Morfеmika-morfologiya



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/148
tarix03.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#88616
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

Bilan

 
leksik sath birligi

ma‟noviy nomustaqil – umumlashgan grammatik ma‟noli 

shaklan 
morfologik o„zgar-mas

leksoid va affiksoid ko„rinishli

yakka qo„llanishli

sintaktik bog„lash vazifasida 
kela oladigan lisoniy birlik.
Kabi
- leksik sath birligi–ma‟noviy nomustaqil–umumlashgan grammatik ma‟noli–shaklan 
morfologik o„zgarmas–leksoid ko„rinishli–yakka qo„llanishli–sintaktik bog„lash vazifasida kela oladigan 
lisoniy birlik.
Boshqa ko„makchilarga ham ta‟rif berish mumkin.
Nisbiy ko„makchilar haqida.
Mustaqil so„zlarning “nomustaqillik” belgisiga nisbatan 
mo„‟tadilligi sababli mustaqil so„zlar ichidan nisbiy yordamchilar ajralib chiqadi. Nisbiy ko„makchilar 
bir xususiyati bilan “ma‟noviy mustaqil”, ikkinchi xususiyati bilan “ma‟noviy nomustaqil” leksemalarga 
o„xshab ketadi va “oraliq uchinchi” guruhini hosil qiladi. Leksemalar nomustaqil leksema sifatida 
voqelanganda leksema sememasi o„z muayyanligini kuchsizlantiradi va semema grammatik ma‟no 
sifatida voqelanadi. Chunonchi, quyidagi gaplarda ifodalangan 
ko‘ra
leksemasining ma‟nolarini
qiyoslashga harakat qilamiz: 1.
YAxshi-yomonni ko‘ra-ko‘ra odamning yaxshimi, yomon ekanini tez 
ajratib oladigan bo‘lib qolgan.
(A.Qah.) 2. 
Qalandarovdan shikoyat boshlashdan ko‘ra ko‘proq bu 
noqulay ahvoldan chiqish uchun …
(A.Qah.) 1-gapda qo„llanilgan 
ko‘ra
«ko„z bilan ko„r-moq, 
kuzatmoq» semasiga ega bo„lsa, 2-gapda «ko„rish» semasi kuchsizlangan va «chog„ishtirish, qiyoslash» 
grammatik ma‟nolari-ni voqelantirgan. 1-gapda qo„llanilgan «ko„ra» ko„rmoq fe‟lining ravishdosh 
shakli bo„lsa, 2–gapda fe‟l ko„makchi sifatida tobelanish munosabatini hosil qilgan. Qolgan nisbiy 
ko„makchilar ham xuddi shunday xususiyatlarga egadir.
Old, oldin, or qa, ro‘-para, qarshi, avval, 
keyin, so‘ng, oxir, tomon, ost, ust, tag, tepa, yon, uch, ich, o‘rta, ora
kabi o„rin va payt ma‟noli otlar,
 
bosh, qosh, lab, og‘iz, oyoq, qorin
kabi tana a‟zolari nomlari, 
qariyb, bo‘ylab, boshlab, ko‘ra, deya, 
deb, atab, o‘xshab 
kabi ravishdoshlar juda ko„p hollarda ko„makchi vazifasida keladi va ko„makchilar 
xazinasining boyishiga sabab bo„ladi. Bunday hollarda bu so„zlar nisbiy yoki yarim ko„makchi sanalib, 
o„zi birikib kelgan so„z bilan birgalikda bir gap bo„lagi, ko„pincha, hol bo„lib keladi. Ko„makchilardan 
bilan, uchun, kabi, singari, yanglig‘, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog‘li, bo‘ylab, haqida, 
to‘g‘risida
kabilar o„zlari birikib kelgan so„zlarga hech qanday qo„shimchasiz bog„lanadi; 
tomon,
qadar, qarshi, qaraganda, doir; binoan, qaramay
kabi ko„makchilar o„zlari birikib kelgan so„zdan -
ga
qo„shimchasini qabul qilishni talab qiladi: 
qonunga binoan, ukasiga qaraganda, baxtga qarshi
so‘ng, keyin, boshqa, tashqari, buyon, avval, ilgari, boshlab
ko„makchilari -
dan
qo„shimchali so„zlar 
bilan birikadi: 
bundan avval, o‘qishdan keyin, tanaffusdan so‘ng
kabi. Ko„makchilarning grammatik 
munosabatni yaratib, kelishik qo„shimchalariga o„xshash vazifani bajarishi haqida yuqorida qisman 
aytib o„tilgan edi. Darhaqiqat, ko„mak-chilar shu xususiyati bilan ham boshqa yordamchi so„zlardan farq 
qiladi. A.N.Kononov ta‟biri bilan aytganda, ko„makchilar ko„p hollarda kelishiklarning dubleti sanaladi.
Masalan: 
Ukam

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə