomillashtirish yordam beradi. 
Mamlakatimizning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri sifatida 
mamlakatda tadbrkorlik subektlarini ko’paytirish hamda faoliyat yuritayotgan 
tadbirkorlik subektlarini rivojlantirib jaxon talablariga mos keladigan tovarlar va 
2
SH.Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” 
O’zbekiston Respublikasi prezidenti lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan
Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqidan. Toshkent-“O’zbekiston”-2016 y. 



xizmatlarni ishlab chiqarish eng dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. 
Isloxatlarning bugungi kundagi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda 
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hisobiga uzlusiz iqtisodiy barqarorlikka 
erishishdek ulkan dolzarb vazifa qo’yilgan. Bunda bizga “Buxgalteriya hisobi”, 
“Moliyaviy va boshqaruv tahlili” va “Amaliy audit” fanlarini yanada chuqurroq 
o’rganib chiqish, yanada kengroq tushunish imkonini beradi. 
Xo’jalik yurituvchi subektlarning operatsion faoliyatidan daromadlar 
hisobini o’rganish xo’jalik yurituvchi subektning foydasi, uning imkonyatlarini 
o’rganish bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik foyda keltirishi 
hamda mamlakat iqtisodiyotida ushbu korxona yoxud firmaning o’rni qanday
ekanligini bilish hamda kelajakda uning o’rnini mustaxkamlashga qaratilgan 
chora tadbirlar, daromadlar hisobini o’rganishning qanchalik dolzarbligini 
belgilaydi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə