Moliyaviy texnologiyalar mohiyati: yuzaga kelish shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari S. Fayziyev


Katta ma’lumotlarni tahlil qilish (BIG DATA)



Yüklə 10,15 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü10,15 Kb.
#184176
1   2   3
1-2. Moliyaviy texnologiyalar mohiyati yuzaga kelish

Katta ma’lumotlarni tahlil qilish (BIG DATA) - Hozirda moliyaviy sektor uchun katta ma’lumotlar ustida ishlayotgan 100 ga yaqin fintex startaplari mavjud;

RegTech - biznes uchun eng foydali sohalardan biridir. Biznesni qonunchilik va bozor sharoitlaridagi o‘zgarishlarga avtomatik ravishda moslashtirish imkonini beradi.

RegTechni qo‘llab-quvvatlovchi asosiy texnologiyalar: Bulutli texnologiyalar: bulutli texnologiyalar, blokcheyn, API (Aplication program interfase), Machine learning, Big Data, Data mining&analytics, Predictive analysis, Smart contracts, Visualizatoin solutions.


InsureTech - bu avtomatlashtirilgan mahsulotlarni taklif qiluvchi sug‘urta kompaniyasi: mobil ilovalar, to‘lovlarni avtomatlashtirish, Internet orqali o‘zaro aloqalar.
Masalan: AQSh avtomobil sug‘urta kompaniyalari "telematika" asosida sug‘urta sotadilar. Bunda mijozning haydash uslubi uning smartfoni yoki avtomobilning o‘zida o‘rnatilgan “qora quti” yordamida boshqariladi. Ushbu ma’lumotlardan keyingi sug‘urta polisi uchun to‘lov miqdorini shakllantirish uchun foydalanish mumkin;
Crowdfunding - jamoaviy moliyalashtirish platformalarini yaratadi, mahsulot yaratuvchilari va investorlarga kelgusi hamkorlik uchun uchrashish imkonini beradi. Eng mashhurlari Kickstarter va Indiegogo;

Neobanklar - bank xizmatlari sohasida yechimlar. Ko‘pincha klassik banklarning xizmatlarini almashtiradigan mobil ilovalar ko‘rinishida yaratilgan. Mijozlarga yo‘naltirilgan, jismoniy filiallarga muhtoj emas (masalan: Monobank, Rocketbank).

Kriptovalyutalar - bu markaziy to‘lov tizimisiz, to‘liq avtomatik tarzda ishlaydigan va kuchli hisoblash tizimlaridan foydalangan holda mayner tomonidan qazib olinadigan raqamli valyutaning bir turi.
Moliyaviy ekspertlar ushbu sohaning kelajagini aniq ayta olmaydilar.
Blockchain – bu taqsimlangan ma’lumotlar registrlari texnologiyasi. Uning zanjiridagi har bir ishtirokchi o‘zi uchun server bo‘lib, boshqa foydalanuvchilarning operatsiyalarining qonuniyligini tasdiqlaydi. Bitcoin kriptovalyutasi uning asosida qurilgan.
  • sun’iy intellekt (AI) muayyan vazifalarni bajarish uchun inson xatti-harakatlariga taqlid qiluvchi tizimdir;
  • robotlashtirish - bu kompyuter dasturlari va robotlar yordamida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishni avtomatlashtiradigan texnologiya.
  • biometrika - bu biometrik ma’lumotlarni tanib olish texnologiyasi

  • (masalan, ko‘z yoki Face ID - yuzni tanish).
  • aktivlarni tokenizatsiya qilish - bu maxsus registrlarda jismoniy aktivlarning raqamli ko‘rinishi. Bunday texnologiyaga misol sifatida jahon markaziy banklari tomonidan ilgari surilgan raqamli valyutalarni keltirish mumkin.
  • bulutli saqlash katta hajmdagi ma’lumotlarni xavfsiz saqlashni ta’minlaydigan xizmat.

Bugungi kunda rivojlanib borayotgan 6 ta eng dolzarb texnologik yangilik:
  • 1. Sun’iy intellekt va mashina yordamida o‘qitish;

  • 2. Virtual reallik va qo‘shimcha reallik;

  • 3. Blokcheyn;
  • 4. Narsalar interneti;

  • 5. 5G;
  • 6. Kiberxavfsizlik.

Moliyaviy texnologiyalarning mamlakatga ta’siri:
  • Moliya bozoriga: sug‘urta sohasi, bank sohasi, qimmatli qog‘ozlar sohasi
  • Moliyaviy barqarorlikka

London 2021 yilda moliyaviy kompaniyalarga boshqa shaharlarga qaraganda ko‘proq xorijiy sarmoyani jalb qilgan.
Britaniya poytaxti 2021 yilda 114 ta moliyaviy va professional xizmatlar loyihasiga 600 million funt sterling sarmoya kiritgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha raqobatdoshlari Dubay, Singapur, Nyu-York va Parijdan oldinda.
Yüklə 10,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə