Morfеmika-morfologiya



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/148
tarix03.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#88616
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

So„z–gaplar tasnifi
. So„z-gaplar o„z ichida bir necha ma‟noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar.
2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so„zlar. 4.Taklif/ishora so„zlar.
So„zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat‟iy ishonch, gumon, taxmin kabi 
ma‟nolarni ifodalab keladigan so„zlar 
modal so„zlardir.
Ularga 
xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, 
shubhasiz, shekilli
kabi so„zlar misol bo„ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o„rganilgan.
Kishilarning his-tuyg„ularini, haydash, to„xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so„z-
gaplarning ko„rinishi 
undov so„zlardir.
His-tuyg„u undovlari
ga 
oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin
kabi so„zlar, 
buyruq -xitob undovlari
ga 
pisht, beh -beh , pish-pish, chuh 
kabi xitob so„zlar kiradi.
So„z-gaplarning uchinchi ma‟noviy guruhi bo„lgan 
tasdiq /inkor so„zlar
ko„pincha modallar 
tarkibida o„rganilgan. 
Ha, mayli, xo‘sh, xo‘p
so„zlari tasdiqni, 
yo‘q , mutlaqo, aslo, sira
so„zlari inkorni 
ifodalovchi so„z-gaplardir.
Taklif/ishora
so„zlarga
qo„llanishi tana a‟zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog„liq
bo„lgan 
ma, mang, qani, marhamat
so„zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo„lib, uni biror ish-
harakatni bajarishga undaydi.
So„z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko„pchiligi boshqa so„z turkumlaridan 
tarixiy taraqqiyot jarayonida o„ziga xos nutqiy qo„llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. 
Chunonchi, 
so‘zsiz, tabiiy
so„zlari sifatdan, 
albatta
ravishdan o„sib chiqqan bo„lsa, 
har qalay, har holda 
modal so„zlari so„z birikmalaridan, 
nasib bo‘lsa, xudo xohlasa
kabilar gaplardan kelib chiqqan.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə