Morfеmika-morfologiya


Mustaqil holda alohida gap bo„la olish belgisi



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/148
tarix03.06.2022
ölçüsü1,59 Mb.
#88616
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148
1.3. hozirgi ozbek adabiy tili morfemika-morfologiya (3)

1. Mustaqil holda alohida gap bo„la olish belgisi.
Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas 
bog„langan. O„zbek lisoniy tizimi gapda ma‟lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va 
shaxs/son ma‟no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo„lishini talab qiladi. So„z-
gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo„la 
oladi, chunki kesimlik shakllari ma‟no va munosabatlari so„z-gaplarning o„zida mujassamlangan va 
ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma‟nolari va kesimlik ─ 
gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi 
so„zning leksik ma‟nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo 
kesimlik shakli ifodalanmagan.
2.
Demak, so„z-gaplar 
mustaqil gap bo„la olish
qobiliyatiga ega bo„lganligi uchun bu so„zlarga 
nisbatan 
semantik funktsional shakllangan so‘z-gaplar 
atamasi qo„llaniladi. Bu atamadagi “semantik” 
tarkibiy qismi hodisaning lug„aviy (ma‟noviy) tomoniga ishora qilib turadi. Bunda gap markazi 
mavqeida kelgan leksemalarning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo„ladi, ya‟ni bunda leksik birlik ham 
so„z, ham gapdir. Bu atamaning funktsional tarkibiy qismi esa so„z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi f 
a q a t g a p m a r k a z i v a z i f a s i d a k e l a o l i sh i bilan chegaralanganligini ifodalaydi. 
Demak, semantik-funksional shakllangan gaplar grammatik shakllangan gaplar ([Wpm])dan farq qiladi 
va kesimlik ma‟nolari so„z-gaplarda leksik birlikning yoki atov birligi [W]ning o„zida 
mujassamlanganligi tufayli so„z-gaplarning lisoniy qurilish qolipi [W

] sifatida berilgan.
3.So„z-gaplarning o„ziga xos g„ayrioddiy lug„aviy ma‟noga egaligi.
Bu xususiyat 
quyidagilarda namoyon bo„ladi:
a)ma‟no imkoniyatlari chegaralangan
b)o„zida grammatik shakllarni talab etmaydi;
v)boshqa so„zlar bilan birikish qobiliyatlaridan mahrum;
g)gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan
d)ma‟nоli qismlarga ajralmaydi.
Shuning uchun ham bu leksemalar boshqa leksemalarga nisbatan g„ayrioddiy, biroq ma‟no va 
vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi hisoblanadi. Aytib o„tilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish 
mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe‟l, ravish, taqlid kabi so„z turkumlari gapning istagan bir bo„lagi 
vazifasida kela olsa, so„z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog„lovchi, 
ko„makchi, yuklamalar esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə