Morfеmika-morfologiya


Balki, siz aytarsiz nima bo‘lganini? (P.Tur.) 2. Nafsi uchun emas,  balki



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/148
tarix03.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#88616
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

Balki,
siz aytarsiz nima bo‘lganini?
(P.Tur.) 2.
Nafsi uchun emas
balki
qadri uchun yig‘laydi-da.
(O„.Usm.) 3. 
-Qaerga borish, kimga uchrashishni u yaxshi biladi. – 
To‘ppa-to‘g‘ri.
(CH.Ayt.) 4. 
Hilola 
gapning 
to‘g‘risini
 aytdi 
(O„.Usm.) gaplarida [W

-lashayotgan] so„zlar (1-3-gapda) qo„llanilgan.
[W

]-simon (so„z-gapsimon) lar deganda mohiyatan so„z-gaplar bo„lmagan lug„aviy birliklarning 
so„z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonlarga 
shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, 
xudo saqlasin; 
undovsimonlargaerkalash ma‟noli 
asalim, oppog‘im 
va undalma ma‟noli 
ey, do‘stlar
kabi; tasdiq/inkorsimonlarga 
xuddi shunday, hech qachon, noto‘g‘ri
kabi; taklif/ishorasimonlarga 
boshlang
ko„rinishli so„zlar misol bo„ladi. Qisqasi, so„z-gaplarning leksik-semantik turlari bo„lmish sof 
so„z-gaplar o„zlari tarixan kelib chiqadigan so„z turkumlaridan batamom uzilgan bo„lib, ularning 
ko„pchiligi ravish, sifat, ot sifa-tida mutlaqо qo„llanilmaydi. So„z-gaplashgan unsurlar esa o„zlari tarixan 
kelib chiqqan so„zlar bilan omonimik munosabat hosil qiladi va o„z aloqasini boshqa turkumlardan to„la 
uzmagan bo„ladi. So„z-gaplashayotgan unsurlarga o„zi boshqa so„z turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, 
fe‟l)ga tegishli, lekin so„z-gaplarga xos ma‟no va vazifalarda qo„llanila oladigan birliklar kiradi va 
bularning so„z-gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so„zlar tarixiy taraqqiyot 
natijasida batamon so„z-gaplarga o„tib ketishi mumkin. So„z-gapsimonlar esa o„z turkumi doirasida 
qoladi.
So„z-gaplarning sintaktik xususiyatlari.
So„z-gaplarning sintaktik xususiyati yuqorida 
ta‟kidlaganimizdek, ularning kesimlik qo„shimchalarini qabul qilmasligi, bog„lama bilan birika 
olmasligidadir. So„z-gaplar ham undalmalar, sodda gaplar kabi kengaygan yoyiq holatlarda bo„lishi 
mumkin: 1.
CHo‘lni o‘zlashtirgan mardlarga ofarin.
(A.Qah.) 2.
Falakning dastidan dod!
(Hamza.) 3. 
Barakalla sizga!
Misollardan ko„rinib turganidek, so„z-gaplar faqat bitta so„zdan iborat bo„lmay, nutqda 
kengayish qobiliyatiga ham ega. So„z-gaplarning yana bir sintaktik xususiyati shundaki, [Wpm] 
qurilishli gaplarda kesimlik kategoriyasi va ma‟nosi [W]ga [Rm] orqali kiritiladi, [m]ning esa o„zbek 
tilida juda ko„p ko„rsatkichlari mavjud. Shaklning o„zgarishi bilan kesimlik kategoriyasining ma‟no 
turlari ham o„zgaradi. Masalan, 
Bo‘ladi. Bo‘lmaydi. Bo‘lsa. Bo‘ldi
va h .k. Ammo so„z-gaplarda bunday 
emas. Har bir so„z-gap shu gapga xos bo„lgan ma‟nolarni ifodalashga xoslangan bo„ladi. Chunonchi, 
Ha
so„zi tasdiqni fodalaydi. Uning bo„lishsizligi 
Ha emas 
bilan emas, balki alohida so„z 
yo‘q
bilan 
ifodalanadi. 
Albatta
yoki 
shubhasiz
modal so„zi qat‟iy ishonch va tasdiqni ifodalaydi, inkor ma‟nosi 
mutlaqo

aslo
so„z-gaplari bilan beriladi.
So„z-gaplarda zamon va shaxs ma‟nolari [0] ko„rsatkichli bo„lib, matnda muayyanlashadi. 
O„zbek tilida gap (kesimlik) zamon va shaxs ma‟nolaridan xoli bo„la olmaydi. Zero, so„z-gaplarda 
zamon va shaxs-son ma‟nolarining kontekstual aniqlanish xususiyati bu so„zlarning asosiy sintaktik 
xususiyati – kesimlik qo„shimchalarini qabul qilmay gap bo„lib kela olishi bilan sharhlanadi. So„z-
gaplarning yana bir sintaktik xususiyati – ularning gap tarkibida alohida pozitsiyada turishi, ya‟ni boshqa 
gap bo„laklari bilan bog„lanmasligidir va o„zi gap sifatida “yashay olishi”, hamisha lisoniy alohidalikni 
saqlab qolishi bilan belgilanadi. Chunonchi, 1.
-Ertaga kelasizmi?
- Albatta.
(O„.Usm.) 2.
-Еngil 
tortdingmi,
qizim? - Shukur.
(A.Qah.)
Ko„rinadiki, so„z-gaplarning umumiy sintaktik xususiyati ular kesimlik qo„shimchalarini qabul 
qilmagan holda gap va uning markazini tuza olishidadir. To„rt leksik-semantik turida (modallar, 


98 
undovlar, tasdiq/inkor, taklif/ishora so„zlar) kesimlik kategoriyasini tashkil etuvchi ma‟nolardan har biri 
alohida bo„rttirilgan “yalang„och” holda yuzaga chiqadi: modallar so„zlovchining munosabatini 
([Rm]dagi maylni), taklif/ishoralar shaxsga qaratilganlik ma‟nosini ([Rm] dagi shaxs-sonni), 
tasdiq/inkorlar tasdiq va inkorni ([Rm]dagi bo„lishli/bo„lishsizlikni) va undovlar bo„lg„usi harakatni 
([Rm]dagi zamonni) ifodalashga xizmat qiladi.


Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə