Morfеmika-morfologiya


-cha qo„shimchasining  to„g„ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan:  Mehmonlar kechga  qadar



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/148
tarix29.11.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#140860
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

-cha
qo„shimchasining 
to„g„ri kelishi ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan: 
Mehmonlar kechga 
qadar
o‘tirishdi 

Mehmonlar 
kech
gacha
 o‘tirishdi.
Orqali
ko„makchisi harakatning biror vosita bilan bajarilishini bildiradi: 
Anvar o‘z istiqbolini 
yolg‘iz muhabbat orqali ko‘rar edi.
(A.Qod.) 
Bilan
va 
orqali
ko„makchilari vosita ma‟nosini 
anglatishlariga ko„ra ma‟nodoshlik hosil qiladi. Ammo bu ma‟nodoshlik ma‟lum kontekstlardagina 
voqealanadi. O„rin ma‟nosini ifodalagan otlar bilan birikkanda 
bilan 
va 
orqali
ko„makchilari sinonim 
bo„ladi:
Katta yo‘l 
orqali
yurib borib chapga burildik – Katta yo‘l 
bilan
yurib borib chapga burildik.
Agar ko„makchi boshqarayotgan ot o„rin ma‟nosini ifodalamasa, bu ko„makchilar ma‟nodoshlik kasb 
etmaydi. Chunonchi,… 
Yigitga deraza 
orqali
 to‘yib - to‘yib qarashga zor bo‘lsa - da,…
(O.)
Sari
ko„makchisi harakatning yo„naltirilgan o„rni, payti ma‟nosini anglatadi: 
Hirot 
sari
yurdik.
(Oyb.)
Ko‘krak og‘rig‘im borgan 
sari
battar bo‘lyapti.
(Oyb.) 
Sari
ko„makchisi o„rin, tomon, payt 
ma‟nosini bildirganda
sayin
ko„makchilari bilan ma‟nodosh bo„ladi. Gapda payt holi, o„rin holi, 
to„ldiruvchi vazifalarida keladi.
Ma‟lumki, sistem tahlil jarayonida har bir narsaning mohiyati shu narsaning o„ziga o„xshash, ayni 
vaqtda undan farqli va unga zid boshqa narsalar bilan bo„lgan munosabati orqali ochiladi. Jumladan, 
o„zbek tilining lug„aviy tizimi mustaqil va yordamchi leksemalarga bo„linadi. O„z navbatida mustaqil 
leksemalar atash/nomlash vazifasini bajaruvchi atovchi lekse-malarga va ishora ma‟noli leksemalarga 
(olmoshlarga), yor-damchilar esa ko„makchi, bog„lovchi, yuklamalarga, bularning har biri, o„z 
navbatida, yana boshqa guruhlarga pog„onali ravishda bo„linib ketaveradi. Tilimizning yordamchi 
so„zlar, mustaqil so„zlar va morfemalar tizimi izchil pog„оnaviy (ierarxik) tuzilishga ega bo„lib, nisbiy va
quyi pog„onalar o„zaro gipo-giperonimik (tur-jins) munosabatlari bilan bog„lanadi 

har bir yuqori 
bosqich quyi pog„ona uchun giperonim mavqeida, quyi bosqich yuqori bosqichga nisbatan giponim 
mavqeida bo„ladi. Demak, so„z yoki morfema ma‟lum bir pog„onalardan o„tib lisoniy birlik darajasiga 
etadi va kishi ongida tayyor, majmui sifot sifatida yashaydi. Quyida ayrim yordamchi so„z 
(ko„makchi)larning ULM (umumlisoniy ma‟no) sini berishga harakat qilamiz:


91 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə