Morfemika, o’zbek tilida so’z yasalishi


Affikslarning tuzilishiga ko‘ra turi. Affiksal morfemalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan



Yüklə 20 Kb.
səhifə4/6
tarix27.12.2023
ölçüsü20 Kb.
#161971
1   2   3   4   5   6
Morfemika, o’zbek tilida so’z yasalishi Reja-fayllar.org

Affikslarning tuzilishiga ko‘ra turi. Affiksal morfemalar tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, gulzor, gulla, aqlli kabi so‘zlardagi -zor, -la, -li sodda affikslar bo‘lsa, zavqlan, dehqonchilik, isrofgarchilik kabi so‘zlardagi -la\n, -chi\lik, -gar\chi\lik murakkab affikslar bo‘lib, ular tarkiban bir necha sodda affikslarning birikishidan tuzilgan. Demak, murakkab affikslar ikki yoki undan ortiq sodda affikslarning bitta ma’noli qism doirasida birikishi orqali yuzaga keladi.

  • Unumli va unumsiz affikslar. Affikslar so‘z tarkibida ishtiroki darajasiga ko‘ra unumli, kam unum va unumsiz turlarga bo‘linadi. Bunday affikslarning aksariyat qismi so‘z yasovchilarga taalllidir.

    • Affikslarning shakl va ma’no turlari. Affikslar ham so‘zlar singari shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

    • 1. Omonim affikslar shakli bir xil bo‘lib, ma’no va vazifasiga ko‘ra bog‘lanmaydigan qo‘shimchalardir. Omonim affikslar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra turlari doirasida quyidagi ko‘rinishda uchraydi: 1) so‘z yasovchilar doirasida: -ki: tepki-ot yasovchi, kechki-sifat yasovchi; 2) shakl yasovchilar doirasida: -ish: oqish-sifatning daraja shakli, tortish-fe’lning harakat nomi shakli;

    • 3) so‘z o‘zgartuvchilar doirasida: -ng: olmang-egalik qo‘shimchasi, bording-tuslovchi qo‘shimcha; 4) so‘z yasovchi va shakl yasovchilar doirasida: -ma: bo‘g‘ma- (ilon) sifat yasovchi, qatlama -ot yasovchi, ketma – fe’lning bo‘lishsiz shakli; 5) so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartuvchilar doirasida:-im: qultum-ot yasovchi, kitobim-egalik qo‘shimchasi. Ba’zan o‘zakdosh so‘zlar ham omonim affiks qabul qilib shakldoshlikka ega bo‘lishi mumkin. Masalan, qatla fe’liga so‘z yasovchi va shakl yasovchi omonim qo‘shimcha –ma qo‘shilishi bilan qatlama (ot) , qatlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi shakldosh so‘zlar hosil bo‘ladi.


    • Yüklə 20 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə