Morfеmika-morfologiya


mi , hamma joy nam bo‘ladi ,  Karim keldi mi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/148
tarix29.11.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#140860
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

mi
, hamma joy nam bo‘ladi

Karim keldi
mi
, to‘polon boshlanadi
tipidagi gaplar 
tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo„llan-gan 
-mi
qo„shimchasi ta‟kid ma‟nosini voqelantirgan holda sodda 


92 
gaplarni bir-biriga bog„lash funksiyasini bajaryapti. Nisbiy bog„lovchilarga mustaqil so„z 
turkumlaridan o„sib chiqqan, “oraliq uchinchi” tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo„lgan 
ba’zan, bir, vaqtida, hali goh, (goho)
kabi so„zlarning takroriy shakli misol bo„ladi. CHunonchi, 
1.
Ba’zan
Qoratoyning ishxonasida,
ba’zan 
choyxonada tunab yurdi
. (Oyb.) 2.
Ikki kundan beri 
goh
 
savalab, 
goh 
shiddat bilan yog‘ayotgan yomg‘ir hammayoqni ivitib yubordi. 
(A.Qah.

3.
 
Vaqtida
qor 
yog‘adi, 
vaqtida
 yomg‘ir. 
Bu gaplarda qo„llanilgan 
ba’zan, goh (goho), vaqtida
so„zlarining vazifalari 
bog„lovchilarga juda yaqin.
Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi

Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada 
hosil kam bo‘ldi

Azimboy ko‘p zulm o‘tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to‘ldi
gaplaridagi 
u, 
natijada, oqibatda
so„zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog„lab kelmoqda. Demak, 
u, natijada, 
oqibatda 
so„zlari ham nisbiy bog„lovchilar sirasiga kiritilsa to„g„ri bo„ladi. Ikkinchi gapning mazmuni 
birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so„zlar nafaqat so„zlarni, hattо gaplar va matn qismlarini ham 
bog„lashga xizmat qiladi.
Hozirgi o„zbek adabiy tilidan darslik va qo„llanmalarda bog„lovchilarning vazifa jihatidan turlari 
quyidagicha belgilan-gan: 
I. Teng bog„lovchilar. 1. Biriktiruv bog„lovchilari: 
va, -u (-yu), hamda
. 2. Ayiruv bog„lovchilari:
 
yo, yoki, yoxud, goho, dam… dam, bir… bir, ba’zan… ba’zan.
3. Zidlov bog„lovchilari: 
ammo, lekin, 
birоq.
II.ergashtiruvchi bog„lovchilar. 1. Aniqlov bog„lovchilari: 
ya’ni, -ki (-kim).
2. Sabab 
bog„lovchilari: 
chunki, shuning uchun, zeroki
. 3. Shart bog„lovchilari: 
agar, agarda, agarchi. 
4. 
Chog„ishtiruv bog„lovchilari: 
go‘yo, go‘yoki.
Teng bog„lovchilar,ergashtiruvchi bog„lovchilarning 
ma‟no va vazifa tomoni, imlo xususiyatlari formal tilshunoslikdan darslik va qo„llanmalarda atrоflicha 
bayon etilgan.
Bog„lovchi-yuklamalarning mohiyati. Ammo ayrim so„zlarning bog„lovchilik tabiatidan kelib 
chiqqan holda shuni aytish mumkinki, bog„lovchilarning miqdori, ularning mohiyati, turlari hanuzgacha 
aniq belgilanganicha yo„q. Masalan, chog„ishtirish bog„lovchilariga 
go‘yo, go‘yoki
kiritiladi. Ammo bu 
so„z gap bo„laklari yoki gaplarni bog„lash uchun xizmat emas, balki o„xshatish, qiyoslash ma‟noli 
konstruktsiyalarda shu ma‟noni ta‟kidlash uchun xizmat qiladi, o„xshatish, qiyoslash ma‟nosi esa 
boshqa vositalar bilan ifodalanadi: 
Beda orasi juda issiq, go‘yo quyoshning butun olovi beda ichiga 
yashiringanday.
(Oyb.) 
Nay sadosining mayin to‘lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go‘yo hammayoq 
jonlangan kabi tuyuldi.
(Oyb.) Ushbu misollarda o„xshatish, qiyoslash 
-dek 
qo„shimchasi va 
kabi
so„zi 
bilan ifodalanyapti, 
go‘yo 
esa shu ma‟noni ta‟kidlayapti. Demak, 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə